Xudoynazarov Ilyos Abdurasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polimalein kislota asosida sho‘rlangan tuproqlar samarador melioratsiyasi uchun kompozisiya», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/K24.
Ilmiy rahbar: Normaxamatov Nodirali Soxobatalievich, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Azizov Umarxon Muxtarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Babaev Baxrom Nurillaevich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ionogen polimer (IP)larni sintez qilish va ular asosida sho‘rlangan tuproq tarkibidagi tuzlarni samarali yuvish xususiyatiga ega polimer kompozisiya ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malein angidrid va akril kislota asosida molekulyar og‘irligi 2000–5000 Da ga teng, suvda oson eruvchan, bioparchalanuvchan xossasiga ega polimalein kislota va uning sopolimeri sintez qilingan hamda sintez sharoitlarining olingan polimerning molekulyar og‘irligiga o‘zaro bog‘liqliklari aniqlangan;
sintez qilingan gomopolimer va sopolimerlar asosida ionogen tabiatli polimer kompozisiya («Biosolvent») yaratilgan hamda IP, SFM va yumshoq neytrallovchi tashkiliy komponentlar tarkibi tanlangan;
zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida kompozisiya tarkibini sifat va miqdoriy jihatdan tahlil usullari ishlab chiqilgan hamda yaroqlilik muddati tezkor eskirish va fizik-kimyoviy usul yordamida aniqlangan;
kompozisiya ta’sirida sho‘rlangan tuproqlardagi tuzlarning umumiy miqdori nazoratga nisbatan 35–40% gacha samarali yuvilishi hamda tuproq g‘ovakliligining 20–30% ga ortishi aniqlangan;
«Biosolvent» preparati va uning alohida komponentlari ta’sirini batafsil fenologik, unuvchanlik va rivojlanishiga stimullovchi ta’siri, tuproq mikroflorasi, mikroorganizmlarning son dinamikasiga ta’sirlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polimer kompozisiya «Biosolvent» preparatining olinishi va preparatning sho‘rlangan tuproq tarkibidagi tuzlarning yuvilish samaradorligiga ta’sirini belgilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sho‘rlangan tuproqlarni samarali yuvish uchun kompozisiya «Biosolvent» preparati uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 05649, 2018 y.). Natijada sho‘rlangan tuproq tarkibidagi tuzlarning yuvilishiga samarali ta’sir qiluvchi preparatni yaratish imkonini bergan;
«Biosolvent» preparatini keng miqyosda ishlab chiqarish va sho‘rlangan tuproq tarkibidagi tuzlarni yuvishda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat kimyo komissiyasi ruxsatnomasi olingan (Guvohnoma, №1A1730. 2018 y.). Natijada «Biosolvent» preparatini keng miqyosda ishlab chiqarish va sho‘rlangan tuproq tarkibidagi tuzlarni yuvishda qo‘llash imkonini bergan;
«Biosol`vent» preparati Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida «Tuz bo‘roni» oqibati natijasida yuzaga kelgan g‘o‘za maydonlarida tuzlarni yuvishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 01-14/5283-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida «Tuz bo‘roni» oqibatini bartaraf etishda ijobiy natijaga erishish imkonini bergan;
«Biosolvent» preparati Sirdaryo, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo, Toshkent, Jizzax, Farg‘ona Namangan va Qoraqalpog‘iston Respublikasida sho‘rlangan tuproq tarkibidagi tuzlarni yuvishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 6 dekbrdagi 01/023-441-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqoridagi viloyatlaridagi sho‘rlangan tuproqlarni samarali yuvish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish