Aslonov Xayrullo Shukrullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Umumta’lim maktablarida fizika fanidan masalalar echish orqali olimpiadalarga tayyorlash metodikasini rivojlantirish (9-11-sinflar kesimida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10753.
Ilmiy rahbar: Yo‘lchiev Shaxriyor Xusanovich, fizika-matematika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.FM/T.15.05.
Rasmiy opponentlar: Nozimjon Turgunov Abdumannopovich, fizika matematika fanlari doktori, professor; Baxodir Akbarov Abduraxmonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika insituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fizika fanidan masalalar echish orqali olimpiadalarga tayyorlash metodikasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umumta’lim maktablarida fizika fanidan masalalar echish faoliyati asosida o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlash metodikalarini pedagogik imkoniyatlari xorijiy tajribalar tahlili asosida takomillashtirilib, olimpiadaga tayyorgarlik muhitini tashkil etishning jarayonli-tashkiliy bosqichlari, masala echish jarayonida integrativ yondashuvni amalga oshirish mexanizmlari hamda strategik bosqichlarning izchil dinamikasi aniqlashtirilgan;
umumta’lim maktablarida fizika fanidan masalalar echish orqali o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlash metodikasini rivojlantirish modeli vizual, evristik, matematik va refleksiv yondashuvlarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash, tizimlilik, uzlyuksizlik, kreativlik va diagnostiklik tamoyillarini ustuvor qo‘llash, masala echishning strategik bosqichlarini pedagogik, metodik va tashkiliy shart-sharoitlar asosida real ta’limiy muhitga moslashtirish hamda o‘quvchilarning shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishga yo‘naltirish mezonlari asosida takomillashtirilgan;
fizika fanidan masalalar echish asosida o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlash metodikasi kollaborativ faoliyat imkoniyatlaridan samarali foydalanish, pedagogik jarayon ishtirokchilari o‘rtasida uzlyuksiz qayta aloqani ta’minlash hamda ta’lim obekti va subekti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni tizimli tashkil etish asosida takomillashtirilgan; bunda virtual ta’lim vositalari va raqamli texnologiyalar integratsiyalashgan holda joriy etilib, CPS, analogiya, DI va muammoli ta’lim metodlaridan masala echish jarayonining turli bosqichlarida foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan;
umumta’lim maktablarida fizika fanidan masalalar echish orqali o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlashning baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari kognitiv, ijodiy-muammoli, amaliy hamda refleksiv mezonlarni individual ta’lim traektoriyasi bilan funksional integratsiyalash, o‘quvchilarning masala echish kompetensiyalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish va metodik tayyorgarlik samaradorligini qiyosiy-statistik tahlil qilish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida fizika fanidan masalalar echish orqali olimpiadalarga tayyorlash metodikasini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumta’lim maktablarida fizika fanidan masalalar echish faoliyati asosida o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlash metodikalarini pedagogik imkoniyatlari xorijiy tajribalar tahlili asosida takomillashtirilib, olimpiadaga tayyorgarlik muhitini tashkil etishning jarayonli-tashkiliy bosqichlari, masala echish jarayonida integrativ yondashuvni amalga oshirish mexanizmlari hamda strategik bosqichlarning izchil dinamikasini aniqlashtirishga doir tavsiyalar asosida “Olimpiada masalalarini echish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘i, 357645-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarni fizika fanidan masalalar echish orqali olimpiadalarga tayyorlashga doir ilg‘or xorijiy tajribalar va zamonaviy tendensiyalarni tahlil qilish, fizika fanidan masalalar echish orqali olimpiadalarga tayyorlash komponentlarini takomillashtirish imkoni oshirilgan;
umumta’lim maktablarida fizika fanidan masalalar echish orqali olimpiadalarga tayyorlash metodikasini rivojlantirish modeli vizual, evristik, matematik va refleksiv yondashuvlarni tizimlilik, uzlyuksizlik, kreativlik, diagnostiklik tamoyillariga ustuvorligini ta’minlash, fizikadan masalalar echish bo‘yicha strategik bosqichlari imkoniyatlarini pedagogik, metodik, tashkiliy shart-sharoitlarni real ta’limiy muhitga moslashtirish hamda shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishga dinamikligini aniqlashtirish bo‘yicha takliflar fizika fanidan olimpiadalarga o‘quvchilarni tayyorlash strategiyasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2026-yil 19-martdagi 01/11-15-173-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizikadan masalalar echish bo‘yicha strategik bosqichlari imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
fizika fanidan masalalar echish asosida o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlash metodikasi kollaborativ faoliyat imkoniyatlaridan samarali foydalanish, pedagogik jarayon ishtirokchilari o‘rtasida uzlyuksiz qayta aloqani ta’minlash hamda ta’lim obekti va subekti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni tizimli tashkil etish asosida takomillashtirilgan; bunda virtual ta’lim vositalari va raqamli texnologiyalar integratsiyalashgan holda joriy etilib, CPS, analogiya, DI va muammoli ta’lim metodlaridan masala echish jarayonining turli bosqichlarida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar fizika fanini o‘qitishning metodik tizimi hamda didaktik imkoniyatlariga oid takliflar milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqot markazining 2026-yil 18-fevraldagi 02/01-01-107-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida fizika fanidan masalalar echish orqali olimpiadalarga tayyorlash metodikasini rivojlantirishning metodik taminoti yaratilgan;
umumta’lim maktablarida fizika fanidan masalalar echish orqali o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlashning baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari kognitiv, ijodiy-muammoli, amaliy hamda refleksiv mezonlarni individual ta’lim traektoriyasi bilan funksional integratsiyalash, o‘quvchilarning masala echish kompetensiyalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish va metodik tayyorgarlik samaradorligini qiyosiy-statistik tahlil qilish asosida aniqlashga doir tavsiyalar o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2026-yil 19-martdagi 01/11-15-173-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida fizika fanidan masalalar echish orqali olimpiadalarga tayyorlash metodikasini rivojlantirishni baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini ilmiy-pedagogik jihatdan aniqlash imkoni oshirilgan.