Zokirov Otabek Tolibjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Osiyoning kosmostrukturaviy ob’ektlari va ularning foydali qazilmalar joylashishidagi ahamiyati», 04.00.02–Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/GM30.
Ilmiy maslahatchi: Turapov Mirali Kamolovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti DK, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Shuxrat Sakidjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Karabaev Mamatxon Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Sultonov Pulatjon Salimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyoning kosmostrukturaviy ob’ektlari va ularning foydali qazilmalar joylashishidagi ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Osiyo hududi miqyosida, muayyan kosmostrukturaviy ob’ektlar aniqlangan va ularning turli foydali qazilma konlarni joylashishidagi ahamiyati asoslangan;
«Markaziy Osiyo halqasimon megatuzilma» ta’sir doirasida joylashgan endogen halqasimon tuzilmalar, uning yo‘ldosh tuzilmalari ekanligi aniqlangan;
«Markaziy Osiyo halqasimon megatuzilma»ning yuzaga kelish davri asoslangan;
Ural va Mang‘istau tuzilmalarining davomi dengiz osti, yopiq va neft`-gaz basseyni hududlari bo‘ylab tarqalishi asoslangan;
Zirabuloq-Ziyovutdin, Qoratepa-Chaqilkalon tog‘lari va Jom botig‘i hududlarining ochiq va yopiq maydonlarida lineamentlar, intruziv massivlar hamda halqasimon tuzilmalar aniqlangan;
Talas-Farg‘ona er yorig‘ini yuzaga kelishi, yangi kosmogeologik gipoteza bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Osiyoning kosmostrukturaviy ob’ektlari va ularning foydali qazilmalarni joylashishidagi ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ochiq va yopiq maydonlar bo‘ylab aniqlangan lineamentlar va halqasimon tuzilmalar tizimi «Regional geologik tasvirlash, izlash ekspedisiyasi» DUK faoliyatiga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 3 maydagi 02/7-son ma’lumotnomasi). Natijada Ziyovutdin hududida ma’danli ob’ektlarni ajratishga qaratilgan bashorat-metallogenik tadqiqotlarni samarali olib borish imkonini bergan;
halqasimon megatuzilmalarda joylashgan foydali qazilma konlarning kosmogeologik va ulardagi magnit anomaliya maydonlarning transformatsiyasini ifodalovchi xaritalar «Regional geologik tasvirlash, izlash ekspedisiyasi» DUK amaliyotiga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 3 maydagi 02/7-son ma’lumotnomasi). Natijada Zirabuloq hududining geologik, geofizik, tuzilmaviy va foydali qazilmalar xaritalarini tuzish va yangilashda ilmiy-uslubiy asos sifatida foydalanish imkonini bergan;
yopiq maydonlar ostidagi yangi intruziv massivlar va yoriqlar «Regional geologik tasvirlash, izlash ekspedisiyasi» DUK amaliyotiga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 3 maydagi 02/7-son ma’lumotnomasi). Natijada Zirabuloq tog‘lari va Jom botig‘i maydonlarida geologik-qidiruv ishlarini olib borishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
kosmostrukturaviy ob’ektlar va geokimyoviy oreollar (Au, As, Hg, Sb, Mo va h.k.) «Regional geologik tasvirlash, izlash ekspedisiyasi» DUK amaliyotiga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 3 maydagi 02/7-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoratepa-Chaqilkalon hududlarida istiqbolli maydonlarni aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan geologik-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish imkonini bergan.