To‘xtaboeva Yulduzxon Abdusattorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi asosiy tip tuproqlarining al`goflorasi», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/156.
Ilmiy rahbar: Tojiboev Sharobitdin Jamolovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Buriev Sulaymon, biologiya fanlari doktori, professor; Xamidov Gulomjon Xamidovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi asosiy tip tuproqlarining al`goflorasini aniqlash asosida tuproq tiplarining holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi asosiy tip tuproqlaridan al`gofloraning 159 tur va tur xillari (6 bo‘lim, 9 ta sinf, 19 tartib, 45 oila, 66 turkum) aniqlangan;
al`gofloraning tuproq profili bo‘yicha taqsimlanishini aniqlash natijasida tuproqdagi A gorizontdan B va S gorizontlarga qarab turlar sonining pasayib borish dinamikasi ochib berilgan;
al`goflora tarkibida dominant turlar aniqlangan va ular asosida hududning zamonaviy tur hosil bo‘lish jarayoni kechayotgan al`gologik hudud ekanligi tavsiflangan;
Farg‘ona vodiysi asosiy tip tuproqlari al`goflorasi bilan Toshkent va Samarqand viloyatlari tuproqlari al`gofloralarining turlar sonidagi farqlanishlari aniqlangan;
al`goflora tarkibidagi biomorfologik guruhlar aniqlangan va ularning tuproq tiplari bo‘yicha o‘zgarishlari asoslangan;
al`goflora tarkibining yil mavsumlari davomidagi o‘zgarishlari aniqlangan va turlar sonining mavsumiy dinamikasi ochib berilgan;
ilk bor Farg‘ona vodiysi asosiy tip tuproqlari al`goflorasining zamonaviy holatini aks ettiruvchi elektron ma’lumotlar bazasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysi asosiy tip tuproqlari al`goflorasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
al`goflora tarkibidan aniqlangan 159 tur suvo‘tlar ro‘yxati, tuproq tiplarining farqini belgilovchi sifat va miqdoriy xususiyatlari  Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 14 iyundagi 03-02/3-2620-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona vodiysi asosiy tip tuproqlarining ekologiya-sanitariya holatini baholash va al`gofloraning tuproq profili bo‘yicha dinamikasini aniqlash imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi asosiy tip tuproqlaridan aniqlangan 159 turdan iborat suvo‘tlar ro‘yxati va yetakchi turlarning ko‘rsatkichlari PZ-20170921183 raqamli «Shimoliy Turkiston Botanik-geografik rayoni dorivor o‘simliklarining zamburug‘lari va ularning tarqalish xaritasini tuzish» mavzusidagi amaliy loyihasida dorivor o‘simliklar o‘sayotgan tuproqlardagi tuproq suvo‘tlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 15 maydagi 4/1255-1439-son ma’lumotnomasi). Natijada Zomin milliy tabiat bog‘idagi 51 ta dorivor o‘simliklarning tuproq suvo‘tlarini aniqlash va ularning ro‘yxatini tuzish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi asosiy tip tuproqlaridan yig‘ilgan al`gologik namunalar hamda ularning doimiy preparatlari Botanika institutining «Suv havzalari suvo‘tlar florasi» noyob ob’ekti kolleksiyasiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 15 maydagi 4/1255-1440-son ma’lumotnomasi). Natijada kolleksiyaning «O‘zbekiston tuproq suvo‘tlar florasi» fondini boyitish va tuproq mikroflorasini inventarizatsiyalash, tuproq suvo‘tlarining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda 5 ta tuproq tiplarida tarqalgan suvo‘tlar orqali tuproq gorizontlarining ifloslanish darajasi va o‘zlashtirilmagan hududlar tuproqlari monitoringini olib borish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish