Goipov Akram Bayramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy-g‘arbiy Hisor tog‘lari etaklarida mahalliy neft-gazga istiqbolli strukturalarni bashoratlash uchun geofizik, kosmogeologik ma’lumotlarni komplekslash», 04.00.06–Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/GM52.
Ilmiy rahbar: Atabaev Dilshot Xusainbaevich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Dolgopolov Feliks Gennad`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Sodikova Lola Renatovna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgeofizika» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy-g‘arbiy Hisor tog‘lari etaklaridagi hududlarda mahalliy neft` va gazga istiqbolli strukturalarni bashoratlash bo‘yicha geofizik hamda kosmogeologik ma’lumotlarni komplekslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’lum va bashorat tipidagi strukturalarning er yorig‘i oldi zonalarida joylashganligi bo‘yicha geologik-strukturaviy va geologik-tektonik o‘ziga xosligi aniqlangan;
istiqbolli strukturalarni ajratishning geofizik belgilari va neft` va gaz qidiruv mezonlari asoslangan;
Janubiy-g‘arbiy Hisor tog‘lari etaklarida chuqurlik va yuzaki issiqlik maydonlari o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik aniqlangan;
ma’lum etalon ob’ektlar bo‘yicha neft` va gazga istiqbolli maydonlarni avtomatik ajratish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy-g‘arbiy Hisor tog‘lari etaklarida mahalliy neft-gazga istiqbolli strukturalarni bashoratlash uchun geofizik, kosmogeologik ma’lumotlarni komplekslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fazoviy suratlarning infraqizil (issiqlik) diapazoni avtomatik va vizual lineament tahlilini o‘tqazish bosqichlari uslubiyoti «Mineral resurslar instituti» DKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 7 maydagi 06/9-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Janubiy-g‘arbiy Hisor tog‘lari etaklari hududining istiqbolini baholash va olib borilayotgan geologiya qidiruv ishlarini samarali rejalashtirish imkonini bergan;
kompleks geofizik usullar ma’lumotlarini qayta ishlash orqali aniqlangan mezonlarga asoslangan bashoratlash xaritalari «Mineral resurslar instituti» DKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 7 maydagi 06/9-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Janubiy-g‘arbiy Hisor tog‘lari etaklari hududida foydali qazilma konlari uchun geologik s’emka ishlarini olib borish imkonini bergan;
zamonaviy raqamli fazoviy suratlarini kanallar kombinatsiyasi algoritmi orqali aniqlangan issiqlik oqimining anomal` zonalari xaritalari «Mineral resurslar instituti» DKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 7 maydagi 06/9-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada hududda er yoriqlari va tektonik strukturalar bilan bog‘liq bo‘lgan foydali qazilma konlarini qidirishda asosiy belgilardan biri bo‘lib xizmat qilgan.