Erjanova Gulchexra Medetbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarix darslari orqali o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7441.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Homroev Gafur Hasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.04.04 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni: Sagindikova Nargiza Djubatxanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Bauetdinov Rauaj Ayapbergenovish tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
II. Tadqiqotning maqsadi tarix o‘qitish orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi o‘quv-metodik tizimni ishlab chiqish va uni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarix o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan maxsus o‘quv topshiriqlari (umumiydan xususiyga, umumiydan yakka holatga, deduktivdan induktivga o‘tish tamoyillariga asoslangan) ishlab chiqildi va ularning samaradorligi amaliy tajribalar orqali dalillangan;
mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv materiallarini takomillashtirishda ma’lumotlarni darajalash tamoyillari inobatga olinib, infografika, diagramma, jadval, sxema va chizmalar kabi zamonaviy vositalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning tarixiy jarayonlarni mantiqiy tahlil qilish qobiliyatlari oshirilishi isbotlangan;
tarix fanini o‘qitishda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlari vazifalari tasniflanib, ularning asosiy qo‘llanilish sohalari aniqlanib, o‘quvchilarning tarixiy ma’lumotlarni mantiqiy tahlil qilish va yodda saqlash jarayonlari tizimlashtirilgan;
mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid o‘quv materiallarining metodik ta’minoti mazmuni, usullari va vositalari faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini takomillashtirish vositasida o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni rivojlantirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini takomillashtirish vositasida o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni rivojlantirishda umumiydan xususiyga, umumiydan yakkalikka, deduksiyadan induksiyaga o‘tish tamoyillariga asoslangan maxsus o‘quv topshiriqlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda sabab va oqibatni bog‘lay olish, fikrni asoslab bera olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid xulosalardan AM-FZ-201908172-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy (2020–2023-yy.) loyihaning o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va tanqidiy o‘rganish ko‘nikmalarini hosil qilishga oid qismini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-yanvardagi 04/1-53-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish usullari takomillashtirilgan;
mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini takomillashtirish vositasida o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv materiallarini ma’lumotlarni darajalash tamoyillari asosida infografika, diagramma, jadval, sxema va chizmalar kabi zamonaviy vositalar yordamida takomillashtirish orqali o‘quvchilarning tarixiy jarayonlarni mantiqiy tahlil qilish qobiliyatini oshirishga oid taklif va xulosalardan FI-AI-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi fundamental (2020–2023-yy.) loyihani amalga oshirishda nazariy-amaliy material sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 21-maydagi 176-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tarix o‘qitishda foydalaniladigan mantiqiy fikrlashga doir o‘quv topshiriqlarini takomillashtirish imkoniyati kengaygan;
mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini takomillashtirish vositasida o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni rivojlantirishda tarixiy matn, arxiv materiallari ustida ishlash, tarixiy qahramonlar va tarixiy mavzuning mazmun-mohiyatini anglash, o‘rganilayotgan davr shart-sharoitini his etish, arxaik so‘zlarning mazmun-mohiyatini izohlash, tarixiy dalillarni qiyoslash, guruhlash, tarixiy shaxslar obrazini gavdalantira olish, davr ruhini ifodalovchi rasmlar, illyustratsiyalar bilan ishlash kabi samarador metodlardan foydalanishga oid metodologik tavsiyalardan “Tarix darslarida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish metodikasi” (ISBN 978-9910-670-85-5) nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan hamda o‘quvchilarning kognitiv, kreativ fikrlash faoliyati, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, milliy mansublikdan faxrlanish, ajdodlarni e’zozlash sifatlarini shakllantirish uchun taklif qilingan tarixiy tafakkurni rivojlantirish jarayonining funksional modeli va metodik ta’minotidan tarix o‘qitish metodikasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 18-dekabrdagi 01/11-11-1090-sonli ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktablarida mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlari asosida o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan va ta’lim sifatini oshirishga imkon yaratilgan;
mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini takomillashtirish vositasida yoshlarda tarixiy tafakkurni rivojlantirish, faol fuqarolik kompetensiyasini, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ajdodlarni e’zozlash sifatlarini hamda mustaqil fikrlash kabi nutqiy ko‘nikmalarni kompleks shakllantirishga oid taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat tarixi va madaniyati muzeyi faoliyatini targ‘ib qilishda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat tarixi va madaniyati muzeyining 2025-yil 17-apreldagi 197-sonli ma’lumotnomasi) hamda 2024–2025-yillar davomida Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Jaslar waqti” eshittirish va ko‘rsatuvlarida tarixiy mavzularni keng ommaga yetkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining 2025-yil 18-apreldagi 05-22/252-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi-yoshlarning mantiqiy fikrlash doirasi kengaygan, tarixiy xotirasi yangi ma’lumotlar bilan boyigan.