Rasulov Baxtiyor Abdug‘afurovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diazotrof rizobakteriyalar ekzopolisaxaridlari asosida kumush nanozarralari olish va ularning antimikrob ta’siri mexanizmlari tadqiqi», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/B94.
Ilmiy maslahatchi: Davranov Kaxramon, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmuxamedova Shoxista Sobirovna, biologiya fanlari doktori; Normaxamatov Nodirali Soxobatalievich, kimyo fanlari doktori; Buriev Zabardast Tojiboevich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diazotrof rizobakteriyalar shtammlari ekzopolisaxaridlari asosida kumush nanozarralarini sintezlash va ularning antimikrob xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ajratib olingan diazotrof rizobakteriyalarning ekzopolisaxaridlar sinteziga skriningi natijasida uchta faol A.chroococcum XU1, B.japonicum 36 va R.radiobacter SZ4S7S14 shtammlari tanlab olingan va identifikatsiyalangan;
shtammlarning turli substrat va sharoitda ekzopolisaxaridlar hosil qilish xususiyatlari aniqlangan hamda biopolimerlar sintezining optimal sharoitlari tanlangan;
ilk bor Rhizobium radiobacter turida ekzopolisaxaridlar biosintezida ishtirok etuvchi, exoK va exoM genlarini o‘z ichiga olgan yirik gen-klasteri aniqlangan hamda mannoza qo‘shilgan sharoitlarda exoK va exoM genlarining ekspressiyalanishi kuchayishi, tuz stressida esa kamayishi va nisbiy ekspressiyalanish faolligi ko‘ra yakuniy metabolit-EPSning monomer tarkibi keskin o‘zgarishi isbotlangan;
A.chroococcum XU1, B.japonicum 36 va R.radiobacter SZ4S7S14 shtammlari hosil qiladigan ekzopolisaxaridlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari, monomer tarkibi va substratga ko‘ra EPS strukturasida o‘zgarishlar bo‘lishi aniqlangan va biopolimerlarning IQ-spektrlari tahlili gidroksil (-ON) guruhida miqdoriy o‘zgarishlar bo‘lishi asoslangan;
A.chroococcum XU1, B.japonicum 36 va R.Radiobacter SZ4S7S14 shtammlari ekzopolisaxaridlar asosida yutilish maksimumlari 400–420 nm bo‘lgan Ag-NZ, 250–275 nm bo‘lgan AgCl-NZ sintezlangan;
nanobiokompozitlar tarkibidagi nanoo‘lchamdagi Ag rengentstruktur tahlili uning 2θ sohaning 47.50, 55.50 va 64.50 darajalarida hosil bo‘lishi (B.japonicum 36 shtammi EPS asosida olingan nanobiokompozit) hamda A.chroococcum XU1 EPS asosida sintezlangan AgCl-NZ esa 2θ sohaning 27.640, 32.240, 46.20,54.780, 57.440, 67.420, 74.40 va 76.60 da diffraksion spektr cho‘qqilari namoyon bo‘lgani aniqlangan;
yangi usul asosida alohida sintezlangan Ag-NZ R.radiobacterSZ4S7S14 ekzopolisaxaridlariga singdirish asosida yangi turdagi nanobiokompozit olingan va fizik-kimyoviy tavsiflangan;
barcha nanobiokompozit namunalarning patogen bakteriya va zamburug‘larga qarshi antimikrob ta’sir mexanizmlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Diazotrof rizobakteriyalari ekzopolisaxaridlari asosida «Bioazot» biopreparat yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
indol-3-sirka kislotasi va gibberellin hosil qiluvchi, tuzga chidamli Azotobacter chroococcum N1 bakteriya shtammi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti (№IAP 04887, 2012 y.) olingan. Natijada sho‘rlangan tuproqlarda o‘suvchi g‘o‘za (Gossypium hirsutum L) va bug‘doyning (Triticum aestivum L) ildiz atrofi va ildiz orqali oziqlantiruvchi preparatlar tayyorlash imkonini bergan.
«Bioazot» biopreparati Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanida paxta hamda makkajo‘xori va kartoshka ekin maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 noyabridagi 02/023-221-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi, tuproq unumdorligi oshishi, sho‘r tuproqlar tarkibidagi tuzlarning bog‘lanishi va o‘simliklarning patogen mikroorganizmlarga nisbatan chidamliligi ortishi imkonini bergan;
diazotrof rizobakteriyalar va ularning ekzopolisaxaridlari asosida «Bioazot» biopreparati O‘zbekiston Respublikasi Davlat kimyo komissiyasi tomonidan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun ruxsat berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasining 2018 yil 23 apreldagi 1A1670-son guvohnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash, paxta, makkajo‘xori va kartoshka ekinlarining hosildorligini oshirish imkonini bergan.