Zamonova Shahlo Safar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Muammoli ta’lim texnologiyalari asosida fizikani o‘qitishning didaktik samaradorligini oshirish metodikasi, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10032.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Mirzaaxmad, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.FM/T.15.05.
Rasmiy opponentlar: Zaynobiddinov Sirojiddin Zaynobiddinovich, O‘zRFA Akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Qahharov Siddiq Qahharovich, Buxoro davlat universiteti, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida fizikani muammoli o‘qitishning didaktik samaradorligini oshirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fizikani muammoli o‘qitishning nazariy-metodik asoslari o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasi, kognitiv faolligi, mustaqil va kreativ fikrlashi, nazariy bilimlarini amaliy vaziyatlarda qo‘llashi, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va hal etish kompetensiyalarini rivojlantirishda muammoli ta’limning didaktik imkoniyatlari hamda mazkur jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
muammoli ta’lim texnologiyalari asosida fizikani o‘qitishning didaktik samaradorligini oshirish modeli nazariy-metodologik, tashkiliy-jarayon va baholash komponentlarini muammoli, integrativ, konstruktivistik, refleksiv yondashuvlar asosida o‘zaro bog‘lash, o‘quv maqsadlarini belgilash, muammoli vaziyatlarni tanlash, ularni hal etish va o‘quv natijalarini baholash jarayonlarining uzviyligini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
umumta’lim maktablarida fizikani muammoli o‘qitish metodikasi muammoli vaziyatlarga asoslangan topshiriqlar, laboratoriya tajribalari, interfaol metodlar va raqamli ta’lim vositalarini o‘quvchilarning muammoni anglash, mustaqil echim izlash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash, natijalarni tahlil qilish, ilmiy xulosa chiqarishga yo‘naltirilgan bilish faoliyati bilan izchil uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
fizikani muammoli o‘qitishning didaktik samaradorligini oshirish metodikasi o‘quvchilarning bilim sifati, o‘quv motivatsiyasi, kognitiv faolligi, kreativ fikrlashi, mustaqil echim topish qobiliyati va fanga qiziqishini majmuaviy baholashga yo‘naltirilgan mezon, ko‘rsatkich va darajalarni diagnostik, formativ, summativ baholash va monitoring vositalari bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida fizikani muammoli o‘qitishning didaktik samaradorligini oshirish metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar asosida:
fizikani muammoli o‘qitishning nazariy-metodik asoslari o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasi, kognitiv faolligi, mustaqil va kreativ fikrlashi, nazariy bilimlarini amaliy vaziyatlarda qo‘llashi, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va hal etish kompetensiyalarini rivojlantirishda muammoli ta’limning didaktik imkoniyatlari hamda mazkur jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini belgilash xos jihatlari “Fizpraktikum” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi “316”-son buyrug‘iga asoslangan №655269 guvohnoma). Natijada, o‘quvchilarda mantiqiy-tahliliy fikrlashni shakllangan;
muammoli ta’lim texnologiyalari asosida fizikani o‘qitishning didaktik samaradorligini oshirish modeli nazariy-metodologik, tashkiliy-jarayon va baholash komponentlarini muammoli, integrativ, konstruktivistik, refleksiv yondashuvlar asosida o‘zaro bog‘lash, o‘quv maqsadlarini belgilash, muammoli vaziyatlarni tanlash, ularni hal etish va o‘quv natijalarini baholash jarayonlarining uzviyligini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 23-sentyabrdagi 01/11-15-640-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizikani muammoli ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitishning afzalliklari va fanlararo integratsiyasi ta’minlangan;
umumta’lim maktablarida fizikani muammoli o‘qitish metodikasi muammoli vaziyatlar asosidagi topshiriqlar, keyslar, analitik-tahliliy ishlanmalar, laboratoriya tajribalari, interfaol metodlar va raqamli ta’lim vositalarini o‘quvchilarning muammoni anglash, mustaqil echim izlash, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash, natijalarni tahlil qilish va ilmiy xulosa chiqarishga yo‘naltirilgan bilish faoliyati bilan izchil uyg‘unlashtirish asosida ishlab chiqilgan va umumta’lim maktablarining tanlov sinflarida ilmiy jihatdan singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 23-sentyabrdagi 01/11-15-640-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizika darslarini tashkil etishning metodik modeli tajriba – sinov orqali samaradorligi aniqlangan;
fizikani muammoli o‘qitishning didaktik samaradorligini oshirish metodikasi o‘quvchilarning bilim sifati, o‘quv motivatsiyasi, kognitiv faolligi, kreativ fikrlashi, mustaqil echim topish qobiliyati va fanga qiziqishini majmuaviy baholashga yo‘naltirilgan mezon, ko‘rsatkich va darajalarni diagnostik, formativ, summativ baholash hamda monitoring vositalari bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilib umumta’lim maktablarining tanlov sinflarida fizika o‘qitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 23-sentyabrdagi 01/11-15-640-son ma’lumotnomasi), Natijada, o‘quvchilarning bilim sifati, kreativ fikrlash darajasi, mustaqil echim topish qobiliyatlari rivojlantirilgan.