Xolova Shaxnoza Mardonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumot. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy o‘quv yurtlarida talaba-qizlar jismoniy faolligini oshirishning zamonaviy ilmiy-metodik asoslari”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1138.
Ilmiy rahbar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.08.04. 
Rasmiy opponentlar: Sattorov Anvar Ergashevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Saidov Izzatillo Istamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy o‘quv yurtlarida talaba-qizlar jismoniy faolligini oshirishning zamonaviy ilmiy-metodik asoslarini ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlarning jismoniy faolligini individullashtirshda yuklamaning hajmlarini aniqlashga qaratilgan modulli texnologiyani kiritish hisobiga mashg‘ulotni tezkor rejalashtirish va uzviyligini ta’minlash imkoniyati kengaytirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlarning jismoniy faolligini mustaqil ta’lim tayyorgarligining modul ko’rsatkishlaridan kelib shiqib, jismoniy vositalarni tanlashda yuklamalarni ta’sir etish xususiyati bo’yisha jismoniy mashqlarni qo’llash hamda jismoniy sifatlarni maqsadli rivojlantirishga qaratilgan individullashtirilgan texnologiya ishlab shiqish hisobiga tizimli tayyorgarlik takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlarning jismoniy tarbiya hamda mustaqil mashg‘ulotlar jarayonidagi turli shiddat zonalarida bajariladigan maksimal yuklamalar hajmini aniqlash modelini ishlab shiqish hisobiga mashg‘ulot ta’sir yo’nalishi bo’yisha jismoniy yuklamalarni taqsimlash imkoniyati optimallashtirilgan;
jismoniy tarbiyaning individuallashtirilgan modulli texnologiyasini ishlab shiqish orqali talaba-qizlarning “jismoniy faollik”, “jismoniy tayyorgarlik” va “funksional holat”ning aerobika va yoga mashg‘ulotlar majmuasidagi ko’rsatkishlarini Web-platforma dasturi asosida nazorat qilish tizimini takomillashtirish hisobiga tayyorgarlikning turli tomonlarini avtomatlashtirilgan rejimda kuzatish va axborot olishni innovatsion dasturi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. oliy o‘quv yurtlarida talaba-qizlar jismoniy faolligini oshirishning zamonaviy ilmiy-metodik asoslarini ishlab shiqish bo’yisha pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlarning jismoniy faolligini mustaqil ta’lim tayyorgarligining modul ko’rsatkishlaridan kelib shiqib, jismoniy vositalarni tanlashda yuklamalarni ta’sir etish xususiyati bo’yisha jismoniy mashqlarni qo‘llash “Jismoniy madaniya va sport” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 27-martdagi 74-sonli buyrug‘iga asosan 274-281-raqamli guvohnoma). Natijada, Individuallashtirilgan texnologiya amalyotga joriy qilish hisobiga haftalik mikrotsikl ko‘rsatgichlari hamda jismoniy tayyorgarligi talab- qizlarda 28,2% ga yaxshilangan;
oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlarning jismoniy faolligini individullashtirishda yuklamaning pulsi hajmlarini aniqlashga qaratilgan modulli texnologiyani “Jismoniy madaniya va sport” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 27-martdagi 74-sonli buyrug‘iga asosan 274-281-raqamli guvohnoma). Natijada mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarining jismoniy faolligini individullashtirshda talaba-qizlarning yuklama intensevligi 22,2% ga yaxshilangan;
oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlarning jismoniy tarbiya hamda mustaqil mashg‘ulotlar jarayonidagi turli shiddat zonalarida bajariladigan maksimal yuklamalar hajmini aniqlash modelini O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining mustaqil ta’lim mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2023-yil 8-favraldagi 03-01/06/13/946-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy faollik darajasihamda kompleks jismoniy tayyorgarlik darajasi talaba-qizlarda 18-20% dan, 39-40% ga yaxshilangan;
mustaqil ta’lim mashg‘ulotining individuallashtirilgan modulli texnologiyasini ishlab shiqish orqali talaba-qizlarning “jismoniy faollik”, “jismoniy tayyorgarlik” va “funksional holat”ning aerobika va yoga mashg‘ulotlar majmuasidagi ko’rsatkishlarini Web-platforma dasturi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining mustaqil ta’lim mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2023-yil 8-favraldagi 03-01/06/13/946-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-qizlarning jismoniy faolli darajasi 20-22%dan, 40-42%ga yaxshillangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish