Xasanova Nargiza Athamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Muammoli ta’lim texnologiyasi asosida kasbiy ta’lim o‘quvchilarining amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11655.
Ilmiy rahbar: Kadirova Gulnora Xasanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi, DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaeva Zebo Sharifovna pedagogika fanlari doktori, professor, Qo‘ysinov Odil Alimurotovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muammoli ta’lim texnologiyasi asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muammoli ta’lim texnologiyasi asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari obektiv va subektiv pedagogik resurslarni kasbiy muammoli vaziyat orqali faollashtirish hamda fan mazmuni, o‘quv-uslubiy ta’minot va baholashni muammoli ta’limga muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
muammoli ta’lim texnologiyasi asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik modeli tashkiliy-funksional blokka tayanib maqsad, tashkiliy-metodik, texnologik-jarayonli va baholovchi-natijaviy komponentlar birligida qurish hamda natijani maqsadga muvofiqlashtiruvchi ikki konturli qayta aloqani kiritish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining amaliy ko‘nikmalarini muammoli ta’lim texnologiyasi asosida rivojlantirish metodikasi (“Turizm menejmenti” fani misolida) mazmunni kasbiy vaziyatlar asosida qayta qurish, “Case-Reality Analysis” metodining besh bosqichli siklini o‘qitishning onlayn shakllari (vodkast vositalari) bilan uyg‘unlashtirish orqali ishlab chiqilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining rivojlantirish darajalarini baholash mezonlari motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv ko‘rsatkichlarini kasbiy muammoli vaziyatda kuzatiladigan amaliy harakatlar tarzida ifodalash, har bir mezonga mos tashxis vositasini belgilash hamda jarayon va natijani izchil baholash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muammoli ta’lim texnologiyasi asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
muammoli ta’lim texnologiyasi asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini obektiv va subektiv pedagogik resurslarni kasbiy muammoli vaziyat orqali faollashtiruvchi hamda fan mazmuni, o‘quv-uslubiy ta’minot va baholashni muammoli ta’limga moslashtiruvchi shart-sharoitlarni asoslashga doir takliflar “Turizm menejmenti” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekistonRespublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-noyabrdagi 462/5-05-sonli nashr etishga ruxsatnomasi). Natijada o‘quv jarayonida muammoli kasbiy muammoli vaziyatlar va amaliy topshiriqlar asosida qurilib, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
muammoli ta’lim texnologiyasi asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik modelini tashkiliy-funksional blokka tayanib maqsad, tashkiliy-metodik, texnologik-jarayonli va baholovchi-natijaviy komponentlar birligi hamda ikki konturli qayta aloqa asosida takomillashtirishga doir takliflardan Erasmus+ CBHE dasturining 101129076-EMPOWER raqamli loyihasi doirasida foydalanilgan (Toshkent Kimyo xalqaro universitetining 2025-yil 15-maydagi 11/1903-son ma’lumotnomasi). Ushbu model loyiha doirasida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayonini maqsaddan natijagacha yaxlit va bosqichlaridan tizim sifatida tashkil etish imkonini bergan;
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining amaliy ko‘nikmalarini muammoli ta’lim texnologiyasi asosida rivojlantirish metodikasini kasbiy kazuslar, “Case-Reality Analysis” metodining besh bosqichli sikli hamda vodkast bilan uyg‘unlashtirilgan telekonferension, ekskursiyon va onlayn shakllar asosida takomillashtirishga doir takliflar “Turizm menejmenti” fan o‘quv uslubiy ta’minoti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-noyabrdagi 462/5-05-sonli nashr etishga ruxsatnomasi). Natijada fan o‘quvchilarning kasbiy muammolarni mustaqil hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarida amaliy ko‘nikmalarning rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlarini kasbiy muammoli vaziyatda kuzatiladigan amaliy harakatlar tarzida ifodalangan motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv ko‘rsatkichlar, har bir mezonga mos tashxis vositalari hamda jarayon va natijani izchil baholash asosida takomillashtirishga doir takliflar “Turizm menejmenti” fan o‘quv-metodik hujjatlar mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-noyabrdagi 462/5-05-sonli nashr etishga ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarning amaliy tayyorgarligini adekvat baholash imkoniyatlari kengaytirilgan.