Jumadullayeva Durdona Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sovershenstvovanie sistemi korporativnogo upravleniya na predpriyatiyax s gosudarstvennoy doley» (“Davlat ulushi mavjud korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish”), 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5211.
Ilmiy rahbari: Urinov Bobur Nasilloyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Goyibnazarov Sanjar Baxodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda davlat ulushi mavjud korxonalarda, xususan, tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishning nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat ulushi mavjud banklarning korporativ boshqaruvini "foydani maksimallashtirish" modelidan barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni ta’minlaydigan ekologik, ijtimoiy va boshqaruv ko‘rsatkichlarini hisobga oladigan "barqaror qiymat yaratish" tizimiga o‘tishi asoslangan;
davlat ishtirokini kamaytirish, bozor intizomi va axborot shaffofligi ta’minlaydigan boshqaruv dastaklaridan foydalanish orqali bank kapital rentabelligini (ROE) oshirish taklifi asoslangan;
davlat ulushi mavjud banklar uchun ESG integratsiyasi, axborotni oshkoraligi, kuzatuv kengashi inklyuzivligi, audit va ichki nazorat hamda bozor intizomini o‘z ichiga olgan integratsiyalashgan korporativ boshqaruv indeksidan (CGI) foydalanish orqali strategik qarorlar qabul qilish taklifi asoslangan;
korporativ boshqaruvning axborot oshkoraligi va bozor intizomi integratsiyalashgan indikatorlarini qo‘llash asosida bank kapital rentabelligi o‘sishining 2030-yilgacha bazaviy, optimistik va ehtiyotkor prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat ulushi mavjud korxonalarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
davlat ulushi mavjud banklarning korporativ boshqaruvini “foydani maksimallashtirish” modelidan barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni ta’minlaydigan ekologik, ijtimoiy va boshqaruv ko‘rsatkichlarini hisobga oladigan “barqaror qiymat yaratish” tizimiga o‘tishi asoslangan. (AT “Xalq banki”ning 2026-yil 30-iyundagi №02-03/424-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida AT “Xalq Banki”ning korporativ boshqaruv tizimi barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha strategik yo‘nalishlarni belgilab olishga va “barqaror qiymat yaratish”ga asoslangan xizmat turlarini shakllantirishga erishilgan.
davlat ishtirokini kamaytirish, bozor intizomi va axborot shaffofligi ta’minlaydigan boshqaruv dastaklaridan foydalanish orqali bank kapital rentabelligini (ROE) oshirish taklifi asoslangan. (AT “Xalq banki”ning 2026-yil 30-iyundagi №02-03/424-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida AT “Xalq Banki” kapital rentabelligini (ROE) 2024-yildagi 3,36 foizdan 2025-yilda 5,1 foizga oshirishga erishilgan;
davlat ulushi mavjud banklar uchun ESG integratsiyasi, axborotni oshkoraligi, kuzatuv kengashi inklyuzivligi, audit va ichki nazorat hamda bozor intizomini o‘z ichiga olgan integratsiyalashgan korporativ boshqaruv indeksidan (CGI) foydalanish orqali strategik qarorlar qabul qilish taklifi asoslangan. (AT “Xalq banki”ning 2026-yil 30-iyundagi №02-03/424-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida AT “Xalq Banki”ning integratsiyalashgan korporativ boshqaruv tizimining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash va ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha yo‘l xaritalarini ishlab chiqishda foydalanildi;
korporativ boshqaruvning axborotni oshkoraligi va bozor intizomi integratsiyalashgan indikatorlarini qo‘llash asosida bank kapital rentabelligi o‘sishining 2030-yilgacha bazaviy, optimistik va ehtiyotkor prognoz ssenariylari AT “Xalq banki”ning 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan strategik rejasini ishlab chiqishda qo‘shimcha tahliliy material sifatida foydalanilgan. (AT “Xalq banki”ning 2026-yil 30-iyundagi №02-03/424-sonli ma’lumotnomasi).