Giyasova Nargiza Botirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bank tizimida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashda DPI texnologiyasiga asoslangan tarmoq trafigini filtrlash tizimini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” va 08.00.14 – “Iqisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” tutash ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2026.1.PhD/Iqt4264. 
Ilmiy rahbar: Boltaev Jo‘shqin Boltabaevich, texnika  fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: Norov Akmal  Ro‘zimamatovich,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Gulnora  Fayzullaevna texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashda DPI texnologiyasiga asoslangan tarmoq trafigini filtrlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklari tarmoq infratuzilmasini rivojlantirish jarayonida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan DPI texnologiyasiga asoslangan xavfsizlik siyosatini avtomatlashtirish modeli taklif etilgan;
tijorat banklari axborot tizimlarida DPI texnologiyasiga asoslangan ichki API xizmatlarini monitoring qilish va optimallashtirish mexanizmi taklif etilgan;
tijorat banklari axborot tizimlarida DPI texnologiyasi va neyron tarmoqlar integratsiyasiga asoslangan takomillashtirilgan «Gibrid filtrlash» modeli taklif etilgan;
bank tizimida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashda DPI texnologiyasiga asoslangan tarmoq trafigini filtrlash tizimini takomillashtirish asosida bankning 2036 yilga qadar iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ijobiy prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi tijorat bank tizimida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashda DPI texnologiyasiga asoslangan tarmoq trafigini filtrlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari tarmoq infratuzilmasini rivojlantirish jarayonida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan DPI  texnologiyasiga asoslangan xavfsizlik siyosatini avtomatlashtirish modeli taklifi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026 yil 24-fevraldagi №33-8/1654-son ma’lumotnomasi) va «Aloqabank» Aksiyadorlik tijorat banki amaliyotlariga joriy etilgan («Aloqabank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2026-yil 06-fevraldagi №06-04/784-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘lov va hisob-kitob jarayonlaridagi texnik uzilishlar 25–30% ga qisqarib, moliyaviy yo‘qotishlar xavfi 20% ga kamaydi, bank axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan xarajatlarni 15% gacha optimallashtirish imkoniyati yaratilgan;
tijorat banklari axborot tizimlarida DPI texnologiyasiga asoslangan ichki API xizmatlarini monitoring qilish va optimallashtirish mexanizmi taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» Aksiyadorlik tijorat banki («O‘zsanoatqurilishbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2026-yil 3-martdagi №43-07/20-son ma’lumotnomasi) va «UNICON.UZ» MChJ («UNICON.UZ» MChJning 2026-yil 10-fevraldagi №5-3/316-son dalolatnomasi). Natijada bank tranzaksiyalarni qayta ishlash tezligini o‘rtacha 18–22 %ga oshirib, xizmatlararo axborot almashinuvida yuzaga keladigan uzilishlar sonini 35 %ga kamayishiga va bank IT-resurslaridan foydalanish samaradorligini 17 %ga oshirish imkonini yaratgan;
tijorat banklari axborot tizimlarida DPI texnologiyasi va neyron tarmoqlar integratsiyasiga asoslangan takomillashtirilgan «Gibrid filtrlash» modeli taklifi «Aloqabank» Aksiyadorlik tijorat banki amaliyotlariga joriy etilgan («Aloqabank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2026-yil 06-fevraldagi №06-04/784-son ma’lumotnomasi) va Raqamli texnologiyalar va sun’iy intelektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (Raqamli texnologiyalar va sun’iy intelektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 4-fevraldagi №03-8/130-son ma’lumotnomasi). Natijada real vaqt rejimida tarmoq trafigini tahlil qilish imkoniyatlari kengaytirildi va axborot xavfsizligini ta’minlash darajasi sezilarli darajada oshirib, bankda kiberxavflarni aniqlash aniqligini 85%dan 94 %gacha oshirildi, real vaqt rejimida xavfli trafikni aniqlash tezligini 1,5 barovarga oshdi hamda axborot va operatsion risklar bilan bo‘gliq moliyaviy yo‘qotishlar 30 %gacha kamaytirilgan;
bank tizimida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashda DPI texnologiyasiga asoslangan tarmoq trafigini filtrlash tizimini takomillashtirish asosida bankning 2036 yilga qadar iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ijobiy prognoz ssenariylari bo‘yicha taklifi «Aloqabank» Aksiyadorlik tijorat banki («Aloqabank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2026-yil 06-fevraldagi №06-04/784-son ma’lumotnomasi) va «O‘zsanoatqurilishbank» Aksiyadorlik tijorat banki («O‘zsanoatqurilishbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2026-yil 3-martdagi №43-07/20-son ma’lumotnomasi) Natijada, O‘zsanoatqurilishbank va Aloqabank Aksiyadorlik tijorat banklari tomonidan 2030 yilga mo‘ljallangan bank umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish