Alimov Umarbek Kadirbergenovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida yuqori konsentratsiyali fosforli o‘g‘itlar olishning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T81.
Ilmiy maslahatchi: Namazov Shafaat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Usmanov Sultan Usmanovich, texnika fanlari doktori, professor; Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmurodov To‘lqin Isomurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum (MQ) past navli fosforitlarini fosforkislotali qayta ishlash yo‘li bilan konsentrlangan fosforli va azotfosforli o‘g‘itlar olishning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida maksimal miqdorda o‘zlashuvchan va suvda eruvchan shakldagi R2O5 tutgan, yaxshi fizik-kimyoviy va tovar xossalarga ega ammofosfatli o‘g‘it olishning maqbul bo‘lgan EFK:FX og‘irlik nisbati va kislota rN muhiti aniqlangan;
kinetik qonuniyatlarni aniqlash orqali har xil turdagi MQ fosforitlarini yuqori me’yorlardagi bug‘latilgan EFK bilan parchalashning asosiy ko‘rsatkichlari isbotlangan;
elektron mikroskop hamda IBP bilan OES qo‘llash yo‘li bilan asosan kal`siy digidrofosfatdan tashkil topgan monokal`siyfosfatning maqbul kristallanish vaqti va tuz tarkibi aniqlangan;
konsentrlangan fosfor kislota bilan fosfat xomashyoni parchalash mahsulotlaridan monokal`siyfosfatni kristallash va yagona siklda EFK ni qaytarish hamda yuqori sifatli qo‘sh superfosfat olish mumkinligi asoslangan;
siklik usulda olingan nordon monokal`siyfosfatni ammoniylashtirish asosida yuqori konsentratsiyaga ega azotfosforli o‘g‘it olish mumkinligi aniqlangan;
past navli fosforitlarni jalb qilish yo‘li bilan yangi turdagi birlamchi va murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
MQ past navli fosforitlari asosida konsentrlangan birlamchi fosforli va azotfosforli o‘g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ammofosfat ishlab chiqarish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 13 iyundagi 01/3-3453-son ma’lumotnomasi). Natijada karbonatli fosforitlarni qisman ammoniylashgan EFK bilan faollashtirish yo‘li bilan ishlab chiqarishga jalb qilish imkonini bergan;
siklik usulda past navli fosforitlarni fosforkislotali qayta ishlash asosida «B» markali qo‘sh superfosfat olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 13 iyundagi 01/3-3453-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi shudgorda qo‘llashda samarali bo‘lgan konsentrlangan birlamchi fosforli o‘g‘itlar assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
siklik usulda olingan nordon monokal`siyfosfatni ammoniylashtirish yo‘li bilan yuqori konsentrlangan azotfosforli o‘g‘it olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 13 iyundagi 01/3-3453-son ma’lumotnomasi). Natijada eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishning al`ternativ variantini ishlab chiqish imkonini bergan;
Qizilqum fosforit majmuasining MM samarali foydalanish orqali qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha X-Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati DK bilan xo‘jalik shartnomasi tuzilgan (2017 yil 11 mayda 661 raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada Qizilqum fosforit majmuasining yirik tonnajli chiqindisi - minerallashgan massani fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish imkoniyati yaratilgan.