Ashirmatova Xatira Seydraximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Trombofiliyaning genetik markerlarini aniqlash asosida to‘r parda venalari trombozining rivojlanish xavfini prognozlashni takomillashtirish», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib41.
Ilmiy rahbar: Karimova Muyassar Xamitovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Imantaeva Mayra Berimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kosimova Muniraxon Sodikjonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: RF SSV «Akademik S.N.Fedorov nomidagi «Ko‘z mikroxirurgiyasi» TITK» MTTM (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik, gemodinamik va irsiy trombofiliyaning genetik determinantlari ahamiyatini o‘rganish asosida to‘r parda trombozlarining rivojlanish xavfini oldindan aniqlashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
TPVT bilan xastalangan bemorlarda gemostaz tizimining polimorf genlari va PAI- I folat sikli genning allelik va genotipik variantlarning tarqalishi aniqlangan;
FV (G1691A), PAI-I (-675 5G/4G), MTNFR genlarining (S677T) polimorfizmlari ishemik tipdagi tromboz rivojlanishi xavfini oshirishi aniqlangan;
ishemik tipdagi TPVTning mustaqil diagnostik va prognostik markeri sifatida ayrim mezonlar bo‘yicha patologiyaning “o‘rtacha tasniflagichi” deb qabul qilinadigan MTNFR (S677T) va PAI-I (-675 5G/4G) polimorf genlar qo‘llanishi mumkinligi aniqlangan;
MTNFR genining (S677T) noqulay gomozigotali T/T genotipining taqsimlanishida u kasallik tarqalishida gender o‘ziga xoslik mavjud ekanligi va o‘zaro nisbatning erkak jinsi tomoniga yon bosishi aniqlangan;
to‘r parda venalar trombozini tashxislash ketma-ketligi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Trombofiliyaning genetik markerlarini aniqlash asosida to‘r parda venalari trombozining rivojlanish xavfini prognozlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“To‘r parda venalarida tromboz bo‘lgan bemorlarda PAI-I genining 4G/5G polimorfizmini tadqiq etish” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 17 iyuldagi 8n-r/195-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma TPVT bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash samaradorligini oshirish va asoratlarni kamaytirish imkonini bergan;
“To‘r parda venalarida tromboz rivojlanishi xavfi yuzaga kelishi ehtimolini oldindan aniqlash omillari” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 17 iyuldagi 8n-r/196-son ma’lumotnomasi). Trombofiliyaning genetik markerlarini deteksiyalash asosida TPVT rivojlanishi xavfini oldindan aniqlash usullarini tadqiq etish natijalari trombozga beriluvchanlikni aniqlashga, tadqiqotning qo‘shimcha usullari esa (ko‘z-qon tomirlarining doppleri va OKT) to‘r pardadagi trombozni tiplarga ajratishga va keyinchalik ushbu patologiya mavjud bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolashning tanlangan usulini qo‘llashga kirishish imkonini bergan;
bemorlarda tur parda venalar trombozini tasxishlash va davolash samardorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Gematologiya va qon quyish ITI va TTYoKShda joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 apreldagi 8n-d/76-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini oshirish, bemorlarga yuqori texnologiyalar vositasida tashxis qo‘yishni amalga oshirish va asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan.