Fattaxov Ravshan Abdurashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ambulator stomatologik qabulda bemorlarning psixoemotsional tarangligini tuzatish», 14.00.21–Stomatologiya 14.00.33–Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib503.
Ilmiy rahbarlar: Xasanova Lola Emil`evna, tibbiyot fanlari doktori; Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Ruzuddinov Saurbek Ruzuddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Xamida Elemesovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Belorus davlat tibbiyot universiteti (Belarus`).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ambulator stomatologik qabulda bemorlar stressli reaktivlikning fiziologik va biokimyoviy markerlari bilan aloqasini aniqlash va psixoemotsional zo‘riqishning oldini olishni takomillashtirishidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bemor korreksiya talab etadigan psixoemotsional taranglikni his etgan yaqqol ko‘rinishdagi dentofobiyasi namoyon bo‘lishi aniqlangan;
psixoemotsional taranglikni α-amilaza faolligining oshishiga va salivatsiya tezligining pasayishiga olib keluvchi β-adrenoreseptorlarga ta’sir etadigan katexolaminlarning jadal ishlab chiqarishiga olib kelishi isbotlangan;
«qo‘rquv» reaksiyasi paytida stress biomarkeri – kortizolning konsentratsiyasi kamaymagani sababidan bemorlarga farmakologik korreksiya tavsiya etilgan;
psixoemotsional taranglikni korreksiyasi qo‘llanilganda, kechiktirilgan tashriflar sonining kamayganligi sababli davolash jarayonining davomiyligini qisqartirishi isbotlangan;
bemorlarda KT, KJD va OHI-S ko‘rsatqichlarining yuqori qiymatlari yaqqol ko‘rinishdagi dentofobiya natijasi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ambulator qabulda stomatologik bemorlarning stress holatlariga tashxis qo‘yish va ularning oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Stomatologik qabulda bemorlarning psixoemotsional tarangligi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 31 iyuldagi 8n-r/213-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma stomatologik qabulda dentofobiya va bemorlardagi ruhiy zo‘riqishni aniqlash usullarini, dentofobiya sabablarini aniqlash usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
“Stomatologik qabulda bemorlarning psixoemotsional tarangligining oldini olish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 oktyabrdagi 8n-r/244-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma stomatologik bemorlarning psixoemotsional zo‘riqishini tashxislash tizimini hamda stomatologik bemorlarda ruhiy zo‘riqish holatini yaxshilash imkonini bergan;
ambulator qabulda stomatologik bemorlarni ruhiy emotsional xolatini tashhislash va korreksiya qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimida, xususan Namangan viloyat stomatologiya poliklinikasi, Sog‘liqni saqlash vazirligining stomatologiya poliklinikasi, Ichki ishlar vazirligi tibbiy boshqarmasi va xususiy “Nafis Nur Dent” (Toshkent sh.) muassasalar stomatologik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 7 maydagi 8n-d/103-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish, stomatologik qabuldagi ambulator bemorlarda ruhiy zo‘riqishlarni o‘z vaqtida aniqlash va uni korreksiya qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish