Bobaeva Adiba Saydalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boyalich – Salsola arbuscula Pall. o‘simligini Qarnobcho‘l sharoitida madaniylashtirishning ekologik-biologik xususiyatlari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/V240. 
Ilmiy rahbar: Rabbimov Abdullo, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, 
PhD.03/30.12.2019.B.02.08. 
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Iskandar, biologiya fanlari doktori, professor; Raximova Tashxanim, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qarnobcho‘lning inqirozga uchragan yaylovlarida Salsola arbussulaning adaptiv potensiali va eko-biologik xususiyatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qarnobcho‘l tuproq-iqlim sharoitida Salsola arbussulaning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari ochib berilgan;
Salsola arbussulani madaniylashtirish sharoitida ildiz tizimining shakllanish bosqichlari asoslangan;
Salsola arbussulaning sutkalik va mavsumiy gullash dinamikasi aniqlangan;
Salsola arbussulaning potensial, haqiqiy urug‘ mahsuldorligi va mahsuldorlik koeffisienti aniqlangan;
suv rejimining asosiy ko‘rsatkichlari (transpiratsiya jadalligi, suv miqdori va suv tanqisligi) ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Salsola arbussulaning Qarnabcho‘l sharoitida o‘simlikning introduksiyasi va eko-biologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Salsola arbussulaning gipsli tuproq iqlim sharoitlariga mos etishtirish usullari Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi “Tim-Agron chorvadori” qorako‘lchilik MChJda, Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi “Saxoba ota-qorako‘l-nasl” MChJning inqirozga uchragan yaylovlarida 8 ga maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 02/032-251-son ma’lumotnomasi). Natijada, inqirozga uchragan yaylovlarda yangi ozuqabop o‘simlik turi madaniylashtirilib,  Qarnobcho‘l yaylovlari hosildorligini keskin oshirish imkonini bergan;
chorva mollari uchun em-xashak zahiralarini boyitishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli davlat o‘rmon xo‘jaligi sho‘rxok va qumoq erlarida saksovul va qandim turlari qatorida Salsola arbussula o‘simligini ekish joriy qilingan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2019 yil 10 dekabrdagi 05/21-4252-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rmonzorlardan foydalanish samaradorligi ortib, chorvachilikni rivojlantirish uchun em-xashak o‘simliklari hosildorligini 16,5 s/ga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish