Yaxshiboeva Nodira Ergash qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Fransuz va o‘zbek turistik diskursining lingvomadaniy xususiyatlarib 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fi16358.
Ilmiy rahbar: Djafarova Dildora Ilxomovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.11.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonkulovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abduazizova Durdona Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz va o‘zbek tillaridagi turistik diskursning lingvomadaniy, kommunikativ-pragmatik hamda funksional xususiyatlarini tadqiq etish, ularda aks etuvchi milliy-madaniy qadriyatlar va kommunikativ strategiyalarning o‘ziga xos jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
diskurs va turizm sohasiga oid lingvistik tadqiqotlar tahlili asosida turistik diskursning lisoniy va pragmatik komponentlari tizimlashtirilib, uning leksik-semantik birliklari, baholovchi vositalari, kommunikativ strategiyalari, adresatga yo‘naltirilgan pragmatik mexanizmlari hamda ta’sir etish vositalari aniqlangan;
fransuz va o‘zbek tillaridagi turistik diskurslarning tipologik xususiyatlari aniqlanib, ular kommunikativ maqsadi, funksional yo‘nalishi va mazmuniy xususiyatlariga ko‘ra axborot beruvchi, reklama-targ‘ibot, madaniy-ma’rifiy hamda ziyorat turizmi diskurslari sifatida tasniflangan, ularning semantik tuzilishida baholash, tavsiflash va targ‘ib qilishga xizmat qiluvchi dominant semantik komponentlari dalillangan;
fransuz va o‘zbek turistik diskursida adresatga ta’sir ko‘rsatishga xizmat qiluvchi kommunikativ strategiyalar, baholovchi birliklar, emotsional-ekspressiv vositalar hamda ishontirish, jalb etish va rag‘batlantirishga asoslangan pragmatik ta’sir mexanizmlarining milliy-madaniy va lingvopragmatik xususiyatlari isbotlangan;
fransuz va o‘zbek turistik diskursida milliy-madaniy qadriyatlarni ifodalovchi til birliklari aniqlanib, o‘zbek turistik diskursida mehmondo‘stlik, ziyorat, tarixiy meros va milliy an’analar, fransuz turistik diskursida esa estetiklik, madaniy meros, gastronomik madaniyat va individual tajriba konseptlarining lingvomadaniy mazmuni hamda kommunikativ-pragmatik funksiyalari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz va o‘zbek turistik diskurs voqelanishining milliy-madaniy va pragmatik xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida olingan nazariy ishlanmalar hamda amaliy natijalar asosida:
diskurs va turizm sohasiga oid lingvistik tadqiqotlar tahlili asosida turistik diskursning lisoniy va pragmatik komponentlari tizimlashtirilib, uning leksik-semantik birliklari, baholovchi vositalari, kommunikativ strategiyalari, adresatga yo‘naltirilgan pragmatik mexanizmlari hamda ta’sir etish vositalariga doir xulosala va materialaridan O‘zbekiston Milliy universitetida 2024-2026 yillar davomida bajarilgan Erasmus+ dasturining Project №598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) xalqaro loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 4-iyundagi 04/11-13203-son ma’lumotnomasi). Natijada, xulosa va tavsiyalar mazkur loyiha doirasidagi elektron resurslar, nazariy va amaliy materiallarni tayyorlash hamda ularni boyitishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
fransuz va o‘zbek tillaridagi turistik diskursning tipologik xususiyatlari aniqlanib, ularning kommunikativ maqsadi, funksional yo‘nalishi va mazmuniy xususiyatlariga ko‘ra axborot beruvchi, reklama-targ‘ibot, madaniy-ma’rifiy hamda ziyorat turizmi diskurslari tasniflangan, ularning semantik tuzilishida baholash, tavsiflash va targ‘ib qilishga xizmat qiluvchi dominant semantik komponentlarga oid xulosalardan Toshkentdagi Fransuz Alyansi tashkiloti tomonidan muntazam o‘tkazilib borilayotgan “Club de conversation” og‘zaki nutq mashg‘ulotlarida foydalanilgan (Toshkentdagi Fransuz Alyansi tashkilotining 2025-yil 26-maydagi 186-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning turistik diskursni idrok etish va tahlil qilish kompetensiyasini rivojlantirish, fransuz va o‘zbek madaniyatlariga xos turistik kommunikatsiya vositalarini qiyosiy-chog‘ishtirma o‘zlashtirish, shuningdek, madaniyatlararo muloqot samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan.
fransuz va o‘zbek turistik diskursida adresatga ta’sir ko‘rsatishga xizmat qiluvchi kommunikativ strategiyalar, baholovchi birliklar, emotsional-ekspressiv vositalar hamda ishontirish, jalb etish va rag‘batlantirishga asoslangan pragmatik ta’sir mexanizmlarining milliy-madaniy va lingvopragmatik xususiyatlariga oid xulosalaridan 2025-yil 12 fevral kuni Toshkentdagi Fransuz Alyansi Fransiyadagi Sorbon Nuvel Parij 3 universiteti hamda Tarjimonlar tayyorlash oliy maktabi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan xalqaro master klassda foydalanilgan (Toshkent Fransuz Alyansining 2026-yil 26 maydagi 186-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjimonlarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishga oid uslubiy tavsiyalar takomillashtirilgan, turistik diskursning kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini amaliy tahlil qilishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar mazmuni boyitilgan hamda madaniyatlararo kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi oshirilgan.
fransuz va o‘zbek turistik diskursida milliy-madaniy qadriyatlarni ifodalovchi til birliklari aniqlanib, o‘zbek turistik diskursida mehmondo‘stlik, ziyorat, tarixiy meros va milliy an’analar, fransuz turistik diskursida esa estetiklik, madaniy meros, gastronomik madaniyat va individual tajriba konseptlarining lingvomadaniy mazmuni hamda kommunikativ-pragmatik funksiyalariga oid xulosalaridan 2025-yil 12-fevral kuni Toshkentdagi Fransuz Alyansi Fransiyadagi Sorbon Nuvel Parij 3 universiteti hamda Tarjimonlar tayyorlash oliy maktabi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan xalqaro master klassda foydalanilgan (Toshkent Fransuz Alyansining 2026-yil 26-maydagi 186-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning fransuz va o‘zbek turistik diskurslarining lingvomadaniy xususiyatlariga oid bilimlari kengaytirilgan, milliy-madaniy qadriyatlarning tarjimada ifodalanish usullarini tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlantirilgan hamda madaniyatlararo kommunikatsiya va tarjima kompetensiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan.