Axtamova Bibisora Akram qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sadriddin Ayniy asarlarining sotsiopragmatik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5202. 
Ilmiy rahbar: Yarashova Nasiba Jumaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.40.01.
Rasmiy opponentlar: Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Yuldasheva Dilafruz Maxmadalievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sadriddin Ayniy asarlaridagi kommunikantlar nutqini sotsiopragmatik aspektda o‘rganish va ijodkorning o‘zbek tili lisoniy imkoniyatidan foydalanish mahoratini ochib berishdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
S.Ayniy asarlari tilining ijtimoiy-lisoniy tabiati sotsiopragmatik mezonlar asosida tizimlashtirilib, adibning bilingvizm sharoitidagi lisoniy shaxs modeli, adib asarlaridagi kommunikantlar nutqi, ularning ijtimoiy sifatlari – millati, yoshi, jinsi, kasb-kori, ijtimoiy roli, ijtimoiy mavqeyi kabilar bilan bog‘liq holda hamda muayyan nutq vaziyati, muloqot sharoiti bilan uyg‘unlikda determinatsiyalashishi dalillangan;
S.Ayniy asarlarida oxur, chang‘aloq, kunjaki domulla singari dialektizmlar hamda gadoybachcha, valadi zino, xotin taloq kabi vulgarizmlarning sotsiopragmatik jihatlari tahlil qilinib, ularning qatlamlararo ziddiyatni va kommunikantlarning submadaniy oʻziga xosligini ochib berishga xizmat qilishi, lokutiv, illokutiv, perlokutiv aktlarda aksiologik va emotsional-ekspressiv vazifalarni muvofiqlashtiruvchi strategik vosita ekanligi isbotlangan;
S.Ayniy asarlaridagi mo‘minning moli – mo‘minning qoni bilan barobar, yuz qovunning bir partovi bor, devorning sichqoni bor, sichqonning qulog‘i bor, odamni odam buzadi, ariqni suv kabi maqol va yamog‘i o‘zidan, dumini yalamoq, dumchasi suv olgan singari frazemalarda tagma’no, presuppozisiya, sotsiopragmatik to‘siq, kommunikativ maqsad, ijtimoiy munosabat tamoyilining ifodalanishi bilan bog‘liq jihatlar yoritib berilgan;
S.Ayniy badiiy diskursida ijtimoiy identifikatsiya, hurmat va xushmuomalalik kategoriyalari orqali Sharqona muloqot etiketining (salomlashish, murojaat shakllari, unvonlar) sotsial ierarxiya bilan bogʻliqligi, sotsiomadaniy identifikatsiyani koʻrsatuvchi Sodiq puchuq, Rahimiqand, Qori Ishkamba, Hamdamforma, Nosir shirini, Nasrullayi Deg, Amini Mush, Hayit Gurg, Hayit Bo‘ri singari laqablarning ijtimoiy-pragmatik mohiyati, adresat va adresantlarning noverbal vositalardan foydalanishning sotsiopragmatik xususiyatlari tahlil qilinib, milliy muloqot konvensiyalarining sotsiopragmatik interpretatsiya modeli ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. S.Ayniy asarlarining sotsiopragmatik xususiyatlarini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
S.Ayniy asarlari tilining ijtimoiy-lisoniy tabiati sotsiopragmatik mezonlar asosida tizimlashtirilib, adibning bilingvizm sharoitidagi lisoniy shaxs modeli, adib asarlaridagi kommunikantlar nutqi, ularning ijtimoiy sifatlari – millati, yoshi, jinsi, kasb-kori, ijtimoiy roli, ijtimoiy mavqeyi kabilar bilan bog‘liq holda hamda muayyan nutq vaziyati, muloqot sharoiti bilan uyg‘unlikda determinatsiyalashishi dalillanganligi haqidagi xulosalardan 2022–2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihasida (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 25-apreldagi 01/4-2013-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda asoslangan S.Ayniy asarlarining sotsiopragmatik xususiyatlari borasidagi ilmiy-nazariy qarashlar o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratishga hamda loyihaning mukammallashuviga xizmat qilgan;
S.Ayniy asarlarida oxur, chang‘aloq, kunjaki domulla singari dialektizmlar hamda gadoybachcha, valadi zino, xotin taloq kabi vulgarizmlarning sotsiopragmatik jihatlari tahlil qilinib, ularning qatlamlararo ziddiyatni va kommunikantlarning submadaniy oʻziga xosligini ochib berishga xizmat qilishi, lokutiv, illokutiv, perlokutiv aktlarda aksiologik va emotsional-ekspressiv vazifalarni muvofiqlashtiruvchi strategik vosita ekanligi isbotlanganligi haqidagi ma’lumotlardan 2022–2023-yillarda bajarilgan IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 20-maydagi 01/4-2441-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion loyiha S.Ayniy asarlaridagi kommunikantlarning ijtimoiy-demografik hamda psixografik xususiyatlariga doir ilmiy xulosalar bilan boyigan;
S.Ayniy asarlaridagi mo‘minning moli – mo‘minning qoni bilan barobar, yuz qovunning bir partovi bor, devorning sichqoni bor, sichqonning qulog‘i bor, odamni odam buzadi, ariqni suv kabi maqol va yamog‘i o‘zidan, dumini yalamoq, dumchasi suv olgan singari frazemalarda tagma’no, presuppozisiya, sotsiopragmatik to‘siq, kommunikativ maqsad, ijtimoiy munosabat tamoyilining ifodalanishi bilan bog‘liq jihatlar yoritib berilganligi haqidagi xulosalardan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining Navoiy viloyat radiosi orqali efirga uzatilgan “Jadal jarayonlar”, “Viloyat yangiliklari” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2026-yil 19-maydagi №25-son ma’lumotnomasi). Natijada koʻrsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va dolzarbligi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan, muloqot jarayonida kommunikantlarning nutqiy faolligi va kommunikativ strategiyalari yosh davrlari hamda gender omillariga ko‘ra differensial xususiyatlarga ega ekanligi yoritib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish