Amirov Anvar Saidmurod o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “11-12 yoshli kurashchilarning individual xususiyatlari asosida texnik tayyorgarlik mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11608. 
Ilmiy rahbar: Boltaev Zayniddin Boltaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.08.04. 
Rasmiy opponentlar: Masharipov Farhod To‘raxonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Tashnazarov Djasur Yuldoshevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi  tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yosh kurashchilarning individual xususiyatlari asosida texnik tayyorgarlik mexanizimlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh kurashchilarga chil, supurma, qo‘shsha, bardor, yuk-yuklama, yonbosh va elka usullarini o‘rgatish jarayonida umumtayyorlov, maxsus va akrobatik mashqlarni o‘z ichiga olgan kompleks tayyorgarlik tizimi takomillashtirish hisobiga faol hujum, himoya, qarshi hujum, kombinatsion harakatlar, soxta harakatlar va aldov usullariga asoslangan taktik tayyorgarligini elementlarini oson o‘zlashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
kurash bellashuvlari jarayonida yuzaga keladigan murakkab va o‘zgaruvchan musobaqa vaziyatlarida samarali texnik-taktik harakatlarni qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan hujum va himoya usullari elementlarini o‘rgatishning “SEMANTIK” modeli takomillashtirish hisobiga yosh kurashchilarning vaziyatli fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va texnik-taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlariga oson o‘rganish imkoniyati oshirilgan;
kurash mashg‘ulotlarida oldinga, yonga va orqaga tashlash, ichkaridan chalish, bir yoqadan va ikki engidan ushlab tashlash kabi texnik usullarni samarali egallash hamda sportchilarning taktik mahoratini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, model holatlar, cheklangan vaqt mashqlari, mashg‘ulot sparringlari, musobaqa faoliyati va video tahlil vositalarini o‘z ichiga olgan kompleks o‘quv-mashg‘ulot mexanizmi ishlab chiqish hisobiga yosh kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligi takomillashtirilgan.
kurashchilarning mashg‘ulot jarayonidagi funksional holatini ob’ektiv baholash, jismoniy yuklamalarni individuallashtirish, tiklanish jarayonlari dinamikasini nazorat qilish hamda mashg‘ulotlarning intensivligi va hajmini ilmiy asosda boshqarishga yo‘naltirilgan “Polar H10” texnologiyasi asosidagi monitoring metodikasi qo‘llash hisobiga qo‘llanilgan metodikaning samaradorligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 11-12 yoshli kurashchilarning individual xususiyatlari asosida texnik tayyorgarlik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha oliոgaո ilmiy ոatijalar asosida:
yosh kurashchilarga chil, supurma, qo‘shsha, bardor, yuk-yuklama, yonbosh va elka usullarini o‘rgatish jarayonida umumtayyorlov, maxsus va akrobatik mashqlarni o‘z ichiga olgan kompleks tayyorgarlik tizimi takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Qashqadaryo viloyat Chiroqchi tumani sport maktabida 11-12-yoshli yosh kurashchilarning mashg‘ulotlarini dastlabki bosqichlarni faoliyatining individual xususiyatlarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 11-fevraldagi 02-16/1408-sondagi ma’lumotnomasi). Natijada, yosh kurashchilar mashg‘ulot jarayonida texnik usullarni bajarish aniqligi 11.8% va taktik xujum xarakatlari 11.2% ga yaxshilangan;
kurash bellashuvlari jarayonida yuzaga keladigan murakkab va o‘zgaruvchan musobaqa vaziyatlarida samarali texnik-taktik harakatlarni qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan hujum va himoya usullari elementlarini o‘rgatishning “SEMANTIK” modeli takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Navoiy viloyati Xatirchi tumani Sport maktabida yosh kurashchilarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 11-fevraldagi 02-16/1408-sondagi ma’lumotnoma). Natijada, yosh kurashchilar mashg‘ulot jarayonida raqobatbardosh usullarni bajarish aniqligi 12.3% va taktik xujum xarakatlari 11.8% ga yaxshilangan; 
kurash mashg‘ulotlarida oldinga, yonga va orqaga tashlash, ichkaridan chalish, bir yoqadan va ikki engidan ushlab tashlash kabi texnik usullarni samarali egallash hamda sportchilarning taktik mahoratini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, model holatlar, cheklangan vaqt mashqlari, mashg‘ulot sparringlari, musobaqa faoliyati va video tahlil vositalarini o‘z ichiga olgan kompleks o‘quv-mashg‘ulot mexanizmi ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Samarqand viloyati, Toyloq tuman sport maktabi o‘quvchilariga mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilingan 11-12 yoshli kurashchilarning mashg‘ulotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 11-fevraldagi 02-16/1408-sondagi ma’lumotnomasi). Natijada, 11-12 yoshli kurashchilar mashg‘ulot jarayonida raqobatbardosh usullarni bajarish aniqligi 17.8% va taktik xujum xarakatlari 15.3% ga yaxshilangan;
11-12 yoshli kurashchilarning mashg‘ulot jarayonidagi funksional holatini ob’ektiv baholash, jismoniy yuklamalarni individuallashtirish, tiklanish jarayonlari dinamikasini nazorat qilish hamda mashg‘ulotlarning intensivligi va hajmini ilmiy asosda boshqarishga yo‘naltirilgan “Polar H10” texnologiyasi asosidagi monitoring metodikasi qo‘llash yuzasidan taklif va tavsiyalar Samarqand viloyati,Toyloq tuman sport maktabi, Qashqadaryo viloyat Chiroqchi tumani sport maktabi, Navoiy viloyati Xatirchi tumani Sport maktablarida sport mashgʻulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 11-fevraldagi 02-16/1408-sondagi ma’lumotnomasi). Natijada, yosh milliy kurashchilarning mashg‘ulotlarini o‘rgatish va dastlabki bosqichlarida individuallashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga umumiy jismoniy tayyorgarligi 10.9% ga texnik usullarni bajarish aniqligi 13.9% va taktik xujum xarakatlari 12.3% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish