Suyunov Mirjalol Xujamqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar tizimida inspektor-psixologlarni tayyorlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/P805
Ilmiy rahbar: Fayziev Zohiddin Xasanboevich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor vazifasini bajaruvchi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Obid Safarovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xodjiboev Ilxomjon Islomjonovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar tizimida inspektor-psixologlarni tayorlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inspektor-psixologlarni maxsus psixologik tayyorlashda shaxs hayotiy yo‘nalganligining («ichki», «muloqot» va «faoliyat») differensial namoyon bo‘lishi faoliyatdagi qat’iyatlilik, individual mahoratini «ish jarayonidan zavqlanish», «o‘zaro hamkorlik» bilan bog‘liq praksik hislar asosida shakllanishi orqali emotsional-irodaviy va motivatsion sohalarga ta’sir etish muhimligi dalillangan;
inspektor-psixologlarning maxsus psixologik tayyorgarligini aniqlashda ulardagi muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi, tafakkuri kengligi, ijtimoiy mas’uliyat hissi hamda irodaviy sifatlar orqali faoliyatga bevosita integratsiyasini ta’minlanishi tufayli ish jarayonidagi hissiyot, kayfiyat va faollik ko‘rsatgichlari ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlangan;
inspektor-psixologlarda irodaviy sifatlarni shakllanganligi jamoaviy faoliyatda muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasini maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlilik xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida rivojlanishiga muvofiq, muvaffaqiyatga intilish motivining namoyon bo‘lishiga bog‘liqliq ekanligi isbotlangan;
inspektor-psixologlarda faoliyatga psixologik tayyorgarlik darajasini oshirishda irodaviy sifatlarni shakllantirishning muhimligiga ko‘ra, taktik va intuitiv tafakkur, muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi ta’sirida rivojlanishiga asoslanib, psixokorreksion faoliyatga mualliflik «ichki ishlar organlari tizimida inspektor-psixologlarni maxsus psixologik tayyorlashning ijtimoiy-psixologik modelini» ni takomillashtirish samarali ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar tizimida inspektor-psixologlarni tayorlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish orqali psixologik tayyorganlik holatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
inspektor-psixologlarni maxsus psixologik tayyorlashda shaxs hayotiy yo‘nalganligining («ichki», «muloqot» va «faoliyat») differensial namoyon bo‘lishi faoliyatdagi qat’iyatlilik, individual mahoratini «ish jarayonidan zavqlanish», «o‘zaro hamkorlik» bilan bog‘liq praksik hislar asosida shakllanishi orqali emotsional-irodaviy va motivatsion sohalarga ta’sir etish muhimligi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 30-iyundagi PM-135-sonli buyrug‘i bilan «Kasbiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 30-iyundagi PM-135-sonli ma’lumotnomasi). Natijada inspektor-psixologlarning maxsus psixologik tayyorgarligini ta’minlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
inspektor-psixologlarning maxsus psixologik tayyorgarligini aniqlashda ulardagi muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi tafakkuri kengligi, ijtimoiy mas’uliyat hissi hamda irodaviy sifatlar orqali faoliyatga bevosita integratsiyasini ta’minlanishi tufayli ish jarayonidagi hissiyot, kayfiyat va faollik ko‘rsatgichlari ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlanganligiga oid tavsiyalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 30-iyundagi PM-135-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 30-iyundagi PM-135-sonli ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarning ichki ishlar tizimida inspektor-psixologlarga umumiy psixologik bilimlarni qo‘llash borasidagi ko‘nikmalarini yanada oshirilganligi kuzatilgan;
inspektor-psixologlarda irodaviy sifatlarni shakllanganligi jamoaviy faoliyatda muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasini maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlilik xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida rivojlanishiga muvofiq, muvaffaqiyatga intilish motivining namoyon bo‘lishiga bog‘liqliq ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv- ilmiy markazining 2026-yil 30-iyundagi PM-135-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 30-iyundagi PM-135-sonli ma’lumotnomasi). Natijada inspektor-psixologlarning faoliyatda muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasini shakllantirishga doir bilim va ko‘nikmalari oshirilgan;
inspektor-psixologlarda faoliyatga psixologik tayyorgarlik darajasini oshirishda irodaviy sifatlarni shakllantirishning muhimligiga ko‘ra, taktik va intuitiv tafakkur, muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi ta’sirida rivojlanishiga asoslanib, psixokorreksion faoliyatga mualliflik “ichki ishlar organlari tizimida inspektor-psixologlarni maxsus psixologik tayyorlashning ijtimoiy-psixologik modelini” ni takomillashtirish samarali ekanligi aniqlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 30-iyundagi PM-135-sonli buyrug‘i bilan «Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 30-iyundagi PM-135-sonli ma’lumotnomasi). Natijada inspektor-psixologlarni faoliyatga psixologik tayyorlash mexanizmlarini boyitishga erishilgan.