Quchqarov Akmaljon Axmadalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Energetik maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan quyosh nurlanishini chiziqli mujassamlovchi ko‘zguli tizimlarning optik-geometrik parametrlarini asoslash va ishlab chiqish», 05.05.06–Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T415.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Abdujabbor, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Materialshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, DSc.30.05.2018.FM/T.34.01.
Rasmiy opponentlar: Abbasov Yorqin Sodiqovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Avezov Rabbanaqul Raxmanovich,texnika fanlari doktori, professor.
 Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: energetik maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan parabolotsilindrik va chiziqli frenel ko‘zguli mujassamlovchi tizimlarning optik-geometrik parametrlarini asoslash va ularni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yassi frenel ko‘zgulari asosidagi modulli tarkibli chiziqli mujassamlovchi tizimlarni optik, geometrik va energetik parametrlari ushbu parametrlar va nur qabul qilgich hamda alohida fatsetalarning o‘lchamlari orasidagi o‘zaro bog‘liqligini ifodalab beruvchi matematik model orqali asoslangan;
tarkibli ko‘zguli mujassamlovchi tizimlarning nur qabul qilgich va element-fatsetalar yuzasi optimal o‘lchamlarining ularni tayyorlash aniqligi va apertura burchagiga mos kelgan holda aniqlashning takomillashtirilgan uslubi ishlab chiqilgan;
parabolotsilindrik va chiziqli frenel ko‘zguli mujassamlovchi tizim-lar fokal dog‘ining optik-geometrik va optik-energetik parametrlarini hamda apertura burchagining optimal qiymatini aniqlash imkonini beradigan analitik ifoda olingan;
tayyorlanish jihatdan soddaligi bilan ajralib turuvchi 10mX10m o‘lchamli yassi frenel va 1,7mX6m o‘lchamli parabolotsilindrik tarkibli ko‘zguli-mujassamlovchi tizimlarni tajribaviy modullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan usul hamda energetik va texnologik maqsadli chiziqli ko‘zguli mujassamlovchi tizimli qurilmalar asosida:
15 kVt quvvatli dizel` generatori va 10mX10m o‘lchamli chiziqli frenel ko‘zguli mujassamlovchi tizim asosidagi kompleks qurilma «Katta Quyosh Sandoni» noyob ob’ektida markaziy elektr ta’minotiga avtomatik qayta ulash tizimi orqali 62 ta geliostatlarni uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2019 yil 20 iyundagi 2/1255-1745-son ma’lumotnomasi). Kompleks qurilmani qo‘llash orqali elektr energiyasi sarfini 20%ga tejash va geliostatlarning markaziy elektr ta’minotidagi tasodifiy uzilishlariga bog‘liq bo‘lmagan xolda uzluksiz ishlash imkonini bergan;
parabolotsilindrik va frenel ko‘zguli mujassamlovchi tizimlarning optik-geometrik va optik-energetik parametrlarini hisoblash usuli Germaniyaning aerokosmik izlanishlar markazi, Drezden texnika universiteti va Materialshunoslik instituti hamkorligidagi  FTK-16/2015 raqamli «O‘zbekiston misolida umumlashgan quyosh-issiqlik elektrstansiyalarini hisoblash va modellashtirish» halqaro loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 30 dekabrdagi FTA-02-02/1408 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijani qo‘llanishi respublika sharoitida parabolotsilindrik quyosh issiqlik elektrstansiyalarini modellashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish