Umirov Farxod Ergashovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarkibida fiziologik aktiv moddalar tutgan kompleks samarali defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/T271.
Ilmiy maslahatchi: Zakirov Baxtiyar Sabirjanovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Usmonov Sulton Usmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamdamova Shoxista Sherzodovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xlorat natriy, suyuq xlorat magniyli defoliant, natriy uchkarbamidxlorat, karbamid saqlagan guanidinnitrati, 4-amino-1,2,4-triazol, 3-oksipiridazon-6 etanolammoniyli tuzlari va sirt faol moddali birikmalari asosida fiziologik faollikka ega bo‘lgan defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karbamid va nitrat ammoniy hamda 3-oksipiridazon-6 va mono-, di-, uchetanolaminlar asosida tarkibida karbamid saqlagan guanidin nitrati va 3-oksipiridazon-6 ning etanolammoniyli tuzlarini sintezini amalga oshirish mumkinligi isbotlangan;
natriy, magniy, kal`siy, uchkarbamidxlorat natriy, magniy xlorat va karbamid saqlagan guanidin nitrati, 4-amino-1,2,4-triazoli, 3-oksipiridazon-6 etanolammoniyli tuzlari ishtirokidagi suvli sistemalar geterogen fazaviy muvozanati, ularning politermik eruvchanlik diagrammalari tuzilgan va 15 ta eruvchanlik diagrammalarida 7 ta yangi birikmalarning hosil bo‘lishi isbotlangan;
natriy xlorati va karbamid saqlagan guanidin nitrati,xlorat natriy va 4-amino-1,2,4-triazolisuvli eruvchanlik diagrammalari asosida suyuq va qattiq defoliantlar, uchkarbamidxlorat natriy va 3-oksipiridazon-6 uchetanolammoniyli tuzi, magniy xlorat va 3-oksipiridazon-6 monoetanolammoniyli tuzlari eruvchanlik diagrammalari asosida suyuq defoliantlar olish imkoniyati asoslangan;
sirt faol modda qo‘shilgan natriy uchkarbamidxlorati ishlab chiqarish jarayoniga yog‘-moy sanoati chiqindisi – soapstokni qo‘shishning haroratga, namlikka va vaqtga bog‘liqligini aniqlash asosida fiziologik faol xossaga ega bo‘lgan defoliant olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida fiziologik faol moddalar tutgan kompleks samarali defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida karbamid saqlagan guanidin nitrati va natriy xlorati, 4-amino-1,2,4-triazol va natriy xlorati asosida suyuq va qattiq defoliantlar, natriy uchkarbamidoxlorati va magniy xlorat-xloridi asosida, tarkibida fiziologik faol modda 3-oksipiridazon-6 ning etanolammoniyli birikmalari bo‘lgan suyuq defoliantlar olish texnologiyalari «Elektroximzavod» QK AJning «2020-2022 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 21 iyundagi 01/3-3666-son ma’lumotnomasi). Natijada suyuq xlorat magniy defoliantiga nisbatan g‘o‘za barglarining 2–3% ga samaraliroq to‘kilish imkonini beradi;
tarkibida sirt faol modda tutgan natriy uchkarbamidxlorati asosida qattiq defoliantlar olish texnologiyasi «Elektroximzavod» QK AJning «2020-2022 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 21 iyundagi 01/3-3666-son ma’lumotnomasi). Natijada suyuq xlorat magniy defoliantiga nisbatan g‘o‘za barglarining 4–5% ga samaraliroq to‘kilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish