Ro‘ziboev Dilshod A’zam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo vohasida chorvachilik: ahvoli va muammolari (1925-1991 y), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.1.PhD/Tar1331
Ilmiy rahbar: Axmedov Bekzod Abdiraxmonovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent Qodirova Mamlakat Mo‘minovna.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: 1925–1991–yillarda Qashqadaryo vohasida chorvachilikning ahvoli va sohada mavjud muammolarni ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Sovet davrining dastlabki yillarida Qashqadaryoda chorvachilik tarmog‘i turli qiyinchilik va o‘zgarishlarga duch kelganligi, bu davrda mintaqadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar chorvachilikning umumiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatganligi, shuningdek, “Muborak”, “Nishon”, “Qoraqum”, “G‘uzor”, “O‘zbekiston” kabi ixtisoslashgan sovxozlar va fermalar tashkil etilganligi, jamoalashtirish natijasida chorva mollarining katta qismi nobud qilinganligi, tortib olinganligi va chetga sotib yuborilganligi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi oqibatida mehnat resurslarining frontga jalb etilishi, chorva mollarining urush ehtiyojlari uchun ishlatilishi, ozuqa ta’minotidagi qiyinchiliklar natijasida chorva mollari soni keskin kamayib ketganligi bilan bog‘liq omillar qiyosiy jihatdan ochib berilgan;
Qashqadaryo vohasida chorvachilik sohasini rivojlantirish masalasi to‘laqonli ravishda Sovet hukumatining agrar siyosatiga bog‘lab qo‘yganligi, sovet davrida chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan siyosat, qizil cho‘l, qora-ola, shvis, bushuev, santa-getruda, aberdino-angus kabi yuqori mahsuldor zotdor chorva turlarini saqlab qolish va ularni ko‘paytirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirishga qaratilganligi, jumladan, dag‘al junli qo‘ylarni mayin junli qo‘chqorlar bilan chatishtirish, qoramollarni bog‘lab boqilishi, qoramol, qo‘y va cho‘chqalarni naslli rayonlashtirish kabi chora–tadbirlar amalga oshirilganligi tarixiy manbalarga tayanilgan holda asoslangan;
Qashqadaryoda vohasida xususiy mulkchilik shakllarining keskin qisqarishi, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash ishlari amalga oshirilmasdan, tayyor xomashyo holatida markazga etkazib berilganligi, natijada chorvachilik sohasidan tushadigan daromadning kamayishiga olib kelganligi, chorva zaxiralari, ishlab chiqarish quvvatlari, transport–logistika imkoniyatlari va mahalliy iste’mol talabining o‘ziga xos xususiyatlari, reja ko‘rsatkichlari, davlat buyurtmalari hajmi kabi masalalar arxiv hujjatlari va tarixiy manbalar asosida dalillangan;
Qashqadaryo vohasining Beshkent va Koson tumanlarida yaylov erlari etishmasligi, chorva ozuqa bazasining cheklanganligi, tabiiy iqlim qiyinchiliklariga qaramasdan chorvadorlar chorva mollarini Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida boqilganligi, paxta ekin maydonlarining kengayishi, bevosita chorvachilik uchun ajratilgan erlarning qisqartirilishiga olib kelganligiga qaramay chorvachilik mahsulotlarini etishtirish sur’atlarining izchil o‘sib borganligi, “Muborak”, “Nishon”, “Qoraqum”, “G‘uzor”, “O‘zbekiston” kabi yirik chorva komplekslari, texnika va texnologiyalarni joriy etish, chorva zaxiralarini ko‘paytirish va veterinariya xizmatini rivojlantirishga erishilganligi, natijada chorvachilik mahsulotlari, ayniqsa, teri, go‘sht va sut mahsulotlari, jun Sovet Ittifoqining tashqi savdo balansida muhim o‘rin egallab, mamlakat uchun qimmatli valyuta tushumining asosiy manbalaridan biri bo‘lib xizmat qilganligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Qashqadaryo vohasida chorvachilik: ahvoli va muammolari (1925-1991 y)” mavzusi bo’yicha bajarilgan tadqiqot yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Sovet davrining dastlabki yillarida Qashqadaryoda chorvachilik tarmog‘i turli qiyinchilik va o‘zgarishlarga duch kelganligi, bu davrda mintaqadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar chorvachilikning umumiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatganligi, shuningdek, “Muborak”, “Nishon”, “Qoraqum”, “G‘uzor”, “O‘zbekiston” kabi ixtisoslashgan sovxozlar va fermalar tashkil etilganligi, jamoatlashtirish natijasida chorva mollarining katta qismi nobud qilinganligi, tortib olinganligi va chetga sotib yuborilganligi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi oqibatida mehnat resurslarining frontga jalb etilishi, chorva mollari urush ehtiyojlari uchun ishlatilishi, ozuqa ta’minotidagi qiyinchiliklar natijasida chorva mollari soni keskin kamayib ketganligi bilan bog‘liq jarayonlarga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024–yilning 15–yanvardagi 02–31–77–son ma’lumotnomasi). Bu teletomoshabinlarni chorvachilik sohasi tarixi va uning rivojlanish bosqichlari bilan tanishish imkonini yaratgan;
Qashqadaryo vohasida chorvachilik sohasini rivojlantirish masalasi to‘laqonli ravishda Sovet hukumatining agrar siyosatiga bog‘lab qo‘yganligi, sovet davrida chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan siyosat, qizil cho‘l, qora-ola, shvis, bushuev, santa-getruda, aberdino-angus kabi yuqori mahsuldor zotdor chorva turlarini saqlab qolish va ularni ko‘paytirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirishga qaratilganligi, jumladan, dag‘al junli qo‘ylarni mayin junli qo‘chqorlar bilan chatishtirish, qoramollarning bog‘lab boqilishi, qoramol, qo‘y va cho‘chqalarni naslli rayonlashtirish, chorva komplekslarini yiriklashtirish doir ilmiy dalillardan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024–yil 12–noyabrdagi 05/06–02–973–son ma’lumotnomasi). Natijada chorvachilik sohasini rivojlantirish va mazkur sohadan yuqori va sifatli chorva mahsulotlari olishni ta’minlash, mamlakat eksport salohiyatini oshirishda xizmat qiladi;
Qashqadaryoda vohasida xususiy mulkchilik shakllarining keskin qisqarishi, chorvachilik xomashyosini qayta ishlash ishlari amalga oshirilmasdan, tayyor xomashyo holatida markazga etkazib berilganligi, natijada chorvachilik sohasidan tushadigan daromadning kamayishiga olib kelganligi, chorva zaxiralari, ishlab chiqarish quvvatlari, transport–logistika imkoniyatlari va mahalliy iste’mol talabining o‘ziga xos xususiyatlari, reja ko‘rsatkichlari, davlat buyurtmalari hajmiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024–yil 25–dekabrdagi 02/23–3112–son ma’lumotnomasi). Natijada chorvachilik sohasining tarixi bo‘yicha keng jamoatchilik orasida umumiy ma’lumotlar shakllanishiga olib kelgan;
Qashqadaryo vohasida Beshkent va Koson tumanlarida yaylov erlari etishmasligi, chorva ozuqa bazasining cheklanganligi, tabiiy iqlim qiyinchiliklariga qaramasdan chorvadorlar chorva mollarini Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida boqilganligi, paxta ekin maydonlarining kengayishi, bevosita chorvachilik uchun ajratilgan erlarning qisqartirilishiga olib kelganligiga qaramay chorvachilik mahsulotlarini etishtirish sur’atlarining izchil o‘sib borganligi, “Muborak”, “Nishon”, “O‘zbekiston” kabi yirik chorva komplekslari, texnika va texnologiyalarni joriy etish, chorva zaxiralarini ko‘paytirish va veterinariya xizmatini rivojlantirishga erishilganligi, natijada chorvachilik mahsulotlari, ayniqsa, teri, go‘sht va sut mahsulotlari, jun Sovet Ittifoqining tashqi savdo balansida muhim o‘rin egallab, mamlakat uchun qimmatli valyuta tushumining asosiy manbalaridan biri bo‘lib xizmat qilganligiga doir ilmiy ma’lumotlardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy–ma’naviy tadqiqotlar institutida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy–ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025–yil 2–iyundagi 10/322–son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Qashqadaryo vohasida jumladan, O‘zbekistonda yoshlar orasida chorvachilik sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qilgan.