Jabborov Elbek Erkin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa sanoat korxonalari tuzilmasini takomillashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6356
Ilmiy rahbar: Eshev Alibek Sabirovich iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar:
Ergashev Erkin Iroqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Ro‘ziev Bobur Akramovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), v.b. dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Mintaqa sanoat korxonalari tuzilmasini takomillashtirish orqali hududiy sanoat salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqaning sanoat tuzilmasini kompleks baholashda ulush, tuzilmaviy siljish, konsentratsiya, diversifikatsiya va ixtisoslashuv ko‘rsatkichlari integratsiyalashgan holda qo‘llanilib, tuzilmaviy siljish indeksi (SSI) 0.12 darajada, CRk va HHI ko‘rsatkichi 62%, o‘rtacha konsentratsiyalashgan bozor shakllangani, bu yondashuv orqali mintaqa sanoatining raqobatbardoshligi va ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri miqdoriy jihatdan asoslab berilgan.
mintaqa sanoatining hududiy-tarkibiy transformatsiyasi konsentratsiya, diversifikatsiya orqali sanoat mahsuloti hajmi 14,6 trln so‘mdan 39,5 trln so‘mga oshib, qariyb 2,7 baravar ko‘paygani, sanoatning ekstensiv emas, balki bosqichma-bosqich intensiv rivojlanish traektoriyasi asoslanib, raqamli monitoring va yashil texnologiyalarni joriy etishga asoslangan yangi hududiy boshqaruv yondashuvi taklifi ilmiy asoslangan.
mintaqa sanoat korxonalarining kapital tuzilmasini optimallashtirishda iqtisodiy-matematik algoritmlar asosida kompleks modellashtirildi, bunda kapital tuzilmasining maqbul darajasi kapitalning o‘rtacha tortilgan qiymati - WACC ko‘rsatkichining minimallashtirilishi asosi aniqlanib, WACC=E/V k_e+D/V k_d (1-T_c) modeli orqali korxona qiymatini maksimal darajaga etkazuvchi hamda moliyalashtirish xarajatlarini eng past holatga tushiruvchi optimal moliyaviy tuzilmani shakllantirishning ilmiy asoslangan.
mintaqa sanoatida KPI tizimi ishlab chiqilib, uning prognoz ko‘rsatkichlari orqali sanoatning tuzilmaviy transformatsiyasi miqdoriy jihatdan asoslab 2030-yilgacha prognoz hisob-kitoblari amalga oshirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa sanoat korxonalari tuzilmasini takomillashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari tadqiq etish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqaning sanoat tuzilmasini kompleks baholashda ulush, tuzilmaviy siljish, konsentratsiya, diversifikatsiya va ixtisoslashuv ko‘rsatkichlari integratsiyalashgan holda qo‘llanilib, tuzilmaviy siljish indeksi (SSI) 0.12 darajada, CRk va HHI ko‘rsatkichi 62%, o‘rtacha konsentratsiyalashgan bozor shakllangani, bu yondashuv orqali mintaqa sanoatining raqobatbardoshligi va ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida tadbiq etilgan. (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 30-aprel 02-11/8712-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, mintaqa sanoatining tarkibiy holati miqdoriy baholanib, tuzilmaviy siljish indeksi (SSI), CRk va HHI ko‘rsatkichlari orqali sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligi hamda iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini kompleks aniqlash imkoniyati yaratildi;
mintaqa sanoatining hududiy-tarkibiy transformatsiyasi konsentratsiya, diversifikatsiya orqali sanoat mahsuloti hajmi 14,6 trln so‘mdan 39,5 trln so‘mga oshib, qariyb 2,7 baravar ko‘paygani, sanoatning ekstensiv emas, balki bosqichma-bosqich intensiv rivojlanish traektoriyasi asoslanib, raqamli monitoring va yashil texnologiyalarni joriy etishga asoslangan yangi hududiy boshqaruv yondashuvi bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida tadbiq etilgan. (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 30-aprel 02-11/8712-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqa sanoatining hududiy-tarkibiy transformatsiyasini baholash asosida sanoat mahsuloti hajmining 14,6 trln so‘mdan 39,5 trln so‘mga oshishi va qariyb 2,7 baravar o‘sishi tarkibiy o‘zgarishlar natijasi ekanligi asoslab berilgan;
mintaqa sanoat korxonalarining kapital tuzilmasini optimallashtirishda iqtisodiy-matematik algoritmlar asosida kompleks modellashtirildi, bunda kapital tuzilmasining maqbul darajasi kapitalning o‘rtacha tortilgan qiymati - WACC ko‘rsatkichining minimallashtirilishi asosi aniqlanib, WACC=E/V k_e+D/V k_d (1-T_c) modeli orqali korxona qiymatini maksimal darajaga etkazuvchi hamda moliyalashtirish xarajatlarini eng past holatga tushiruvchi optimal moliyaviy tuzilmani shakllantirish bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida tadbiq etilgan. (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 30-aprel 02-11/8712-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, mintaqa sanoat korxonalarida kapital tuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha iqtisodiy-matematik model ishlab chiqilib, WACC ko‘rsatkichini minimallashtirish asosida optimal moliyalashtirish tuzilmasini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
mintaqa sanoatida KPI tizimi ishlab chiqilib, uning prognoz ko‘rsatkichlari orqali sanoatning tuzilmaviy transformatsiyasi miqdoriy jihatdan asoslab 2030-yilgacha prognoz hisob-kitoblari bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida tadbiq etilgan. (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 30-aprel 02-11/8712-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2030-yilgacha sanoatning tuzilmaviy transformatsiyasi bo‘yicha prognoz hisob-kitoblari amalga oshirilib, ustuvor rivojlanish yo‘nalishlari, investisiya ehtiyojlari va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalanishga mo‘ljallangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.