Raxmatullayev Mirjalol Hatam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarida buxgalteriya hisobi va auditni tashkil etishni takomillashtirish”, 08.00.08 – “ Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3833.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Azamat Normuradovish, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shakarov Kulmat Ashirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarida buxgalteriya hisobi va auditni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalari hisob siyosatida 2810 - “Tayyor mahsulotlar” sintetik hisobi negizida mahsulot turlari bo‘yicha 2811 - “Pomidor pastasi mahsulotlari”, 2812 - “Sharbat va pyure mahsulotlari”, 2813 - “Quritilgan va muzlatilgan mahsulotlar” ishchi hisob varaqlarini ochish taklif etilgan;
meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini moliyaviy hisobda aniq aks ettirish maqsadida 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” sintetik hisobi negizida texnologik bosqichlarga mos 2011 - “Xomashyo qabul qilish bo‘limi”, 2012 - “Qaynatish va konsentratsiya bo‘limi”, 2013 - “Aseptik to‘ldirish va qadoqlash”, 2014 - “Sovuqlik va saqlash bo‘limi” ishchi hisob varaqlarini joriy etish taklif etilgan;
meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalari hisob siyosatida 9010 - “Asosiy faoliyatdan daromad” sintetik hisobi negizida 9011 - “Ichki bozor sotuvlari” va 9012 - “Eksport sotuvlari” ishchi hisob varaqlarini ochish taklif etilgan;
meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarida xomashyo sifati ko‘rsatkichlariga bog‘langan shartnomaviy narxlash mexanizmlarini buxgalteriya hisobi bilan uyg‘unlashtirish orqali qo‘shilgan qiymatni yaratish va taqsimlash jarayonini shaffof aks ettirish modeli ishlab chiqish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarida buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalari hisob siyosatida 2810 - “Tayyor mahsulotlar” sintetik hisobi negizida mahsulot turlari bo‘yicha 2811 - “Pomidor pastasi mahsulotlari”, 2812 - “Sharbat va pyure mahsulotlari”, 2813 - “Quritilgan va muzlatilgan mahsulotlar” ishchi hisob varaqlarini ochish taklifi O‘zbekiston
Savdo-Sanoat palatasi (O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasining 2026-yil 21-apreldagi 01-06-30-3857-sonli ma’lumotnomasi) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida qayta ishlash korxonalarida tayyor mahsulotlarni mahsulot segmentlari kesimida daromad va xarajatlar bilan bog‘lab hisobga olish imkoniyati shakllantirilgan, bu esa mahsulot turlarining rentabelligini baholash, moliyaviy oqimlar ustidan boshqaruv nazoratini kuchaytirish va strategik rejalashtirishda segmentlar bo‘yicha tahliliy asos yaratishga xizmat qilgan;
meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini moliyaviy hisobda aniq aks ettirish maqsadida 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” sintetik hisobi negizida texnologik bosqichlarga mos 2011 - “Xomashyo qabul qilish bo‘limi”, 2012 - “Qaynatish va konsentratsiya bo‘limi”, 2013 - “Aseptik to‘ldirish va qadoqlash”, 2014 - “Sovuqlik va saqlash bo‘limi” ishchi hisob varaqlarini joriy etish asoslanganligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi (O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasining 2026-yil 21-apreldagi 01-06-30-3857-sonli ma’lumotnomasi) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida qayta ishlash korxonalarida xarajatlarni texnologik jarayonlar kesimida aniq ajratish, xomashyo yo‘qotishlari va energiya sarfini nazorat qilish, har bir ishlab chiqarish bosqichining tannarxga ta’sirini aniqlash hamda moliyaviy oqimlar ustidan boshqaruv nazoratini kuchaytirish imkoniyati shakllantirilgan, bu esa jarayonlar bo‘yicha tahliliy asos yaratishga va strategik rejalashtirishda aniq hisob ma’lumotlaridan foydalanishga xizmat qilgan;
meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalari hisob siyosatida 9010 - “Asosiy faoliyatdan daromad” sintetik hisobi negizida 9011 - “Ichki bozor sotuvlari” va
9012 - “Eksport sotuvlari” ishchi hisob varaqlarini ochish taklifi O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi (O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasining 2026-yil 21-apreldagi 01-06-30-3857-sonli ma’lumotnomasi) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida qayta ishlash korxonalarida realizatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha daromadlarni alohida hisobga olish imkoniyati shakllantirilgan, bu esa ichki bozor va eksport segmentlari rentabelligini baholash, moliyaviy oqimlar ustidan boshqaruv nazoratini kuchaytirish hamda strategik rejalashtirishda realizatsiya segmentlari kesimida tahliliy asos yaratishga xizmat qilgan;
meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarida xomashyo sifati ko‘rsatkichlariga bog‘langan shartnomaviy narxlash mexanizmlarini buxgalteriya hisobi bilan uyg‘unlashtirish orqali qo‘shilgan qiymatni yaratish va taqsimlash jarayonini shaffof aks ettirish modeli ishlab chiqilganligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi (O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasining 2026-yil 21-apreldagi 01-06-30-3857-sonli ma’lumotnomasi) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida xomashyo sifati, narx shakllanishi va moliyaviy natijalar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni hisob tizimida aniq aks ettirish imkoniyati shakllantirilib, bu qo‘shilgan qiymatni yaratish va taqsimlash jarayonini shaffof nazorat qilish, moliyaviy oqimlar ustidan boshqaruv nazoratini kuchaytirish hamda strategik rejalashtirishda puxta tahliliy asos yaratishga xizmat qilgan.