Bauetdinov Berdaq Zinatdin o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahallalarda aholiga xizmat ko‘rsatishni barqaror rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish (Nukus shahri misolida)”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2901
Ilmiy rahbar: Najimov Iskander Perdebaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.04.12.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umirov Islom Furkatovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: mahallalarda aholiga xizmat ko‘rsatish tizimini barqaror rivojlantirishni takomillashtirish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shahar hududida xizmatlar sohasini iqtisodiy-normativ loyihalashtirish tamoyili taklif etilgan bo‘lib, unda mahallabay xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining piyoda qadamlik radiuslari (200-800 metr) va sig‘im kvotalari aholining to‘lov qobiliyati hamda kapital sig‘imiga mutanosib ravishda optimallashtirilgan va yangi massivlardagi tijorat maydonlarini defitsit meyorlari asosida majburiy taqsimlash mexanizmi shakllantirilgan;
mahallabay xizmatlar bozorini maqsadli boshqarishning tashkiliy-uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan bo‘lib, unda uy-joy fondi xususiyatlari, bozor risklari va uch o‘lchovli integral mezonlar (iqtisodiy, ijtimoiy, yashil) asosida lokal rivojlanish strategiyalarini tanlashning ko‘p bosqichli algoritmi ishlab chiqilgan va “hokim yordamchilar” instituti uchun bozor muvaffaqiyatsizliklarini bartaraf etuvchi kompensatsiya dastaklari aniqlangan;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining resurs dotatsiyasi, xususiy investorning venchur-tijorat boshqaruvi hamda boshqaruv servis kompaniyalarining kommunal autsorsing zanjiri sinergiyasiga asoslangan “mahallabay servis markazlari” konseptual modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, unda mahalla ichki er resurslari transferi hisobiga boshlang‘ich kapital sig‘imini optimallashtirish hamda tijorat va ijtimoiy yukka ega bo‘lgan xizmat turlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etuvchi tabaqalashtirilgan tariflash mexanizmi asoslangan;
Nukus shahrining xizmatlar sohasi rivojlanish tendensiyalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ulushi dinamik vaqtli qatorlar yordamida ekonometrik modellashtirilib, sohaning 2030  yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli istiqbolli rivojlanish parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
shahar hududida  xizmatlar sohasini iqtisodiy-normativ loyihalashtirish tamoyili taklif etilgan bo‘lib, unda mahallabay xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining piyoda qadamlik radiuslari (200-800 metr) va sig‘im kvotalari aholining to‘lov qobiliyati hamda kapital sig‘imiga mutanosib ravishda optimallashtirilgan va yangi massivlardagi tijorat maydonlarini defisit me’yorlari asosida majburiy taqsimlash mexanizmi shakllantirilgan. Mazkur taklif  Nukus shahar hokimligining shaharsozlik va rejalashtirish jarayonlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar hokimligining 2026 yil 17 iyundagi 01-19/02-1938-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi massivlarda tijorat maydonlarini stixiyali taqsimlanishi bartaraf etilib, aholining kundalik xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini mahalla ichida ta’minlash darajasi 5-7 foizga oshgan;
mahallabay xizmatlar bozorini maqsadli boshqarishning tashkiliy-uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan bo‘lib, unda uy-joy fondi xususiyatlari, bozor risklari va uch o‘lchovli integral mezonlar (iqtisodiy, ijtimoiy, yashil) asosida lokal rivojlanish strategiyalarini tanlashning ko‘p bosqichli algoritmi ishlab chiqilgan va «hokim yordamchilari» instituti uchun bozor muvaffaqiyatsizliklarini bartaraf etuvchi kompensatsiya dastaklari aniqlanib, Nukus shahri mahallalarida lokal rivojlanish strategiyalarini tanlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar hokimligining 2026 yil 17 iyundagi 01-19/02-1938-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlanmalarning tatbiq etilishi shahar maqomida lokal xizmat ko‘rsatish sohasidagi bozor nomutanosibliklarini o‘z vaqtida aniqlash, tijorat va ijtimoiy majburiyatlarga ega xizmat turlari o‘rtasidagi farqlarni institutsional kompensatsiya mexanizmlari orqali tizimli bartaraf etish imkonini bergan;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining resurs dotatsiyasi, xususiy investorning venchur-tijorat boshqaruvi hamda boshqaruv servis kompaniyalarining kommunal autsorsing zanjiri sinergiyasiga asoslangan «mahallabay mikro-servis markazlari» konseptual modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, unda mahalla ichki er resurslari transferi hisobiga boshlang‘ich kapital sig‘imini optimallashtirish hamda tijorat va ijtimoiy yukka ega bo‘lgan xizmat turlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etuvchi tabaqalashtirilgan tariflash mexanizmi Nukus shahar hokimligining shaharsozlik va rejalashtirish jarayonlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar hokimligining 2026 yil 17 iyundagi 01-19/02-1938-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlanmalarning tatbiq etilishi Nukus shahri sharoitida DXSh asosidagi mahallabay xizmat ko‘rsatish loyihalarining boshlang‘ich kapital sig‘imini 10-14% ga kamaytirish, tijorat va ijtimoiy xizmatlar o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish hamda loyihalarning operatsion barqarorligini ta’minlash imkonini bergan;
Nukus shahrining xizmatlar sohasi rivojlanish tendensiyalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ulushi dinamik vaqtli qatorlar yordamida ekonometrik modellashtirilib, sohaning 2030 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli istiqbolli rivojlanish parametrlari Nukus shahar hokimligining maqsadli dasturlarni shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar hokimligining 2026 yil 17 iyundagi 01-19/02-1938-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlarining tatbiq etilishi hokimlik tomonidan shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘rta muddatli maqsadli dasturlarini shakllantirishda, tarmoq tarkibini optimallashtirishda hamda yangi barpo etilayotgan massivlarning xizmatlar sohasidagi kafolatlangan sig‘imini uzoq muddatli strategik rejalashtirishda qaror qabul qilish asoslarini mustahkamlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish