Shamaev Yigitali Jumaevich  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “To‘qmoqli don maydalagichlarni rekatterlar bilan takomillashtirish va parametrlarini asoslash”,  05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4289
Ilmiy rahbar: Karshiev Faxriddin Umarovich, texnika fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.14.02
Rasmiy opponentlar: Karimov Yoqub Ziyodullaevich texnika fanlari nomzodi, dotsent; Eshdavlatov Eshpulat Uzakovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qmoqli don maydalagichlarni maydalash kamerasi ishchi sirtiga rekatterlar qo‘yish orqali takomillashtirish va rekatterlarning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qmoqli don maydalagichning konstruksiyasi maydalash kamerasi ishchi sirtiga donlarning maydalanishini jadallashtiradigan qirrali sirtga ega rekatterlar qo‘yish orqali takomillashtirilgan;
qurilma maydalash kamerasida ozuqabop donlarning to‘qmoq zarbasidan keyin maydalash kamerasi ichki sirtiga o‘rnatilgan rekatter qirralariga borib urilib, qo‘shimcha maydalanish jarayonining mohiyati ochib berilgan hamda rekatterlar ish sirtining maqbul shakli aniqlangan;  
qirrali rekatterlarni joylashtirish o‘rni va oraliq masofasi yuqoridan erkin harakatlanib, maydalash kamerasiga tushib kelayotgan donlarning to‘qmoq zarbasidan keyingi harakati traektoriyasi va ularning maydalash kamerasi ichki sirtidagi eng ko‘p urilish nuqtalari asosida aniqlangan;
rekatterlar qirralarining balandligi va o‘tkirlik burchagi ularga borilib urilayotgan donlarning maydalanishga qarshilik kuchi va maydalash maydonidan o‘tadigan don mahsulotlari oqimi o‘zgarishiga bog‘liq holda granulometrik tarkibi bir xil maydalangan mahsulot olish shartidan kelib chiqib aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Don maydalagichlarni rekatter bilan takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha tadqiqotlar natijalari asosida:
maydalash kamerasi ishchi sirtiga rekatterlar qo‘yish orqali takomillashtirilgan don maydalash qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining foydali modelga patenti olingan («Donlarni maydalash uchun maydalagich» FAP №2731–2025 y). Natijada donlarni maydalash jarayonini jadallashtirish va ularning granulometrik tarkibini bir xillashtirish imkonini beradigan qurilmaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ozuqabop donlarni maydalash uchun rekatterli maydalagich qurilmaga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 27-avgustdagi 05/04-04-470-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik xo‘jaliklar uchun mos bo‘lgan energiya va resurstejamkor takomillashtirilgan ozuqa maydalagich qurilmasi ishlab chiqishga erishilgan;
rekatterli don maydalagich qurilma Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani “Abduqodirov Ziyoviddin”, Termiz tumani “Shoxrux Asadullaev” fermer xo‘jaliklari va Jarqo‘rg‘on tumani “Ubaydullo hamkor baraka” oilaviy korxonasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 27-avgustdagi 05/04-04-470-son ma’lumotnomasi). Natijada ozuqabop donlarni maydalashda maydalanayotgan mahsulotning granulometrik tarkibini 10-15 % ga yaxshilash bilan birga, ish unumi 1,5 – 2,0 martaga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish