Yarbaev Xasan Xazratkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat barqarorligini ta’minlashda adolatlilik va qonuniylik g‘oyalari dialektikasining mafkuraviy ahamiyati” 09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Fal854
Ilmiy rahbar: Saidkulov Nuriddin Akramkulovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.08.
Rasmiy opponentlar:    Nazar Hakimov – falsafa fanlar doktori, professor; Do‘stmurod Norkulov – falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat barqarorligini ta’minlashda adolatlilik va qonuniylik g‘oyalari dialektikasining mafkuraviy ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etish, ularning jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini aniqlash hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida mazkur g‘oyalarning mafkuraviy imkoniyatlaridan samarali foydalanishga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mafkura globallashuvi va raqamli sivilizatsiya sharoitida jamiyat barqarorligi statik muvozanat emas, balki tashqi va ichki transformatsiyalarga moslashish, ziddiyatlarni tartibga solish hamda ijtimoiy tizimning funksional yaxlitligini qayta tiklash qobiliyati sifatida namoyon bo‘lishi, adolatlilik uning qadriyatli-mazmuniy mezoni, qonuniylik institutsional-me’yoriy kafolati ekani, ularning dialektik uyg‘unligi jamiyatda legitimlik, ijtimoiy ishonch va mafkuraviy barqarorlikni ta’minlovchi yagona tizimni shakllantirishi asoslangan;
mafkuraviy plyuralizm sharoitida adolatlilik va qonuniylik munosabati 
bir-birini oddiy to‘ldiruvchi huquqiy-axloqiy tamoyillar sifatida emas, balki turli ijtimoiy manfaatlar, qadriyatlar va g‘oyaviy pozisiyalar o‘rtasidagi ziddiyatlarni me’yoriy va qadriyatli asosda muvofiqlashtiruvchi dialektik mexanizm sifatida adolatlilikning ijtimoiy legitimligini, qonuniylikning huquqiy tartibini, ular o‘rtasidagi ishonch muvozanati davlat va fuqaro munosabatlarida barqaror hamkorlikni ta’minlashi ochib berilgan;
raqamli kommunikatsiya, ochiq ma’lumotlar, elektron davlat xizmatlari va jamoatchilik nazorati kengayib borayotgan sharoitda adolatlilik va qonuniylik g‘oyalarining jamiyat barqarorligiga ta’siri faqat huquqiy tartib bilan cheklanmasdan, raqamli muhitda ishonch, fuqarolik ishtiroki, huquqiy madaniyat va mafkuraviy immunitetning shakllanishi orqali namoyon bo‘lishi aniqlanib, axborot manipulyasiyasi, mafkuraviy polyarizatsiya, raqamli tengsizlik va algoritmik adolatsizlik kabi xavflarni kamaytirishda mazkur g‘oyalarning integrativ-regulyativ funksiyalari namoyon bo‘lishi asoslangan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida jamiyat barqarorligini ta’minlashning strategik istiqboli inson qadri, adolatlilik, qonuniylik, erkinlik, fuqarolik ishtiroki, ijtimoiy ishonch va mafkuraviy barqarorlikning o‘zaro bog‘liq tizimi asosida konseptuallashtirilgan, adolatlilik qadriyatli mezon, qonuniylik institutsional mexanizm, erkinlik shaxsning ijtimoiy sub’ektligi, fuqarolik ishtiroki davlat va jamiyat hamkorligining amaliy shakli, ishonch ularni barqarorlashtiruvchi ma’naviy resurs sifatida namoyon bo‘ladigan strategik mafkuraviy model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyat barqarorligini ta’minlashda adolatlilik va qonuniylik g‘oyalari dialektikasining mafkuraviy ahamiyati mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari, xususan:
mafkura globallashuvi va raqamli sivilizatsiya sharoitida jamiyat barqarorligi statik muvozanat emas, balki tashqi va ichki transformatsiyalarga moslashish, ziddiyatlarni tartibga solish hamda ijtimoiy tizimning funksional yaxlitligini qayta tiklash qobiliyati sifatida namoyon bo‘lishi, adolatlilik uning qadriyatli-mazmuniy mezoni, qonuniylik institutsional-me’yoriy kafolati ekani, ularning dialektik uyg‘unligi jamiyatda legitimlik, ijtimoiy ishonch va mafkuraviy barqarorlikni ta’minlovchi yagona tizimni shakllantirishiga oid xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti faoliyatida keng foydalanilgan (2026-yil 25-fevraldagi № 10/138-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot jarayonlarida samarali qo‘llash orqali jamiyatda ijtimoiy ong, raqamli idrok va huquqiy tafakkurni yuksaltirishga xizmat qilgan;
mafkuraviy plyuralizm sharoitida adolatlilik va qonuniylik munosabati bir-birini oddiy to‘ldiruvchi huquqiy-axloqiy tamoyillar sifatida emas, balki turli ijtimoiy manfaatlar, qadriyatlar va g‘oyaviy pozisiyalar o‘rtasidagi ziddiyatlarni me’yoriy va qadriyatli asosda muvofiqlashtiruvchi dialektik mexanizm sifatida adolatlilikning ijtimoiy legitimligini, qonuniylikning huquqiy tartibini, ular o‘rtasidagi ishonch muvozanati davlat va fuqaro munosabatlarida barqaror hamkorlikni ta’minlashiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida foydalanilgan (2026-yil 6-fevraldagi № 02-15-306-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar raqamli platformalar orqali huquqiy madaniyat va fuqarolik ongini oshiruvchi kontent yaratish, maqsadli va ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarni kengroq qatlamlarga yetkazish, interaktiv loyihalar, onlayn muhokamalar va jonli efirlar orqali fuqarolar bilan ochiq muloqot maydonini yaratish, soxta axborot va destruktiv g‘oyalarga qarshi ishonchli, tezkor va tahliliy axborot berish va zamonaviy media vositalari orqali milliy birlik, ijtimoiy barqarorlik va qonun ustuvorligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilgan;
raqamli kommunikatsiya, ochiq ma’lumotlar, elektron davlat xizmatlari va jamoatchilik nazorati kengayib borayotgan sharoitda adolatlilik va qonuniylik g‘oyalarining jamiyat barqarorligiga ta’siri faqat huquqiy tartib bilan cheklanmasdan, raqamli muhitda ishonch, fuqarolik ishtiroki, huquqiy madaniyat va mafkuraviy immunitetning shakllanishi orqali namoyon bo‘lishi aniqlanib, axborot manipulyasiyasi, mafkuraviy polyarizatsiya, raqamli tengsizlik va algoritmik adolatsizlik kabi xavflarni kamaytirishda mazkur g‘oyalarning integrativ-regulyativ funksiyalari namoyon bo‘lishiga oid xulosalaridan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyatida keng foydalanilgan (2026-yil 6-fevraldagi № 01-27/41-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda xalq birdamligi va daxldorligini kuchaytirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida jamiyat barqarorligini ta’minlashning strategik istiqboli inson qadri, adolatlilik, qonuniylik, erkinlik, fuqarolik ishtiroki, ijtimoiy ishonch va mafkuraviy barqarorlikning o‘zaro bog‘liq tizimi asosida konseptuallashtirilgan, adolatlilik qadriyatli mezon, qonuniylik institutsional mexanizm, erkinlik shaxsning ijtimoiy sub’ektligi, fuqarolik ishtiroki davlat va jamiyat hamkorligining amaliy shakli, ishonch ularni barqarorlashtiruvchi ma’naviy resurs sifatida namoyon bo‘ladigan strategik mafkuraviy model ishlab chiqilganiga oid xulosalaridan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faoliyatida keng foydalanilgan (2026-yil 10-martdagi № 01-1/1/69-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar mafkura globallashuvi va raqamli sivilizatsiya sharoitida partiyaning targ‘ibot ishlari orqali huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, shuningdek, mafkuraviy tahdidlarning oldini olishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish