Ermuxanbetova Roza Abdumusaevnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I.Umumiy ma’lumotlar.    

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Monosaxaridlarning ayrim aminlar va alkoloidlar bilan birikmalari sintezi va ularning xossalari», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:Gazaliev Arstan Mavlenovich  Qozog‘iston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Organik sintez va ko‘mir kimyosi instituti, Qozog‘iston Xalqlar do‘stligi universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, 16.07.2013.T.08.01.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Zaynutdinov Umarjon Nasrutdinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Turtabaev Sarsenbek Koyshabaevich, texnika fanlari doktori, professor; Maxsumova Oyto‘ra Siddiqovna, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi.

O‘simliklardan monosaxaridlar ajratib olish, monosaxaridlarni kimyoviy modifikatsiya qilish, ular asosida tarkibida uglevod, amin hamda alkaloid fragmentlarini saqlovchi birikmalarni sintez qilish va texnologiyasini yaratishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

polisaxaridlar gidrolizining kinetik qonuniyatlari haroratga, polisaxaridlar-ning eritmasi konsentratsiyasiga, kislota tabiati va konsentratsiyasiga bog‘likligi aniqlangan;

N-glikozid va N-ksilozid hosilalari ba’zi bir alkaloidlar asosida sintez qilinib, ularning tuzilishi aniqlangan;

tetraatsetilglyukopiranozilizotiotsianatning sitizin, L-efedrin va D-psevdo-efedrin bilan ta’sir reaksiyalari o‘rganilib, ular asosida tiomochevina hosilalari olingan;

N-alkaloid tiokarbamin kislotasining uglevod saqlovchi efirini sitizin, L-efedrin va D-psevdoefedrin alkaloidlarni trietilamin ishtirokida oltingugurt uglerodi bilan ta’sir ettirilib, keyinchalik 1-dezoksi-2,3,4,6-tetra-O-atsetil-β-D-glyukopiranozilbromidni alkillab ditiouretanlar olingan;

birlamchi alifatik, aromatik va geterotsiklik qatoridagi aminlar asosida oltingugurt va galogen saqlovchi N-aminoglikozidning yangi poli-funksional hosilalari olingan, ularning hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan anomer formalari aniqlangan;

mahalliy xomashyolardan tarkibida bir vaqtda uglevod,  amin va alkaloid fragmentlari bo‘lgan biologik faol moddalar sintezi texnologik parametrlari ishlab chiqilgan va ularning qo‘llanish sohalari aniqlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

N-(2,3,4,6-tetra-O-atsetil-β-D-glyukopiranozil)sitizin, N-(2,3,4-tri-O-atsetil-b-D-ksilopira-nozil)-N-sitiziniltiomochevina, N-sitizinodi-tiokarbamin kislotasining N-(2,3,4,6-tetra-O-atsetil- b-D-glyukopiranozil) efiri, N-sitizin-β-D-glyu-kopiranozilamin, N-(5-brompirinidil-2)-b-D-glyukopiranozilaminlarning sintez qilib olish texnologiyasi va qo‘llanilishi «Fitoximiya» Xalqaro ilmiy-ishlab chiqarish xoldingda (Dalolatnoma 023-son, 18.05.2015 y), «Ana-jer» ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasida (Dalolatnoma 15.10.2015 y.), «Qozog‘iston Respublikasi O‘simliklarni himoya qilish» davlat ishlab-chiqarish korxonasida (Dalolatnoma 147-08-son 15.04.2015 y.) ishlab chiqarishga joriy etilgan. Iqtisodiy samara 1 kg mahsulotdan 120000 tengeni (400 $ AQSh) tashkil etadi (11.11.2015 y., 05/976-son xat).

Yangiliklarga obuna bo‘lish