Isadikov Aydos Nurlanovichning
fanl doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yangi fizikani izlash kontekstida B-mezonlarning kuchsiz emirilishlari”, 01.04.08 – Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika (fizika-matematika fanlari).
Ilmiy maslahatchilar: Saxiev Sayabek Kuanishbekovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Ivanov Mixail Alekseevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qozog‘iston Respublikasi Atom energiyasi agentligi huzuridagi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.05/27.12.2025.FM/T.13.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Abdulla Mannabovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Lebedev Igor Aleksandrovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Melixov Dmitriy Igorevich, fizika-matematika fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi B mezonlarning kuchsiz emirilishlarini nazariy jihatdan o‘rganish, ularning kuzatiluvchi xarakteristikalari uchun yuqori aniqlikdagi nazariy bashoratlarni olish hamda Standart model doirasidan tashqaridagi Yangi fizikaning ehtimoliy namoyon bo‘lishlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta va emirilishlarining parsial kengliklari yuqori aniqlikda hisoblanib, ularni eksperimental ma’lumotlar bilan taqqoslash asosida kuzatilayotgan Standart model bashoratlaridan og‘ishlar yuqori ishonchlilik darajasi bilan lepton sektorida lokalizatsiyalashgani ko‘rsatilgan;
birinchi marta kovariant kvark modeli doirasida yarimlepton emirilishlarining form-faktorlari uzatilgan impuls kvadratining to‘liq kinematik sohasi bo‘yicha hisoblangan, ular asosida aniqlangan parsial kengliklar va burchak kuzatiluvchi kattaliklari mavjud eksperimental ma’lumotlar bilan yaxshi mos kelishligi ko‘rsatilgan;
ilk bor mezonining ikki zarrali emirilish modalari uchun emirilish kengliklari nazariy jihatdan hisoblandi hamda ATLAS kollaboratsiyasining 2024-yilda yangilangan nisbatiga oid eksperimental natijalari olingan nazariy bashoratlar bilan to‘liq mos kelishligi aniqlangan;
birinchi marta konfaynmentli kovariant kvark modeli doirasida 𝐵 va 𝐵𝑠 mezonlarining b−d kvark o‘tishlari bilan bog‘liq noyob emirilishlari kompleks nazariy tahlil qilingan, va o‘tishlarining form-faktorlari, shuningdek, va noyob emirilishlarining parsial kengliklari nisbatlari hisoblangan, ularni eksperimental ma’lumotlar bilan taqqoslash Standart model bashoratlaridan og‘ishlar mavjudligini ko‘rsatdi hamda ular 𝑏 → 𝑠ℓ+ℓ−− jarayonlaridagi mumkin bo‘lgan chetlanishlarni ko‘rsatmoqda;
birinchi marta Standart model doirasida yarimleptonli emirilishining yuqori aniqlikdagi nazariy tahlili o‘tkazilgan, natijalarni Belle II kollaboratsiyasining 2023-yildagi eksperimental ma’lumotlari bilan taqqoslash Standart model doirasidan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi elementar zarralar va yangi o‘zaro ta’sirlar mavjudligidan dalolat berishi ko‘rsatilgan;
birinchi marta eksperimental kuzatilgan Y(4260) mezoni to‘rt kvarkli tuzilishga ega ekanligi ko‘rsatilgan va va emirilishlarining tahlili tetrakvark tipidagi to‘rt kvarkli tok molekulyar tipdagi tokka nisbatan ustunlikka ega ekanligini namoyish etgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: B-mezonlarining emirilishlarini Yangi fizikaning ehtimoliy namoyon bo‘lishlari nuqtai nazaridan o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
b→u(d) o‘tishlari bilan bog‘liq noyob emirilishlar bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil natijalari LHCb kollaboratsiyasining eksperimental ma’lumotlari bilan taqqoslanganda ko‘pchilik kanallar uchun xatoliklar chegarasida mos kelishi ko‘rsatilgan hamda ular xorijiy tadqiqotchilar tomonidan qo‘llanilgan (xorijiy ilmiy jurnallardagi nashrlarga havolalar: Frontiers in Physics. – Frontiers, 2023. – Vol. 18. – id. 44601, Physical Review D. – American Physical Society, 2022. – Vol. 105. – No.1. – id. 016002, Physical Review D. – American Physical Society, 2023. – Vol. 108. – No.9. – id. 093005, 093005, Journal of Physics G. – IOP Publishing, 2025. – Vol. 52. – No.4. – id. 045003). Ilmiy natijalardan foydalanish mualliflarga ushbu emirilishlarda Yangi fizika namoyon bo‘lishining mavjud emasligi haqida xulosa chiqarish imkonini bergan;
konfaynmentli kovariant kvark modeli doirasida uzatilgan impuls kvadratining butun kinematik sohasi uchun hisoblangan yarimleptonli emirilishlarining tarmoqlanish ehtimollari va burchak kuzatiluvchi kattaliklari xorijiy tadqiqotchilar tomonidan qo‘llanilgan (xorijiy ilmiy jurnallardagi nashrlarga havolalar: European Physical Journal C. – Germany: Springer, 2022. – Vol. 82. – No.6. – id. 520, Physical Review D. – American Physical Society, 2022. – Vol. 105. – No.9. – id. 096013, Physical Review D. – American Physical Society, 2023. – Vol. 107. – No.5. – id. 054044, Journal of High Energy Physics. – Italy: Springer Nature, 2025. – Vol. 06. – No. 157, European Physical Journal C. – Germany: Springer, 2025. – Vol. 85. – No.9. – id. 1059). Ilmiy natijalardan foydalanish mualliflarga Standart model bashoratlarining eksperimental ma’lumotlar bilan mos kelishini tasdiqlash imkonini bergan;
nisbati bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil uning LHCb kollaboratsiyasining 2017-yildagi eksperimental ma’lumotlari bilan nomuvofiqligini ko‘rsatdi hamda Yangi fizika effektlarining ehtimoliy namoyon bo‘lishlari yuqori ehtimol bilan lepton sektori bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar LATTICE-HPQCD kollaboratsiyasi tomonidan mazkur kanal bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirishda qo‘llanilgan (xorijiy ilmiy jurnallardagi nashrlarga havolalar: Physical Review Letters. – American Physical Society, 2020. – Vol. 125. – No.22. – id. 222003) va xorijiy tadqiqotchilar tomonidan qo‘llanildi (xorijiy ilmiy jurnallardagi nashrlarga havolalar: Physical Review D. – American Physical Society, 2018. – Vol. 98. – No.9. – id. 095018, Journal of High Energy Physics. – Italy: Springer Nature, 2019. – Vol. 09. – No. 103, Physical Review D. – American Physical Society, 2020. – Vol. 102. – No.1. – id. 015031, Journal of High Energy Physics. – Italy: Springer Nature, 2021. – Vol. 03. – No. 179). Ilmiy natijalardan foydalanish HL-LHC va HE-LHC kabi yangi tezlatgich majmualarida eksperimentlar o‘tkazishni rejalashtirish imkonini bergan (xorijiy ilmiy jurnallardagi nashrlarga havolalar: CERN Ellow Rep. Monogr. – 2019. – Vol. 7. – pp. 867-1158);
𝐵𝑐 mezonining ikki zarrali emirilish modalari kengliklari birinchi marta hisoblangan tadqiqot natijalari ATLAS kollaboratsiyasining 2016-yildagi nisbatiga oid eksperimental ma’lumotlari nazariy bashoratlar bilan mos kelmasligini ko‘rsatgan va xorijiy tadqiqotchilar ishlarida qo‘llanilgan (xorijiy ilmiy jurnallardagi nashrlarga havolalar: Journal of High Energy Physics. – Italy: Springer Nature, 2022. – Vol. 08. – No. 087, Journal of High Energy Physics. – Italy: Springer Nature, 2020. – Vol. 02. – No. 171, Physics Repors. – Elsevier, 2025. – Vol. 1116. – pp. 57-126). Ilmiy natijalardan foydalanish ATLAS kollaboratsiyasiga 2024-yilda ushbu kanallar bo‘yicha yangi yuqori aniqlikdagi o‘lchovlarni amalga oshirish imkonini bergan va keyinchalik bu natijalar Standart model bashoratlari bilan to‘liq mos kelishi tasdiqlangan;
eksperimental kuzatilgan Y(4260) mezoni to‘rt kvarkli tuzilishga ega ekanligi va uning emirilishlari tahlili tetrakvark tipidagi to‘rt kvarkli tokning molekulyar tipdagi tokka nisbatan ustunligini ko‘rsatgan ilmiy natijalar xorijiy tadqiqotchilar tomonidan qo‘llanilgan (xorijiy ilmiy jurnallardagi nashrlarga havolalar: Symmetry. – MDPI, 2022. – Vol. 14. – No.1. – id. 65, Physical Review D. – American Physical Society, 2023. – Vol. 107. – No.1. – id. 016001, International Journal of Modern Physics A. – World Scientific, 2023. – Vol. 38. – No.33n34. – id. 2350175, European Physical Journal A. – Springer, 2024. – Vol. 60. – No.1. – id. 13). Ilmiy natijalardan foydalanish mualliflarga to‘rtta kvarkdan tashkil topgan ekzotik mezonlarning tetrakvark tabiatiga ega ekanligi haqida xulosa chiqarish imkonini bergan.