Xakimova Nilufar Karimqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy yarimo‘tkazgichli tolalarning fizik xossalari», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/FM123.
Ilmiy rahbar: Mamadalimov Abdug‘afur Teshaboevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, Andijon davlat universiteti, DSc.31.01.2019.FM./T.03.05.
Rasmiy opponentlar: Iliev Xalmurat Midjitovich fizika-matematika fanlari doktori, professor; Tursunov Ikromjon Gulamjonovich fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy yarimo‘tkazgichli paxta va ipak tolalarining fizik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor xususiy yutilish spektrini chegarasidan paxta tolalarining taqiqlangan zonasini optik kengligi Eg =3,20 eV qiymatga ega bo‘lib, paxta tolalarining naviga bog‘liq emasligi va yod bilan legirlangan «175F» va «Gul`baxor» navlarining yarimo‘tkazgichli paxta tolalarining klassik zonali diagrammalari aniqlangan;
ilk bor xususiy yutilish polosasi (hν≥Eg)dan yorug‘lik bilan yoritilgandan so‘ng yod bilan legirlangan «175F» navli paxta tolalarida fotoo‘tkazuvchanlikning uzoq muddatli relaksatsiyasi va «chaqnashi» aniqlangan;
doimiy ravishda xususiy yoritilib turilganda (hν≥Eg) fotoo‘tkazuvchanlikning infraqizil (IQ) so‘nishi ilk marotaba kuzatilgan va infra qizil so‘nish elektronlarni valent zonadan s-zona orqali Et sathga o‘tishi va rekombinatsion markazlar orqali rekombinatsiya qilinishiga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
ilk bor dastlab legirlanmagan va yod bilan legirlangan «Oltin-vodiy» va «Art.1-20696» navli ipak tolalarini elektr o‘tkazuvchanligining temperaturaga bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor yangi «ATM-1» navli paxta tolalarida KMnO4 ning diffuziyasi amalga oshirilgan va bunday tolalarda temperatura ortishi bilan elektr o‘tkazuvchanlik Et=1,4 eV energiya aktivatsiyasi bilan eksponensial ravishda ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy yarimo‘tkazgichli tolalarning fizik xossalarini o‘rganish asosida:
tabiiy yarimo‘tkazgichli tolalarning fizik xossalarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar YoF-2-5 raqamli «Tabiiy polimer tolalarning yarimo‘tkazgichli xossalarini tekshirish» (2016-2017) ilmiy loyihasida polimer tolalarning xossalarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 noyabrdagi 89-03-4070-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi paxta tolalarining strukturasi va tashqi omillarini ularning yarimo‘tkazgichli xossalariga ta’sirini aniqlashga imkon bergan;
paxta tolalarining strukturasi va tashqi omillarini yarimo‘tkazgichli xossalariga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar FM-2-323A raqamli «Paxta tolalarining strukturasi va tashqi omillarini ularning yarimo‘tkazgichli xossalariga ta’sirini tekshirish» (2004-2006) ilmiy loyihasida paxta tolalarining fotoo‘tkazuvchanlik spektrlarini va yarimo‘tkazgich xossalarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 noyabrdagi 89-03-4070-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar qo‘llanishi yarimo‘tkazgichli tabiiy tolalar fizikasi sohasining tadqiqot yo‘nalishini namoyon qilish hamda diskret elektron asboblar yaratishga imkon bergan;
paxta va ipak tolalarining yarimo‘tkazgichli xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar A.T.Mamadalimov, S.Sh.Rashidova, A.A.Xolmuminov muallifligidagi «Polimer tolalar fizikasi» (Toshkent «Universitet», 123 bet, 2009 y.) o‘quv qo‘llanmasining 5-bob 3- paragrafiga (106–108-betlar) hamda A.A.Xolmuminov muallifligidagi «Polimerlar fizikasi» (Toshkent, «Universitet», 250 bet, 2015 y.) o‘quv qo‘llanmasining 9-bob 1-paragrafiga (179-180-betlar) kiritilgan.