Ro‘ziev Elbek O‘rol o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili tarixida siyosiy nutqning shakllanish asoslari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3718
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Umurqulov Bekpo‘lat, filologiya fanlari doktori, professor
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.12.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili tarixida siyosiy nutqning shakllanish bosqichlari, taraqqiyoti masalalarini o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siyosiy nutqning alohida mustaqil nutq turi sifatidagi lingvsitik manbalarda qayd etilgan nazariy talqinlari umumlashtirilib, boshqa nutq turlaridan farqlari, kommunikativ aloqa jarayonidagi vazifalari, mamlakatning siyosiy-ijtimoiy barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni, mamlakat ahlining davlat manfaatlariga xizmat qilish uchun da’vat etuvchi nutq ekanligi asoslangan;
o‘zbek siyosiy nutqining shakllanish jarayonlari va taraqqiyot bosqichlari aniqlanib, o‘zbek notiqligi rivojidagi o‘rni belgilangan, siyosiy nutq manbalari davriy jihatdan to‘rtga ajratilib, ularning davriy xususiyatlari hamda davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishidagi ahamiyati izohlangan, siyosiy nutqning siyosiy- boshqaruv munosabatlari bilan uzviy bog‘liqligi tarixiy-lisoniy manbalar asosida dalillangan;
tarixiy siyosiy nutqlardagi lug‘aviy birliklar, “bodun”, “türk sir bodun”, “qaγan”, “tegin”, “tarqan” kabi ijtimoiy-siyosiy terminlarning semantik xususiyatlari, siyosiy mazmunni ifodalashdagi vazifalari ochib berilgan, takrorlar, murojaat kabi lingvistik va ekstralingvistik vositalarning siyosiy mazmunni ifodalashi, adresat etiborini jalb etishi, fikrning ta’sirchanligi va nutqning ishontiruvchanligini ta’minlashdagi vazifalari aniqlangan;
siyosiy nutqning janriy ko‘rinishlari belgilanib, har bir turning qanday maqsadlarga yo‘naltirilganligi izohlangan, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni ta’minlashdagi roli, kommunikativ-pragmatik jarayonlarni vujudga keltirishdagi ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili tarixidagi siyosiy nutqning shakllanish jarayonlari tahlili borasidagi ilmiy natijalar asnosida:
siyosiy nutqning alohida mustaqil nutq turi sifatidagi lingvsitik manbalarda qayd etilgan nazariy talqinlari umumlashtirilib, boshqa nutq turlaridan farqlari, kommunikativ aloqa jarayonidagi vazifalari, mamlakatning siyosiy-ijtimoiy barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni, mamlakat ahlining davlat manfaatlariga xizmat qilish uchun da’vat etuvchi nutq ekanligi haqidagi qarashlaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 21-noyabrdagi 04/1-5590-son ma’lumotnomasi). Natijada siyosiy nutqning ijtimoiy-siyosiy notiqlikning muhim tarkibiy qismi ekanligini aniqlashga aloqador xulosalarning takomillashuviga erishilgan;
o‘zbek siyosiy nutqining shakllanish jarayonlari va taraqqiyot bosqichlari aniqlanib, o‘zbek notiqligi rivojidagi o‘rni belgilangan, siyosiy nutq manbalari davriy jihatdan to‘rtga ajratilib, ularning davriy xususiyatlari hamda davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishidagi ahamiyati izohlangan, siyosiy nutqning siyosiy- boshqaruv munosabatlari bilan uzviy bog‘liqligi tarixiy-lisoniy manbalar asosida dalillangan fikrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasviri” mavzusidagi fundamental tadqiqotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 29-yanvardagi 40/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarixiy siyosiy nutqning shakllanish jarayonlari va taraqqiyot bosqichlari, siyosiy- boshqaruv munosabatlari bilan uzviy bog‘liqligi doir xulosalarni boyitish imkonini bergan;
tarixiy siyosiy nutqlardagi lug‘aviy birliklar, “bodun”, “türk sir bodun”, “qaγan”, “tegin”, “tarqan” kabi ijtimoiy-siyosiy terminlarning semantik xususiyatlari, siyosiy mazmunni ifodalashdagi vazifalari, takrorlar, murojaat kabi lingvistik va ekstralingvistik vositalarning siyosiy mazmunni ifodalashi, adresat etiborini jalb etishi, fikrning ta’sirchanligi va nutqning ishontiruvchanligini ta’minlashdagi vazifalari tahliliga doir xulosalardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tarix maydoni” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 21-noyabrdagi 01-33/873-son ma’lumotnomasi). Natijada siyosiy nutqning siyosiy mazmunni ifodalashi, fikrning ta’sirchanligi va nutqning ishontiruvchanligini ta’minlashiga oid ilmiy xulosalar ko‘rsatuvning mazmunan mukammallashuvi uchun manba bo‘lib xizmat qilgan.