Xushvaqtov Jo‘rabek Hatamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy uranli “KVINTA” yig‘ilmasini 2, 4, 6 va 8 GeV energiyali deytronlar oqimi bilan nurlantirishda hosil bo‘lgan ikkilamchi neytronlarning 232Th, 129I va 127I yadrolari bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish», 01.04.08–Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/FM186.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Bexzod Sadikovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yadro fizikasi instituti, Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Dubna, Rossiya).
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, Astronomiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Mo‘minov Tolib Musaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Kieviskaya Anna Ivanovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Kurchatov instituti» milliy tadqiqot markazi qoshidagi A.I. Alixanov nomidagi Eksperimental va nazariy fizika instituti (Moskva, Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy uranli “KVINTA” yig‘ilmasini Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti nuklotronida tezlashtirilgan 2, 4, 6 va 8 GeV energiyali deytronlar oqimi bilan nurlantirishda hosil bo‘lgan ikkilamchi neytronlarning 232Th, 129I va 127I yadrolari bilan ta’sirlashuvidagi qoldiq yadrolar uchun reaksiya tezligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
127I(n,xn) ostona reaksiyalaridan foydalanib tez neytronlar oqimini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor 127I namunalarida ostona (n,xn) reaksiyalaridan foydalanib 10-120 MeV energiya oralig‘idagi neytronlar oqimi aniqlangan;
Monte-Karlo modellashtirishi natijalari bo‘yicha “KVINTA” qurilmasi 298 ta tabiiy uranli silindrlarining har biridagi bo‘linish reaksiyalari miqdori haqida batafsil ma’lumot olingan;
“KVINTA” qurilmasida 129I(n,γ) reaksiyasi orqali transmutatsiya qilish imkoniyatini tajribada baholash uchun hosil bo‘lgan 130I massasining 129I massasiga nisbati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy uranli “KVINTA” yig‘ilmasini 2, 4, 6 va 8 GeV energiyali deytronlar oqimi bilan nurlantirishda hosil bo‘lgan ikkilamchi neytronlarning 232Th, 129I va 127I yadrolari bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan ostona 127I(n,xn) reaksiyalaridan foydalanib neytronlar oqimini aniqlash usuli 10 MeVdan 120 MeVgacha energiyali neytronlar oqimini tajribada aniqlash uchun “Energiya va radioaktiv chiqindilar transmutatsiyasi” xalqaro hamkorlik dasturi doirasida (2012-2015) foydalanilgan (Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti Yuqori energiyalar fizikasi laboratoriyasining 2019 yil 5 martdagi 100-26/83-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi Monte-Karlo usuli bilan bajarilgan modellashtirish natijalarini tekshirish imkonini bergan;
“KVINTA” yig‘ilmasida o‘lchangan 129I(n,γ)130I reaksiyasi tezligi massiv qo‘rg‘oshin nishonini 660 MeV energiyali protonlar oqimi bilan nurlantirish bo‘yicha BYaTI Fazotronida o‘tkazilgan tajribalarda foydalanilgan  (Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti Yuqori energiyalar fizikasi laboratoriyasining 2019 yil 5 martdagi 100-26/83-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi 129I radionuklidini transmutatsiya qilish imkoniyatini oldindan baholash imkonini  bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish