Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qimmatbaho metallarni ajratib olish maqsadida mis, rux sanoati keklari va eritmasini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/T303.
Ilmiy maslahatchi: Yakubov Maxmudjon Maxamadjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xasanov Abdurashid Solievich, texnika fanlari doktori, professor; Qodirbekova Qutpinisa Karimovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Mineral resurslar instituti» DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rux ishlab chiqarish keklari va mis, rux ishlab chiqarish texnologik eritmalaridan metallarni ajratib olishning samarali texnologiyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv bug‘i ishtirokida termik ishlov berilganda metallar oksidlarining hosil bo‘lishi va haroratga, davomiylikka bog‘liq holda sul`fidli minerallarni qo‘shimcha ravishda oksidlanishiga faol yordam beradigan, suv bug‘i bilan metallar sul`fidlarini ta’sirlashish jarayonining prinsiplari ishlab chiqilgan hamda jarayonning maqbul tartibi aniqlangan;
suv bug‘i ishtirokida termik ishlov berishdan so‘ng rux kekini yuqori haroratda sul`fat kislota ishtirokida tanlab eritishda birikmalarni erishining kinetik parametrlari ishlab chiqilgan, (III) valentli temir sul`fatining ishtiroki metallarni eritmaga qo‘shimcha ajratib olinishiga imkon tug‘dirishi aniqlangan;
mis va rux ishlab chiqarishdagi tarkibida metallar bo‘lgan eritmalardan og‘ir rangli metallar ionlarini ionli flotatsiyalashning optimal rejimiga turli parametrlarning ta’siri aniqlangan;
texnologik eritmalardan metallarni flotatsion ajratib olishni samaradorligi metallar ionlarining sirt faol moddalar (dietilditiokarbamat natriy DEDTK-Na) bilan ta’sirlashishi natijasida gidrofob va qiyin eriydigan cho‘kmalar hosil bo‘lishiga bog‘liqligi aniqlangan;
suvli eritmalarda ozon faol zarrachalar - gidroksil (ON•) i ozonid (O3•) radikallar, kislorod (O2), atomar kislorod (O) va boshqalarni hosil qilib, organik va noorganik moddalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kimyoviy ta’sirlashishinatijasida metallar ionlarini cho‘ktirishi va oqava (texnologik) suvlarni ruxsat etilgan konsentratsiya (REK) talablarigacha tozalashi aniqlangan;
og‘ir rangli metallar konsentratsiyasi past texnologik eritmalarni ozonlash usuli yordamida yumshatilgan-tozalangan suv olish imkonini beradigan, tozalash jarayoniga ta’sir qiluvchi (eritma rN, temir (III) va boshqa metallarning miqdori, jarayonning davomiyligi va boshqalar) texnologik parametrlarni tanlash prinsiplari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rux ishlab chiqarish keklari va mis, rux ishlab chiqarish texnologik eritmalarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rux va boshqa qimmatbaho metallarni yuqori darajada ajratib olishni ta’minlaydigan, rux kekini qayta ishlashning takomillashtirilgan texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJning rux zavodida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2019 yil 28 noyabrdagi AA-08637-son ma’lumotnomasi). Natijada, ruxni gidrometallurgik usulda ajratib olish darajasini oshirish, «Olmaliq KMK» AJdagi xorijdan keltiriladigan qimmatbaho koks qo‘llaniladigan vel`slash jarayonidan voz kechish hisobiga qayta ishlash xarajatlarini qisqartirish imkonini bergan;
metallurgik ishlab chiqarishdagi oqava suvlarni va tarkibida metallar bo‘lgan eritmalarni ionli flotatsiyalash jarayonining takomillashtirilgan texnologiyalari «Olmaliq KMK» AJning mis eritish zavodida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2019 yil 28 noyabrdagi AA-08637-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish samaradorligi va tarkibida metallar bo‘lgan texnologik eritmalardan metallarni ajratib olish darajasini 99 % gacha oshirish hamda texnologik ehtiyojlar uchun ishlatiladigan, metallurgik ishlab chiqarishdagi oqava suvlarni ruxsat etilgan konsentratsiya (REK) talablarigacha tozalash imkonini bergan;
metallurgik ishlab chiqarishdagi oqava suvlarni va tarkibida metallar bo‘lgan eritmalarni ozonlash jarayonining takomillashtirilgan texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJning mis eritish zavodida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2019 yil 28 noyabrdagi AA-08637-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarishdagi oqava suvlar va tarkibida metallar bo‘lgan eritmalari bilan metallarning yo‘qotilishini kamaytirish, maishiy maqsadlarda foydalaniladigan tozalangan suv olish imkonini bergan.