Toshev Sherzod Orzievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori harorat va tuzlarga chidamli burg‘ilash eritmalarini olishda Navbahor gilmoyalaridan polimineral kompozisiyalar yaratish», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T635.
Ilmiy rahbar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Akramov Baxshilla Shafievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori harorat va tuzga chidamli bo‘lgan burg‘ilash eritmalarini olish uchun Navbahor va Sho‘rsuv konlari gillaridan polimineral kompozisiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Navbahor va Sho‘rsuv konlari gillarining kolloid-kimyoviy tarkibi va xossalari aniqlangan;
karbonatli paligorskit bo‘kish va barqaror gilli strukturalarni hosil qilish bo‘yicha bentonitlarga qaraganda yaxshiroq natijalarga ega ekanligi isbotlangan;
Navbahor konining karbonatli paligorskiti va bentonitidan hamda Sho‘rsuv konining gidroslyudali gilidan polimineral kompozisiyalar harorat va tuzga chidamli burg‘ilash eritmalarini olish uchun asos bo‘lib hisoblanishi aniqlangan;
ishlab chiqilgan polimineral kompoziyalar asosida yuqori harorat va tuzga chidamli burg‘ilash eritmalari olishda mexanik-kimyoviy dispergatorning ijobiy ta’siri hamda texnologiyaning optimal sharoitlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Navbahor va Sho‘rsuv konlari gillaridan olingan polimineral kompozisiyalar asosida tayyorlangan burg‘ilash eritmalarini haroratga va tuzga chidamliligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Navbahor gillaridan harorat va tuzlarga chidamli burg‘ilash eritmalarini olish uchun yangi polimineral kompozisiyalarni mexanik-kimyoviy usullarda dispergirlash «Buxoroneftgazparmalash» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zburg‘uneftgaz» AJning 2019 yil 13 martdagi 14/MCh-250-son ma’lumotnomasi). Natijada import o‘rnini bosuvchi va mahalliy xomashyolar asosida burg‘ilash eritmalarini tayyorlash va ularning tannarxini 1,2–1,5 barobar kamaytirish imkonini bergan;
mexanik-kimyoviy dispergatorni qo‘llab burg‘ilash eritmalarini tayyorlashning yangi kombinasiyalashgan usuli «Olot NGQE» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zburg‘uneftgaz» AJning 2019 yil 13 martdagi 14/MCh-250-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori haroratlar va tuzli agressiyalarga barqaror bo‘lgan yuqori dispersiyalangan burg‘ilash eritmalarini olish imkonini bergan;
mexanik-kimyoviy dispergatorni qo‘llab polimineralli kompozisiyalardan harorat va tuzga chidamli burg‘ilash eritmalarining yangi olinish usuli «Olot NGQE» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zburg‘uneftgaz» AJning 2019 yil 13 martdagi 14/MCh-250-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan kompozisiyalar asosida yuqori haroratga (160–1800S) va tuzlar agressiyasiga chidamli burg‘ilash eritmalarining asosiy ko‘rsatkichlarining barqarorlashish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish