Axmedov Oliy Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Guanidin guruhlari tutgan polisaxarid hosilalarining mikroblarga qarshi va fungisid faolligi», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/K15.
Ilmiy rahbar: Turaev Abbasxan Sabirxanovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonberdiev Gappar Raxmonberdievich, kimyo fanlari doktori, professor; Oshhepkova Yuliya Igorevna, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: guanidin guruhlari tutgan polisaxarid hosilalari asosida mikroblarga qarshi va fungisid faollikka ega makromolekulyar tizimlar sintez qilish hamda ularning tuzilishi, molekulyar kattaliklari va biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polisaxaridlarning (sellyuloza, kraxmal, pektin va Na-KMS) reaksion-faol dial`degid hosilalari va guanidinning nukleofil o‘rin olish reaksiyasi asosida azometin bog‘lari vositasida guanidin guruhlari tutuvchi makromolekulyar tizimlar sintez qilingan;
polisaxaridlarning (sellyuloza, kraxmal, pektin va Na-KMS) azometin bog‘li guanidin guruhlari tutuvchi hosilalarining natriy borgidridi yordamida amin bog‘larigacha kimyoviy qaytarish reaksiyasining optimal sharoiti topilgan;
polisaxaridlarning (sellyuloza, kraxmal, pektin va Na-KMS) guanidin guruhlari tutuvchi hosilalarining tuzulishi va molekulyar ko‘rsatgichlari fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlangan;
ilk bor guanidin guruhlari tutuvchi makromolekulyar tizimlarning mikroblarga qarshi va fungisid faolligi ularning molekulyar ko‘rsatkichlariga (polimer-tashuvchining tabiati va molekulyar massasi, guanidin guruhlar miqdori va boshqa) bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor makromolekula zanjiri bo‘ylab guanidin guruhlari tutuvchi, organizmga nojo‘ya ta’siri kam va uzoq vaqt samarali ta’sir etuvchi mikroblarga qarshi va fungisid faollikka ega dori vositalarini yaratish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Guanidin tutgan polisaxarid makromolekulalarini konstruksiyalash va ularni biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
guanidin tutgan polisaxarid hosilalarni sintezi bo‘yicha ishlab chiqilgan usullaridan Namseul Universitetining maqsadli ilmiy tadqiqotlarida tabiiy polielektrolitlar asosida biologik faol interpolimer komplekslar olishda foydalanilgan (Namseoul Universityning (Korea) 2018 yil 21 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada polimer kompleks hosil bo‘lish jarayoni, molekulyar massasi, molekulyarust strukturasi, reologik xususiyatlarini isbotlash hamda oldindan belgilangan fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlarga ega bo‘lgan polimer materiallarini olish imkonini bergan.   
guanidin tutgan polisaxarid xosilalaridan FA-F6-T219 raqamli «Mahalliy Lactobacillus casei group shtammlari tomonidan bakteriotsinga o‘xshash moddalarning oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak kasalini chaqiruvchi Helicobacter pyloriga qarshi ta’sirini o‘rganish» loyihasida Helicobacter pyloriga qarshi preparatlarning antimikrob faolligini aniqlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 16 maydagi 4/1255-1457-son ma’lumotnomasi). Natijada Helicobacter pyloriga qarshi yangi antimikrob vosita tarkibini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish