Xodjametova Gulchira Ilishevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘istonda musiqa madaniyati tarixi (XX asr – XXI asr boshlari)”,  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Tar516.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.04.04.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni: Davletov Sanjar Rajabovich, tarix fanlari doktori(DSc), professor. Mavrulov Abduxalil Abdulxaevich, tarix fanlari doktori, professor. Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga moliq.
Etakshi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston  bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asr – XXI asr birinchi choragida Qoraqalpog‘iston xalqlari musiqa madaniyati rivojlanishi, integratsiyasi, modernizatsiyasi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: XX asrda Qoraqalpog‘iston musiqa san’ati ko‘chmanchi sivilizatsiyalarning eng qadimgi substratlarini saqlab qolgan holda o‘ziga xos madaniyat fenomeni sifatida qayta shakllanishi barobarida ijod va yozma professionalizmning g‘arbiy (evropacha) modeli jadal o‘zlashtirilishi tufayli transformatsion jarayonlarga uchraganligi aniqlangan;
1920-1950-yillardagi madaniy qurilish davrida Qoraqalpog‘iston tarixidagi butun musiqa madaniyati tizimi an’anaviy shakllar, janrlar va tafakkur turidan farqli bo‘lgan yangi ko‘rinishlarni ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirishi bilan respublika musiqa san’atida “sotsialistik realizm” usulini qaror toptirish istagining ustun bo‘lishi pirovardda musiqiy janrlarda ziddiyatlarni keltirib chiqarganligi dalillangan;
XX asrning ikkinchi yarmi sohada yuz bergan o‘zgarishlar (kadrlar masalasi, moddiy-texnik bazani yaxshilanishi va repertuarlarni ko‘payishi), respublikadagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ushbu teatr o‘zining spektakllari, beqiyos san’ati va mahorati, mumtoz asarlarning yorqin ijrosi bilan milliy san’at muxlislarini mehrini qozonish barobarida muassasa Vatanga sadoqat, adolat, ma’rifat, go‘zallikni anglash, insoniy fazilatlar tarannum etiladigan maskanga ham aylanganligi ochib berilgan;
G‘arb tipidagi yangi yo‘nalishlar – teatr, kino, opera, balet, kompozitorlik ijodining rivojlanishi Qoraqalpog‘iston milliy musiqa madaniyatining keyingi taraqqiyotiga turtki bergan bo‘lsa, sohaning mahalliy badiiy shakllari - dostonchilik, og‘zaki musobaqa, aytishuv, to‘y qo‘shiqlari, baxshi-jirov tomoshalari dramatik to‘garaklar spektakllarida dramaturgik va sahnaviy timsol sifatida saqlanib qolganligi asoslangan; 
Mustaqillik davrida san’at va musiqa ijodiyotining an’anaviy shakllari hamda milliy motiv va syujetlarni tiklash an’analarini davom ettirilishi bilan birga madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, ijodiy mehnat xodimlarining nufuzini oshirishga e’tibor qaratilishi jarayonida musiqa madaniyatining o‘rganish usullari va shakllari yangi metodologik asos tufayli o‘zgarishlarga uchrab, musiqa madaniyati tarixi bo‘yicha nashr va tadqiqotlar xarakteriga o‘z ta’sirini ko‘rsatganligi ochib berilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamyati:
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, Qoraqalpog‘iston musiqa madaniyati tarixi masalasi bilan bog‘liq ma’lumotlar, yondashuvlar, xulosalar shu mavzuda tadqiqot ishlarini olib boruvchilar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi va oliy o‘quv yurti talabalari uchun musiqa tarixi, madaniyatshunoslik, madaniyat tarixi fanlaridan darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Dissertatsiyaning materiallari va ilmiy-nazariy xulosalaridan Qoraqalpog‘istonda musiqa madaniyati tarixini yaratish, musiqa san’atining an’anaviy turlarini (epos, terme, jir, doston va boshqalar) o‘rganish, ularning funksiyalarini, tarkibiy xususiyatlarini va XX asr qoraqalpoq jamiyatining madaniy hayotida tutgan o‘rnini aniqlash. Musiqa madaniyatining professionallashuv jarayonini, musiqa o‘quv yurtlarining shakllanishi, kompozitorlik maktabining rivojlanishi, professional jamoalar va ijrochilarning paydo bo‘lishini tahlil qilishda foydalanish mumkin.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Dissertatsiya materiallarida birinchi marta qoraqalpog‘iston musiqa madaniyati keng xronologik diapazonda –XX asr boshidan hozirgi davrgacha yaxlit tarixiy-madaniy va badiiy hodisa sifatida ko‘rib chiqilgan. Ijtimoiy-tarixiy o‘zgarishlar kontekstida Qoraqalpog‘iston musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi jarayonlari tizimlashtirilgan va ilmiy jihatdan tushunilgan; Musiqiy janrlar, shakllar va ijrochilik an’analari evolyusiyasining asosiy bosqichlari aniqlangan; 
Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanish mumkin: oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida fanlarni o‘qitishda “O‘rta Osiyo va Qoraqalpog‘iston musiqa tarixi”, “Qoraqalpog‘iston musiqa tarixi”, “Musiqa tarixi” va “Fortepiano” kabi o‘quv kurslarida foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. Pedagogik amaliyotda Bolalar musiqa maktablari o‘quvchilari, shuningdek, musiqa liseylari va oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun asarlar yaxshi material hisoblanadi.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: XX asr - XXI asr boshlarida Qoraqalpog‘istonda musiqa madaniyati tarixi yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa, taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
XX asrda Qoraqalpog‘iston musiqa san’ati ko‘chmanchi sivilizatsiyalarning eng qadimgi substratlarini saqlab qolgan holda o‘ziga xos madaniyat fenomeni sifatida qayta shakllanishi barobarida ijod va yozma professionalizmning g‘arbiy (evropacha) modeli jadal o‘zlashtirilishi tufayli transformatsion jarayonlarga uchraganligi bo‘yicha natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek, madaniy-gumanitar sohalardagi tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat Vazirligi 2025-yil 23-sentyabrdagi №7-03/2007 sonli malumotnomasi). natijalarning qo‘llanilishi madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazishga xizmat qilgan;
1920-1950-yillardagi madaniy qurilish davrida Qoraqalpog‘iston tarixidagi butun musiqa madaniyati tizimi an’anaviy shakllar, janrlar va tafakkur turidan farqli bo‘lgan yangi ko‘rinishlarni ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirishi bilan respublika musiqa san’atida “sotsialistik realizm” usulini qaror toptirish istagining ustun bo‘lishi pirovardda musiqiy janrlarda ziddiyatlarni keltirib chiqarganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokanali”da “Tilge itibar-elge itibar”, “Miyras” eshittirishlarining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (2025-yil 30-sentyabr № 05-22/533-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarga Qoraqalpog‘iston tarixidagi butun musiqa madaniyati tizimi an’anaviy shakllar va janrlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
XX asrning ikkinchi yarmi sohada yuz bergan o‘zgarishlar (kadrlar masalasi, moddiy-texnik bazani yaxshilanishi va repertuarlarni ko‘payishi), respublikadagi Berdaq nomidagi Qoraqalpo davlat akademiyali, musiqali teatri faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ushbu teatr o‘zining spektakllari, beqiyos san’ati va mahorati, mumtoz asarlarning yorqin ijrosi bilan milliy san’at muxlislarini mehrini qozonish barobarida muassasa Vatanga sadoqat, adolat, ma’rifat, go‘zallikni anglash, insoniy fazilatlar tarannum etiladigan maskanga ham aylanganligi bo‘yicha natijalaridan, O‘zRFA ’Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan 2012-2016 PZ-200170915198 “Qoraqalpog‘iston jamiyatidagi ijtimoiy ko‘rsatmalar transformatsiyasi: tarix va amaliyot” (2018-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (2025-yil 07-oktyabr № 601/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar XX asrdagi qoraqalpoq xalqining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixiga tegishli bo‘lgan masalalarini ochib berishga imkon bergan;
Mustaqillik davrida san’at va musiqa ijodiyotining an’anaviy shakllari hamda milliy motiv va syujetlarni tiklash an’analarini davom ettirilishi bilan birga madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, ijodiy mehnat xodimlarining nufuzini oshirishga e’tibor qaratilishi jarayonida musiqa madaniyatining o‘rganish usullari va shakllari yangi metodologik asos tufayli o‘zgarishlarga uchrab, musiqa madaniyati tarixi bo‘yicha nashr va tadqiqotlar xarakteriga o‘z ta’sirini ko‘rsatganligi haqidagi natijalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarix davlat muzeyi fondlarini boyitishda foydalanilgan (2025-yil 15-oktyabr №01-02/03-18-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar tashrif buyuruvchilarda ona vatanga sadoqat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarni samarali tashkil qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish