Xudayberganov Azamat Hamzaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqani innovatsion rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” (Xorazm viloyati misolida). 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6621.
Ilmiy rahbar: Palvaniyazov Anvar Amatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Egamov Sevinchbek Maxsud o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati mintaqasini innovatsion rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqani innovatsion rivojlantirishning 3 bosqichli (birinchi bosqich: innovatsion yondashuvlarni o‘rganish; ikkinchi bosqich: innovatsion rivojlantirish mezonlarini belgilash; uchinchi bosqich: innovatsion rivojlanish mexanizmlarini shakllantirish) tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan;
mintaqa iqtisodiy tarmoqlarida innovatsion faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarini yuqori (0,8-1), o‘rta (0,5-0,7) va past (0,1-0,4) darajalarda baholash mezonlari taklif etilgan;
mintaqani bosqichma-bosqich innovatsion ko‘p tarmoqli rivojlantirishning quyi va yuqori strategiyalaridan foydalanish yo‘nalishlari asoslangan;
Xorazm viloyati mintaqasini innovatsion rivojlantirish ko‘rsatkichlarining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ko‘p omilli prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqani innovatsion rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqani innovatsion rivojlantirishning 3 bosqichli (birinchi bosqich: innovatsion yondashuvlarni o‘rganish; ikkinchi bosqich: innovatsion rivojlantirish mezonlarini belgilash; uchinchi bosqich: innovatsion rivojlanish mexanizmlarini shakllantirish) tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 13-iyundagi 7-09/6200-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqada innovatsion dasturlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan; 
mintaqa iqtisodiy tarmoqlarida innovatsion faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarini yuqori (0,8-1), o‘rta (0,5-0,7) va past (0,1-0,4) darajalarda baholash mezonlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 13-iyundagi 7-09/6200-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqada iqtisodiy tarmoqlarida innovatsion faoliyat samaradorligini o‘rtacha 2-4 foizga oshirish imkonini bergan; 
mintaqani bosqichma-bosqich innovatsion ko‘p tarmoqli rivojlantirishning quyi va yuqori strategiyalaridan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 13-iyundagi 7-09/6200-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida Xorazm viloyati mintaqasini innovatsion rivojlantirishning optimal strategiyalaridan foydalanishga erishilgan; 
Xorazm viloyati mintaqasini innovatsion rivojlantirish ko‘rsatkichlarining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ko‘p omilli prognoz qiymatlari Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 13-iyundagi 7-09/6200-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish Xorazm viloyati mintaqasida innovatsion rivojlantirishga qaratilgan optimal qarorlarni ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish