Koshanova Bibigul Turganbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston sul`fatli tuzlaridan burkeit olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T168.
Ilmiy rahbar: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Tadjiev Sayfiddin Muxitdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Kurbaniyazov Rashid Qalbaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘istonning sul`fatli tuzlarini ammoniy karbonati bilan konverciya qilish orqali natriy bikarbonat, burkeit va ammoniy sul`fat olishning chiqindisiz resurstejamkor texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Na+, NH4+//2SO42--H2O, 2NH4+, 2Na+//2SO42-, 2NSO--H2O eruvchanlik sistemalarining termodinamikasi asosida komponentlarning o‘zaro bog‘liqligi va sul`fat tuzlaridan natriy bikarbonat, burkeit va ammoniy sul`fat olinishi asoslangan;
tabiiy sul`fat tuzlarini ohakli usulda tarkibida karbonat-sul`fat tutgan eritmalar yordamida tozalashning maqbul sharoitlari aniqlangan;
tabiiy natriy sul`fat eritmalarini ammoniy bikarbonat bilan konversiya qilib bikarbonat natriy, burkeit va ammoniy sul`fat olish jarayoniga texnologik parametrlarning ta’siri isbotlangan;
kal`sinatsiyalangan sodaga natriy sul`fat bilan tuzlash usuli orqali burkeit olish jarayonining optimal texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tabiiy sul`fat tuzlari va ammoniy karbonat asosida soda mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasining nazariy va texnologik echimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Konversion va tuzlash usullari yordamida Qoraqolpog‘iston sul`fat tuzlarini kompleks qayta ishlab burkeit, natriy bikarbonat va ammoniy sul`fat olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
burkeitni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP05634, 2018 y.). Natijada natriy sul`fat eritmalarini kal`sinatsiyalangan soda bilan tuzlash natijasida burkeit olish imkonini bergan;
natriy sul`fat eritmalarini konversiya qilish usuli bilan burkeit va ammoniy sul`fat ishlab chiqarish texnologiyasi «Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil
15 apreldagi 03-2133/K-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqolpog‘iston sul`fatli tuzlaridan yuvuvchi vositalar ishlab chiqarish uchun xomashyo olish imkonini bergan.