Mavlonov Anvar Axmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental osteoporozda kal`siy organik birikmalar farmakoterapiyasining tipologik xususiyatlar bilan bog‘liqligi», 14.00.17–Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib675.
Ilmiy rahbar: Saidov Saidamir Abrorovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Ziyovuddin Zaynutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aminov Soloxidin Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalar kimyosi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik o‘zgarishlarni qiyosiy solishtirish hamda esperimental osteoporozda kal`siyning organik birikmalarini ahamiyatini takomillashtirishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajribaviy osteoporozda kal`siy xlorid, kal`siy pektat va al`ginat kal`siy biologik faol qo‘shimchalarning samarali natijalarni ko‘rsatuvchi miqdorini ijobiy qo‘llash tartibi ishlab chiqilgan;
metabolik faollikni inobatga olgan holda osteoporozni davolashga differensiallashgan yondashuv tajribaviy osteoporoz modelida travmatologiyada ishlatiladigan tarkibida kal`siy birikmalarini klinikagacha tatbiq qilish tartibi asoslangan;
individual-tipologik xususiyatlarni hisobga olgan holda osteoporozni davolashda eng maqbul kal`siy birikmalarining ijobiy xususiyati tajriba sharoitda isbotlangan;
tajriba modelida kal`siy tanqisligida osteoporozni tashxislash standartini takomillashtirish va xastalangan bemorlarni davolash tartibi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eksperimental osteoporozda kal`siy organik birikmalari farmakoterapiyasining tipologik xususiyatlar bilan bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Individual xususiyatlarni hisobga olgan holda eksperimental osteoporozning farmakoterapiyasining usuli» uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiro patenti olingan (№IAP 20180619). Mazkur usul osteoporoz bilan xastalangan bemorlarda kal`siyni aniqlash tartibining faol ekanligi isbotlangan;
«Individual tipologik xususiyatlarni inobatga olgan holda osteoporozni kal`siy saqlovchi dori vositalari bilan davolash samaradorligini baholash» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 8n-d/80-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma osteoporoz bilan xastalangan bemorlarda kasallikni tashxislash, davolash va oldini olishga qaratilgan an’anaviy eksperimental tashxislash modeli yaratilgan va kasallikni davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
eksperimental osteoporozda kal`siy organik birikmalar farmakoterapiyasining tipologik xususiyatlar bilan bog‘liqligini tashxislash, eksperimental davolash tartibi, differensiallangan usullarini qo‘llashning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy laboratoriyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 iyundagi 8n-3/106-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi eksperimental tadqiqotlar sifatining ortishi, jumladan, klinikagacha tadqiqotda individual-tipologik xususiyatlarni aniqlash turli patologiyalarni, mazkur holatda esa osteoporozni davolashda yondashuvni, tadqiq etiladigan birikmalarning eng maqbul turlarini tanlash, ularni qo‘llash samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish