Ataxanov Abdumutolib Abdupatto o‘g‘lining

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta-, mikrokristallik- va nanotsellyulozaning olinishi, tuzilishi, xossalari va ishlab chiqarish texnologiyasi», 02.00.05–Sellyuloza va sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi; 02.00.12–Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.T210.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sarimsakov Abdushkur Abduxalilovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Toshkent davlat texnika universiteti, 16.07.2013.K/T.14.01.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Raxmonberdiev Gappar, kimyo fanlari doktori, professor; Muxamediev Muxtarjan Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor; Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi. O‘lcham omillarining paxta-, mikrokristallik- va nanotsellyulozaning tuzilishi, xossalari, reaksion faolligiga ta’sirini hisobga olgan holda, ularni ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini yaratish va mavjud texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

ilk bor paxta momig‘i tolasini uzunligi va uzunlik bo‘yicha taqsimlanishining sellyuloza sifati va reaksion faolligiga ta’siri ko‘rsatilgan. Kimyoviy qayta ishlashga mo‘ljallangan yuqori sifatli paxta sellyulozasi olish uchun paxta momig‘i iflosligi, pishganlik darajasi hamda tola uzunligi va uzunlik bo‘yicha taqsimlanishiga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

ilk bor yaratilgan yangi mahalliy barqarorlashtiruvchilar ishtirokida vodorod peroksidining parchalanish tezligini kamaytirish va barqarorlashtirish orqali qog‘oz ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan paxta sellyulozasi olishning uzluksiz texnologiyasi takomillashtirilgan;

birinchi marotaba zarralar o‘lchami va o‘lcham bo‘yicha taqsimlanishiga bog‘liq holda texnika va tibbiyot maqsadlari uchun mo‘ljallangan mikrokristallik sellyuloza olish texnologiyasi yaratilgan va optimal sharoitlari ishlab chiqilgan;

ilk bor yuqori chastotali nurlanish ta’sirida mikrokristallik sellyuloza olish imkoniyatlari aniqlangan, prinsipial texnologik sxemasi ishlab chiqilgan hamda optimal texnologik sharoiti taklif qilingan;

sellyulozaning nanoo‘lchamli zarrachalar olishning asosiy qonuniyatlari aniqlangan, ularning tuzilishi, xossalari va bioparchalanishi isbotlangan. Nanotsellyuloza asosida yangi materiallar yaratish imkoniyatlari ilmiy asoslangan;

paxta sellyulozasi, mikrokristallik sellyuloza va nanotsellyuloza o‘lchamlari, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari o‘zgarishi bilan noyob xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi mahsulotlar olish imkoniyatlari asoslab berilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Yaratilgan mikrokristallik sellyuloza olish texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan fil`trlovchi materialga O‘zbekiston Intellektual mulk agentligining “Fil`trlovchi material” (№IAP 04425 – 2011y. №10) ixtiroga patenti olingan va bu mahalliy xomashyo asosida import o‘rnini bosuvchi yangi mahsulot turini yaratish imkonini bergan;

xlorat-magniy defolianti ishlab chiqarish jarayonida tuzli eritmani tozalashda fil`trlovchi material sifatida qo‘llanilayotgan mikrokristallik sellyuloza olishning yaratilgan texnologiyasi «Farg’onaazot» AJda joriy etilgan («Farg’onaazot» AJning 01.06.2015 yildagi 37/2878 son xulosasi). Mazkur ishlanmaning joriy etilishi chet eldan keltiriladigan fil`trmaterialning to‘liq o‘rnini qoplash hisobiga iqtisodiy samaradorlik 314,4 mln.so‘mni tashkil etgan;

tozalangan mikrokristallik sellyuloza «O‘zfarmsanoat» AK tizimiga, jumladan, «Orom-biopreparat» MJChda immobilizatsiyalangan biopreparatlar ishlab chiqarishda to‘ldiruvchi sifatida qo‘llanishga joriy etilgan («O‘zfarmsanoat» AKning 28.01.2016 yildagi MD-06/190-son xulosasi). Ushbu mahsulotning qo‘llanilishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik 100,0 mln.so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish