Alinazarova Mahfuza Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yarimo‘tkazgichli quyosh elementlarining fotoelektrik parametrlariga vol`t-amper xarakteristikasi noideallik koeffisientining ta’siri», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/ FM 257.
Ilmiy rahbar: Aliev Raimjon, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, Andijon davlat universiteti, DSc.31.01.2019.FM/T.03.05.
Rasmiy opponentlar: Imamov Erkin Zunnunovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Mavlonov Giyosiddin Xaydarovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yarimo‘tkazgichli quyosh elementlarining fotoelektrik parametrlariga vol`t-amper xarakteristikasi noideallik koeffisientining ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yarimo‘tkazgichli quyosh elementlarining vol`t-amper xarakteristikasining haroratga bog‘lanishini ifodalovchi va eksperimental natijalarni keng diapazonda qanoatlantiruvchi tenglama ishlab chiqilgan;
quyosh elementlarining yoritilgan sharoitdagi vol`t-amper xarakteristikasi noideallik koeffisientining haroratga bog‘lanishining 160K<T<500K diapazondagi hisoblashlar orqali yarimo‘tkazgichli quyosh elementlarini fotoelektrik parametrlariga vol`t-amper xarakteristikasi noideallik koeffisientining ta’sir etmasligi aniqlangan;
quyosh elementlarining yoritilgan sharoitdagi vol`t-amper xarakteristikasi noideallik koeffisienti qiymatining ortishi bilan qisqa tutashuv tokining zichligi, effektiv kuchlanish, effektiv tokning zichligi va effektiv quvvatlarning kuchli eksponensial qonuniyat asosida kamayishi aniqlangan;
quyosh elementlarining FIKni oson aniqlashga imkon beradigan notranssendent ko‘rinishli sodda formula keltirib chiqarilgan;
quyosh elementlarining FIK yoritilgan sharoitdagi vol`t-amper xarakteristikasining noideallik koeffisientiga bog‘lanishi noideallik koeffisienti aniqlanadigan nuqtaga bog‘liq ravishda eksponensial yoki chiziqli qonuniyatga bo‘ysinishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yarimo‘tkazgich asosli quyosh elementlarining fotogal`vanik xarakteristikalarini haroratga va vol`t-amper xarakteristikasining noideallik koeffisientiga bog‘liqligini nazariy antqlash asosida:
fotogal`vanik xarakteristikalarning effektiv qiymatlarini vol`t-amper xarakteristikasi noideallik koeffisientiga bog‘lanishlari uchun ishlab chiqilgan ifoda OT-F2-28 raqamli «Legirlangan kremniy sirti va hajmidagi kvant o‘lchamli effektlar hamda ularning p-n-strukturalardagi zaryad tashuvchilar fotogeneratsiya va rekombinatsiya jarayonlariga ta’siri» (2012–2016) mavzusidagi ilmiy loyihada quyosh elementi to‘ldirish koeffisientining haroratga bog‘lanishini aniqlashda ishlatilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 iyuldagi 89-03-2680-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish turli quyosh elementlarining foydali ish koeffisientlarining qiymatlarini optimallashtirish imkonini bergan;
quyosh elementlarining vol`t-amper xarakteristikasi noideallik koeffisientining haroratga bog‘lanishi bo‘yicha hisoblash natijalari «FOTON» aksiyadorlik jamiyatida fotoelektrik tizimlarni ishlab chiqishda qo‘llanilgan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2019 yil 12 apreldagi 04-4/917-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi fotoelektrik tizimlarning samaradorligini oshirish imkonini bergan.