Vohidov Sardorbek Bahodir o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalar ilmiy bilimlarini o‘quv vaziyatlari asosida rivojlantirish metodikasi (O‘zbekiston tarixi fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9994.
Ilmiy rahbar: Yusupova Sevara Nizamitdinovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.05.01.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar ilmiy bilimlarini o‘quv vaziyatlari asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston tarixi fanida talabalarning ilmiy bilimlarini o‘quv vaziyatlari asosida rivojlantirishning didaktik ta’minoti ta’lim oluvchilarning tarixiy dalillarni muammoli, baholashga yo‘naltirilgan, kognitiv operatsional amaliyotiga standart o‘quv vaziyatlarini tahlil, sintez, baholash va qaror qabul qilish kabi integrativligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
talabalar tarixiy-ilmiy bilimlarini o‘quv vaziyatlari asosida rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari metakognitiv faoliyat, fanlararo integratsiya kabi ilmiy bilimlarini shakllantirish tizimi (loyihalar, vaziyat tahlili, simulyasiyalar)ni tashkil etuvchi metodik komponentlar uyg‘unligini bosqichma-bosqich intensivlik darajasini oshirish asosida takomillashtirilgan;
tarixiy-ilmiy o‘quv vaziyatlarini shakllantirishning metodik ta’minoti talabalarning ilmiy bilimi, tafakkuri va analitik fikrlash qobiliyatini shaxsiylashtirish, kontekstual tahlil, tanqidiy qarash, hissiy idrok hamda madaniy xotirani faollashtirish kabi o‘quv vaziyatlarini vitagen loyihalash tamoyillari bilan epistemologik kompetensiyalar tahliliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning tarixiy-ilmiy bilimlarini o‘quv vaziyatlari asosida rivojlantirishning pedagogik modeli ilmiy-tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlarni amaliy jihatdan qo‘llash orqali talabalarda murakkab tarixiy holatlarni tahlil qilish, muammoga asoslangan yondashuvni qo‘llash va mustaqil ilmiy fikr bildirish ko‘nikmalarini emotsional intellekt, tanqidiy fikrlash, kollaborativ o‘qitishni o‘z ichiga olgan amaliy bloklarni rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalar ilmiy bilimlarini o‘quv vaziyatlari asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqotda olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston tarixi fanida talabalarning ilmiy bilimlarini o‘quv vaziyatlari asosida rivojlantirishning didaktik ta’minoti ta’lim oluvchilarning tarixiy dalillarni muammoli, baholashga yo‘naltirilgan, kognitiv operatsional amaliyotiga standart o‘quv vaziyatlarini tahlil, sintez, baholash va qaror qabul qilish kabi integrativligini ta’minlash asosida aniqlashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Tarix o‘qitish metodikasi ( O‘zbekiston tarixi)” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 342945 raqamli ruxsatnoma). Natijada, “O‘zbekiston tarixi” fanidan o‘quv mashg‘uloyatlarini mavzulararo va fanlararo integratsiyasiga asosan tashkil etishga oid uslubiy ma’lumotlarning tizimliligiga erishilgan;
talabalar tarixiy-ilmiy bilimlarini o‘quv vaziyatlari asosida rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari metakognitiv faoliyat, fanlararo integratsiya kabi ilmiy bilimlarini shakllantirish tizimi (loyihalar, vaziyat tahlili, simulyasiyalar)ni tashkil etuvchi metodik komponentlar uyg‘unligini bosqichma-bosqich intensivlik darajasini oshirish asosida takomillashtirilganligiga hamda tarixiy-ilmiy o‘quv vaziyatlarini shakllantirishning metodik ta’minoti talabalarning ilmiy bilimi, tafakkuri va analitik fikrlash qobiliyatini shaxsiylashtirish, kontekstual tahlil, tanqidiy qarash, hissiy idrok hamda madaniy xotirani faollashtirish kabi o‘quv vaziyatlarini vitagen loyihalash tamoyillari bilan epistemologik kompetensiyalar tahliliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan 609564-EPP-1-2019-1-ELEPPKA2-CBHE-JP raqamli “O‘zbekistonda mexatronika va robototexnika bakalavriat ta’lim yo‘nalishini innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat texnika institutining 2025-yil 26-iyuldagi 01-05-2157-son ma’lumotnoma). Natijada, talabalarning ilmiy bilish faoliyatini rivojlantirish, ularni xalqaro va milliy talablar asosida kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning uslubiy ta’minoti takomillashishiga erishilgan;
talabalarning tarixiy-ilmiy bilimlarini o‘quv vaziyatlari asosida rivojlantirishning pedagogik modeli ilmiy-tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlarni amaliy jihatdan qo‘llash orqali talabalarda murakkab tarixiy holatlarni tahlil qilish, muammoga asoslangan yondashuvni qo‘llash va mustaqil ilmiy fikr bildirish ko‘nikmalarini emotsional intellekt, tanqidiy fikrlash, kollaborativ o‘qitishni o‘z ichiga olgan amaliy bloklarni rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish orqali takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan maqsad va vazifalar asosida “Yangi kuch” ma’naviy-tarbiyaviy harakatlar dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi dasturni shakllantirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 7-iyuldagi 10/417-son malumotnoma). Natijada, talabalarning ilmiy bilimlarini rivojlantirish orqali ma’naviy targ‘ibot ishlarinining metodik ta’minoti takomillashtirishga xizmat qilgan.