Sharipova Saodat Tursunbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik xomashyolari asosida diuretik dori vositalarini ishlab chiqishning farmakotexnologik aspektlari», 15.00.01–Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Far17.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xolida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Zaynutdinov Xikmatilla Sunnatovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Tagieva El`mira Ismailovna, farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diuretik ta’sirga ega «Meliflos» yig‘masi asosida quruq ekstrakt, tabletka va kapsula dori turlari texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor diuretik ta’sirga ega «Meliflos» yig‘masi asosidagi dori turlari tarkibi va texnologiyasi yaratilgan;
«Meliflos» yig‘masi asosida quruq ekstrakt olishning muayyan sharoitlari va ratsional texnologiyalari ishlab chiqilgan;
diuretik ta’sirga ega bo‘lgan «Meliflos» tabletkasi va kapsulasining ilmiy asoslangan muayyan tarkiblari va texnologiyalari yaratilgan;
«Meliflos» quruq ekstrakti asosidagi «Meltiazid» kombinirlangan tabletkalar tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
biofarmatsevtik jihatdan tavsiya etilayotgan dori turlarining yuqori biosamaradorligi isbotlangan;
turli qadoqlov materiallariga qadoqlangan tabletka va kapsula dori turlarining saqlanish sharoitlari va yaroqlilik muddatlari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Diuretik ta’sirga ega dori preparatlarining tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Meliflos» quruq ekstrakti va tabletkalari uchun korxona farmakopeya maqolalari loyihalari «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUKga taqdim etilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUKning 2019 yil 31 maydagi 29/01-346-son ma’lumotnomasi; Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu korxona farmakopeya maqolalarining tasdiqlanishi diuretik ta’sir etuvchi dori vositalarini olish imkonini beradi;
«Meliflos» tabletkalarini ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha tajriba-sanoat reglamenti (OPR 2072225-03-19) MChJ «SAMO» bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKning 2019 yil 31 maydagi 29/01-346-son ma’lumotnomasi). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida diuretik dori vositalar uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish