Alieva Namunaxon Komilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda Rhaponticum integrifolium C.Winkl.ning bioekologik xususiyatlari va tabiiy zaxiralari», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/V132.
Ilmiy rahbar: Nigmatullaev Alim Ma’murovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmankulov Umarkul, biologiya fanlari doktori; Tojiboev Sharobitdin Jamolovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Botanika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Rhaponticum integrifoliumning ontogenezini aniqlash, o‘simlik qoplamida tutgan o‘rnini baholash va tabiiy zaxiralaridan foydalanish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rh.integrifolium urug‘larining turli haroratlardagi dala va laboratoriya unuvchanliklari aniqlangan hamda o‘simlik urug‘lariga ishlov berishning unuvchanlikni oshirishdagi ahamiyati ochib berilgan;
dengiz sathidan balandligi hamda tuproq sharoitlariga ko‘ra o‘simlik ontogenezining davr va bosqichlari davomiyliklaridagi o‘zgaruvchanliklar aniqlangan;
o‘simlikning mavsumiy o‘sish va rivojlanishini havo harorati va tuproq namligiga bog‘liq holda o‘zgaruvchanliklari asoslangan;
Rh.integrifolium ning turli sharoitlardagi urug‘ mahsuldorligi ko‘rsatkichlari tavsiflangan;
ilk bor o‘simlikning 3 ta formatsiya va 11 ta assotsiatsiyalari aniqlangan;
turli hududlarda etishtirilgan o‘simlik er ostki va ustki qismlari tarkibidagi 20-gidroksiekdizon miqdorining o‘zgaruvchanliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda Rh.integrifoliumning bioekologik xususiyatlari va tabiiy zaxiralari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
Rh.integrifoliumning Hisor tizmasi hududlaridagi zahiralari va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar Qashqadaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasining 2019 yil 19 martdagi 05/05-810-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlikni xomashyo tayyorlash uchun yaroqli maydonlarini aniqlash, biologik va foydalanish zaxiralarini baholash hamda yillik xomashyo tayyorlash hajmlarini belgilash imkonini bergan;
Rh.integrifoliumning dala sharoitida unuvchanligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Namangan viloyati Abu Ali ibn Sino nomidagi dorivor o‘simliklar etishtirishga ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi er maydonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasining 2019 yil 2019 yil 19 martdagi 05/05-810-son ma’lumotnomasi). Natijada, urug‘larni stratifikatsiya va skarifikatsiyalash asosida unuvchanligini 75% va nihollar saqlanuvchanligini 85% ga oshirish imkonini bergan;
Rh.integrifoliumning er ustki va ostki qismlarida vegetatsiyasi davomida 20-gidroksiekdizon miqdorining o‘zgarishlari FA-A11-TO31 raqamli «Ekdisteron va uning polisintetik hosilalari asosida qandli diabetni davolash uchun yangi samarali vositalar yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada qandli diabetni davolovchi tabiiy preparatlar yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 5 apreldagi 4/1255-1069-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli o‘simlik qismlari tarkibidagi ekdisteroid unumlarining miqdoriy o‘zgarishlarini qiyosiy baholash va tabiiy o‘simlik xomashyolari asosida qandli diabetni korreksiyalovchi substansiyalar olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish