Alijanov Donyorbek Dilshodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Optoelektron axborot-o‘lchov tizimlari uchun AFK qabul qilgich ishlab chiqish», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1043.
Ilmiy rahbar: Raximov Ne’matjon, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, Andijon davlat universiteti, DSc.31.01.2019.FM/T.03.05.
Rasmiy opponentlar: Raxmatov Axmad Zayniddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Tachilin Stanislav Anatol`evich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: optoelektron axborot-o‘lchov tizimlari uchun anomal fotokuchlanishli qabul qilgich ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
optoelektron axborot-o‘lchov tizimlari uchun anomal fotokuchlanishli qabul qilgich asosida ochiq kanalli optron qurilma ishlab chiqilgan;
ko‘p parametrli optoelektron kolorimetr yaratilgan;
modda va materiallarning noelektrik kattaliklarini hisoblashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
rentgen va ul`trabinafsha nurlari uchun avtonom qabul qilgich yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Optoelektron axborot-o‘lchov tizimlari uchun avtonom tipdagi anomal fotokuchlanishli qabul qilgichni ishlab chiqish asosida:
suyuq moddalarning optik parametrlarini optoelektron tizim orqali doimiy nazorat qilishda nurlantirgich va qabul qilgich yaratish bo‘yicha «Optoelektron ko‘p parametrli kolorimetr»ga Rossiya Federatsiyasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№2485484, 2013 y.). Ishlab chiqilgan konstruksiya suyuq moddalarning texnologik parametrlarini aniqlash imkonini bergan;
anomal fotokuchlanishli effektga asoslangan yupqa pardalarni rentgen va ul`trabinafsha nurlariga ta’sirchanligini hamda fotoelektrik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha «Rentgen va ul`trabinafsha nurlari uchun avtonom qabul qilgich»ga Rossiya Federatsiyasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№2522737, 2014 y.). Yaratilgan avtonom qabul qilgich optik nurlar sohasida ishlovchi optik nur qabul qilgichlarning ishlash sohasini elektromagnit nurlar sohasigacha kengaytirish imkonini bergan;
yarimo‘tkazgich materiallar asosida optik nur qabul qilgichlar olish bo‘yicha A5-003 raqamli «Aloqaning yuqori tezlikli telekommunikatsion tarmog‘i spektral xarakteristikalarini mukammallashtirishning usullarini ishlab chiqish» (2012–2013 yy.) va EF4-FK-0-72548E A5-003 raqamli «Optik-tolali keng doirali aloqa tarmoqlarini tekshirish metodlarini ishlab chiqish» (2014–2016 yy.) amaliy loyihasida yuqori fotosezgirli optik nur qabul qilgichlar olishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 martdagi 89-03-1127-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish optoelektron tizimlarda materiallar va moddalarning turli parametrlarini doimiy nazorat qilish imkonini bergan.