To‘raqulov Sobir Abdumo‘minovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Klaster modeli doirasida quyi energiyalarda d(α,γ)6Li, 3He(α,γ)7Be va 3H(α,γ)7Li  reaksiyalar astrofizik S-faktorlari va tezliklari», 01.04.08–Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/FM254.
Ilmiy rahbar: Tursunov Ergash Maxkamovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, Astronomiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Mirtadjieva Karomat Taxirovna, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Olimov Xusniddin Qosimovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Yetakchi tashkilot: Fizika-texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quyi energiyalarda kechadigan α+d→6Li+γ, α+3H→7Li+γ va α+3He→7Be+γ astrofizik jarayonlarda engil yadrolarning hosil bo‘lishi mexanizmlarini aniqlashtirish va  realistik klaster modeli doirasida astrofizik S-faktorlari, reaksiya tezliklari va 6,7Li nuklidlarning birlamchi tarqalishini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyi energiyalarda α+3He→7Be+γ va α+3H→7Li+γ radiatsion qamrash reaksiyalari astrofizik S-faktori uchun LUNA hamkorligida olingan yangi tajriba ma’lumotlarini ikki zarra modelida tavsiflash mumkinligi va 7Li va 7Be engil yadrolar sintez jarayonlarida asosiy hissa beruvchi E1-o‘tish matrisa elementlarining α+3He va α+3H S to‘lqin potensiallariga o‘ta sezgirligi ko‘rsatilgan;
ikki zarra modelida asimtotik norimirovka doimiylarini hisobga oluvchi modifikatsiya qilingan potensial asosida olingan α+d bog‘langan va sochilish holatlari realistik to‘lqin funksiyalari α+d→6Li+γ radiatsion qamrash reaksiyasining E2 astrofizik S-faktori hisoblash natijalarini  qo‘shimcha asimptotikaga ulashlarsiz yaqinlashishini ta’minlashi ko‘rsatilgan;
ilk bor uch zarra potensial modeli doirasida quyi energiyalarda α+d→6Li+γ astrofizik sintez reaksiyasini tavsiflash uchun 6Li yadrosining asosiy holati to‘lqin funksiyasining taxminan 0.5% kichik miqdordagi izotriplet komponentasi hisobiga izospin bo‘yicha ta’qiqlangan elektr E1-o‘tishi hissasi muhimligi ko‘rsatilgan;
α+d→6Li+γ jarayon astrofizik S-faktori va reaksiya tezligi uchun LUNA hamkorligida olingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajriba ma’lumotlarini yaxshi tavsiflovchi va Katta portlashdan keyingi 6Li elementining birlamchi tarqalishi uchun LUNA ma’lumoti  bilan yaxshi mos keluvchi  6Li/H= (0.67±0.01)x10−14 nazariy baho hamda Katta portlash standart modeli natijalariga to‘liq mos keluvchi 6Li/7Li=(1.33±0.03)x10−5 nazariy baho olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Klaster modeli doirasida quyi energiyalarda d(α,γ)6Li, 3He(α,γ)7Be va 3H(α,γ)7Li  reaksiyalar   astrofizik S-faktorlari va tezliklari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
α+3He→7Be+γ va α+3H→7Li+γ radiatsion qamrash reaksiyalari uchun  olingan astrofizik S-faktor natijalari yetakchi xorijiy ilmiy jurnallarda (Physical Review C, 99, 054618,  2019; International Journal of Modern Physics E, 42, 1930004, 2019; Indian Journal of Physics, 93, 279,  2019; Journal of Physics: Conference Series, 1154, 012013, 2019) foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yangi nazariy usullarni ishlab chiqish imkonini bergan;
taklif qilingan asimtotik norimirovka doimiylarini hisobga olgan holda modifikatsiyalangan αd potensiali xorijlik olimlar tomonidan (Physical Review C, 96, 045807,  2017; Journal of Physics G: Nuclear and Particle Physics, 45 , 085102, 2018; European Physical Journal Web of Conferences, 199, 05016, 2019) α+d→6Li+γ radiatsion qamrash reaksiyasini o‘rganishda foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi  astrofizik S-faktori, reaksiya tezligi hamda 6Li elementining birlamchi tarqalishi  6Li/H= 1.1•10−14 ni nazariy baholash imkonini bergan;
uch zarra modeli doirasida α+d→6Li+γ radiatsion qamrash reaksiyasi uchun olingan natijalar xorijlik olimlar tomonidan (Physical Review C, 95, 044618, 2017; Physical Review C, 96, 045807,  2017; Physics of Atomic Nuclei, 81, 899, 2018) to‘g‘ridan-to‘g‘ri yadro qamrash jarayonlarini o‘rganishda foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yangi istiqbolli bosqichning boshlanishi sifatida tan olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish