Kurbonova Zumrad Chutbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Virus etiologiyali surunkali gepatit va jigar sirrozida gemostaz tizimi buzilishi xususiyatlari”, 14.00.29–Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib696.
Ilmiy rahbar: Babadjanova Shoira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: virus etiologiyali surunkali gepatit va jigar sirrozida gemostaz tizimi buzilishi klinik ko‘rinishi, koagulyasion va tomir-trombotsitar gemostazni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor virus etiologiyali jigar sirrozi va surunkali virusli gepatit bilan kasallangan bemorlarda gemorragik sindromining klinik ko‘rinishi asoslangan;
virus etiologiyali jigar sirrozi va surunkali virusli gepatit bilan kasallangan bemorlarda gemostaz tizimining ko‘p uchraydigan patologiyasi sifatida orttirilgan trombotsitopatiya va orttirilgan koagulopatiya darajasining o‘zgarishi isbotlangan;
virus etiologiyali surunkali gepatit va jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda trombotsitlar morfologik tavsifi va funksional xususiyatlari buzilishi isbotlangan;
virus etiologiyali jigar sirrozida suyak ko‘migida trombotsitlar ishlab chiqishi kamayishi va gipersplenizm hisobiga trombotsitopeniya rivojlanish mexanizmi isbotlangan;
virus etiologiyali jigar sirrozida trombotsitlar faoliyatini yaxshilash va gemorragik asoratlar rivojlanishi xavfini kamaytirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Virus etiologiyali surunkali gepatit va jigar sirrozida gemostaz tizimi buzilish xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Orttirilgan trombotsitopatiyani tashxislash va davolash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 8n-d/280-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma virus etiologiyali jigar sirrozida uchraydigan orttirilgan trombotsitopatiyalarni tashxislash, gemorragik sindromning oldini olish va o‘z vaqtida samarali davolash tizimini amalga oshirish imkonini bergan;
virus etiologiyali surunkali gepatit va jigar sirrozida gemostaz tizimi buzilish xususiyatlarini tashxislash va davolash samardorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalarining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 maydagi 8n-z/101-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi virus etiologiyali jigar sirrozida uchraydigan orttirilgan trombotsitopatiyalarni tashxislash sifatini yaxshilash, gemorragik sindrom rivojlanishining oldini olish va kasallikni davolash muddatini qisqartirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.