Madraximov Shermuxammadi Nurullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Flanorin, ferulen, sinarozid, eksumid, katatsin va allergodaf substansiyalaridan tayyor dori shakllari texnologiyasini yaratish», 15.00.01–Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Far21.
Ilmiy maslahatchi: Sagdullaev Shamansur Shaxsaidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Azizov Umarxon Muxtorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Do‘smatov Aziz Fayzamatovich, farmatsevtika fanlari doktori; Iskandarova Shoxista Fexruzovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti  .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy o‘simlik xomashyosi asosida olingan flanorin, ferulen, sinarozid, eksumid, katatsin va allergodaf substansiyalaridan tayyor dori shakllarining optimal tarkibi hamda texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor flanorin, ferulen, sinarozid, eksumid, katatsin va allergodaf substansiyalarining nam tortish xossalari hamda optimal qoldiq namliklari aniqlangan;  
ilk bor substansiyalarni keng ko‘lamli fizik-kimyoviy, texnologik va biofarmatsevik nuqtai nazardan baholash orqali yordamchi moddalar va texnologiya qo‘llagan xolda ilmiy asoslangan flanorin 0,05g, ferulen 0,05g, sinarozid 0,05g, eksumid 0,025g, katatsin 0,05g va allergodaf 0,40g tabletkalarining tarkibi va texnologiyasi yaratilgan;
ilk bor tayyor dori shakllarini sifat va miqdoriy tahlil usullari ishlab chiqilgan;
tavsiya qilinayotgan tabletkalarning biofarmatsevtik xususiyatlarini aniqlashning «in vitro» va «in vivo» usullarida ishlab chiqilgan;
tayyor dori shakllarning turg‘unligini tabiiy usulda aniqlash yo‘li bilan ularning saqlanish muddati belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida original dori vositalarini texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
allergiyaga qarshi ta’sir qiluvchi vositani olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05730, 2015 y.). Natijada sintetik dori vositalariga nisbatan bezarar bo‘lgan allergiyaga qarshi tabiiy dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Ferulen», «Flanorin» va «Sinarozid» dori vositalarini ishlab chiqarish va tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan ruxsat etilgan (Guvohnoma raqami: Nefrotsizin-02475/03/19, Gepaflan-01812/09/17). Natijada preparatlarning tayyor dori shakllarini «NIKA PHARM» farmatsevtik korxonasida ishlab chiqarish imkonini bergan;
jigarni himoyalovchi «Gepaflan» dori vositasi uchun vaqtinchalik farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (ND Uz-3532-2018). Natijada jigar kasalliklarini davolash uchun yangi dori vositasi yaratish imkonini bergan;
prostata bezining adenomasi va saratonini davolash xususiyatiga ega dori vositasi uchun vaqtinchalik farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (VFS 42 Uz-2764-2015). Natijada shu turdagi sintetik dori vositalariga nisbatan bezarar bo‘lgan tabiiy antiprostatik dori vositasini yaratish imkonini bergan;
yangi individual gipoazotemik) dori vositasi uchun vaqtinchalik farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (Nefrotsizin 42 Uz-2896-2016). Natijada mahalliy xom ashyolar asosida arzon, bezarar gipoazotemik ta’sirga ega dori vositasini tarkib va texnologiyasi yaratish imkonini bergan;
eksumid biofaol qo‘shimchasi uchun korxona standarti ishlab chiqilgan va «O’zstandart agentligi» tomonidan tasdiqlangan (Ts 03535440-015:2015). Natijada oqsil biosintezini kuchaytirib, tonusni oshiruvchi biofaol qo‘shimchasi yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish