Turdialieva Shahzoda Ismatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum fosforitlaridan olingan bug‘latilgan ekstraksion fosfor kislotasi asosida konsentrlangan fosforli o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T641.
Ilmiy rahbar: Namazov Shafaat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Shamshidinov Isroiljon Turg‘unovich, texnika fanlari doktori, professor; Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qizilqum fosfokonsentratidan olingan bug‘latilgan ekstraksion fosfor kislotasi asosida konsentrlangan fosforli o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qizilqum kuchsiz ekstraksion fosfor kislotasini (EFK) oraliq tindirish orqali 55% R2O5 gacha bug‘latish va qattiq cho‘kmalarni ammofos ishlab chiqarishga qaytarish mumkinligi isbotlangan;
erkin holatdagi H2SO4 mavjudligi bug‘latilgan EFK qovushqoqligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va faqatgina suvda eruvchan shakldagi oltingugurt tutgan o‘g‘itlar olish mumkinligi aniqlangan;
tozalangan, konsentrlangan fosfor kislotadan yuqori markali fosforli o‘g‘itlar olish maqsadida EFKni sul`fatsizlantirish, tindirish va bug‘latish sharoitlari asoslangan;
sul`fatsizlangan va konsentrlangan EFKni ammoniylashtirish orqali sifati jahon standartlariga mos keladigan 12:52 va 18:48 markadagi mono- va diammoniyfosfatlar (MAF va DAF) olingan;
karbamid eritmasi va kristallik kaliy xloridi qo‘llash orqali fosfat-ammiakli bo‘tqani karboammofos va karbammofoskaga qayta ishlashning maqbul rejimi aniqlangan;
bug‘latigan EFKni qayta ishlash yo‘li bilan ammoniy fosfatlari hamda karbamid tutgan murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Qizilqum fosforitlaridan olingan bug‘latilgan EFKni qayta ishlash yo‘li bilan konsentrlangan fosforli o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Markaziy Qizilqum fosforitlari YuKK-26 dan olingan bug‘latilgan EFK asosida N:P2O5=12:52 va 18:48 markalardagi MAF va DAF olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Oʻzkimyosanoat» AJning 2019 yil 13 iyundagi 01/3-3454-son ma’lumotnomasi). Natijada sifati jahon talablariga javob beradigan hamda tomchilab sug‘orishda yuqori samarali eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar assortimentini kengaytirish imkonini beradi;
ammofos bo‘tqasi, karbamid eritmasi va kukunsimon kaliy xloridi asosida karboammofos va karboammofoska olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Oʻzkimyosanoat» AJning 2019 yil 13 iyundagi 01/3-3454-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi asosiy ozuqa komponentlari bo‘yicha muvozanatlashgan yuqori konsentratsiyali murrakkab o‘g‘itlar olish imkonini bergan.